Yangi iqtisodiy siyosat
Download 37.54 Kb.
|
4 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. “Harbiy kommunizm” siyosati va uning salbiy oqibatlari. Dehqonlarning xonavayron bo’lishi.
4-Mavzu: “Yangi iqtisodiy siyosat”ga o’tilishi va uning barbod bo’lish sabablari. Stalin shaxsiy hokimiyatining o’rnatilishi va totalitarizm tuzumning vujudga kelishi. Stalin Konstitutsiyasi Reja: 1. “Harbiy kommunizm” siyosati va uning salbiy oqibatlari. Dehqonlarning xonavayron bo’lishi. 2. “Yangi iqtisodiy siyosat”ga o’tilishi va uning barbod bo’lish sabablari. 3. XX asrning 20–30- yillarida Sovet davlatida “sanoatlashtirish siyosati” va uni amalga oshirishdagi ziddiyatlar. 4. Stalin shaxsiy hokimiyatining o’rnatilishi va totalitarizm tuzumning vujudga kelishi. Stalin Konstitutsiyasining qabul qilinishi Maqsad: “Yangi iqtisodiy siyosat”ga o’tilishi va uning barbod bo’lish sabablari. stalin shaxsiy hokimiyatining o’rnatilishi va totalitarizm tuzumning vujudga kelishi, Stalin konstitutsiyasi va undagi xatoliklarni tahlil qilishdan iborat. 1. “Harbiy kommunizm” siyosati va uning salbiy oqibatlari. Dehqonlarning xonavayron bo’lishi. Chet el intervensiyasi va fuqarolar urushi Sovet davlatidan mamlakat iqtisodiyotini harbiy izga solib yuborishni, interventlarni va oq gvardiyachilarni tor-mor keltirish uchun respublikaning barcha xo’jalik resurslarini safarbar etishni, vaziyatga muvofiq iqtisodiy siyosat olib borishni talab qildi. Harbiy iqtisodiyotning eng qiyin va hayotiy muhim vazifalaridan biri-oziq-ovqat masalasi edi. Interventlar va oq gvardiyachi qo’shinlari Sovet respublikasidan mamlakatning asosiy g’allakor rayonlarini: Ukraina, Shimoliy Kavkaz, Qrim, Ural, Sibir va boshqa rayonlarni kesib qo’ygan edi. 1918- yil noyabrda Sovet respublikasining hududi 25 ta guberna (shu jumladan, 15 tasi iste’mol qiluvchi guberna)dan iborat edi. G’alla quloqlar qo’lida edi, ammo ular uni davlatga sotishdan mutlaqo bosh tortar edilar. Ma’lum miqdorda ortiqcha g’allasi bo’lgan hatto o’rta dehqon ham g’allasini xarid quvvati juda tez pasayib ketayotgan qog’oz pullarga sotishni istamas edi. O’sha paytda uning g’allasi evaziga yetarli miqdorda sanoat mollari berishning iloji yo’q edi. 1918- yilning yozida ko’rilgan keskin tadbirlar (oziq-ovqat diktaturasi, kombedlar tuzilishi, qishloqlarga ishchilardan iborat oziq-ovqat otryadlarining yuborilishi) g’alla, oziq-ovqat tayyorlashni ancha kuchaytirishga imkon berdi. Biroq, bu tadbirlar mamlakatni oziq-ovqat bilan ta’minlash vazifasini hal qilolmadi. 1918- yil 30- oktyabrda joriy qilingan oziq-ovqat solig’i ham kutilgan natijani bermadi. Sovet hukumati zarur bo’lgan eng minimum miqdordagi g’allani razvyorstka yo’li bilan yig’ib olishga majbur bo’ldi. Bu dekret 1919- yil 11- yanvarda joriy qilingan edi. Oziq-ovqat razvyorstkasi sinfiy belgiga qarab olinar edi: kambag’al dehqonlardan hech narsa olinmas edi, O’rta dehqondan - normaga binoan dehqonlarga iste’mol qilish va ekin ekish uchun zarur miqdorda don-dun, shuningdek mollar uchun zarur miqdorda yem-xashak qoldirilar edi. Qolgan hamma g’alla qat’iy baholarda tortib olinar edi. Dekretda o’jar va o’z zapaslarini qasddan yashiruvchi dehqonlarga nisbatan mol-mulkini musodara qilishga va xalq sudi hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilishgacha chora ko’rish ko’zda tutilgan edi. Ocharchilikni yengish, ishchilarni to’ydirish, chayqovchilikni tugatish, ishchilar sinfini tanazzul va tushkunlikdan qutqarish - inqilobiy hukumat oldida turgan asosiy vazifalar mana shular edi. 1918–1919- yillarda Lenin shu munosabat bilan mamlakat iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotining yangi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Bu ”kommunizm”ga to’g’ri olib borishi kerak bo’lgan «harbiy kommunizm» siyosati edi. Mazkur konsepsiya asosida mamlakatda don uchun “harbiy yurish” e’lon qilindi. “Temir proletar intizomi” joriy etildi, donni davlatga berishdan yashirgan “quloqlar” ayovsiz jazolandi. 1918- yil mayda don topish uchun qurolli guruhlar tashkil etildi. Proletar davlati o’z xalqiga zo’ravonlik qildi, mehnat bilan yetishtirgan donini tortib ola boshladi. Ayrim qurolli guruhlar bosqinchilik bilan shug’ullandilar. Ular qishloqlardagi donni tamomila olar, har qanday qarshilikni isyon deb baholab, ayovsiz shaklda bostirar edilar. Lenin shu bilan bir qatorda qat’iy chora-tadbirlar vositasida xususiy tijoratni tugatish, ishlab chiqaruvchilar bilan iste’mol kommunalari o’rtasida rejali oziq-ovqat almashuvini yo’lga qo’yishni mo’ljallagan edi. Tijoratni rejali, davlat miqyosida tashkil etilgan oziq-ovqat taqsimoti bilan almashtirish ko’zda tutilgandi. Pulni yo’qotish, uning o’rniga omonat daftarchalari, cheklar, jamoat oziq-ovqatini olish huquqini beruvchi qisqa muddatli biletlar joriy etish rejalashtirilgan edi. Shu munosabat bilan mazkur siyosatning o’zi ham kommunizm deb ataldi - pulni bekor qilish, xizmatlar, transportda yurish, uy-joyni tekin qilishga urinish uning asosiy belgilari edi. Oziq-ovqat razvyorstkasi dehqonni o’z ishlab chiqarishini kengaytirishga moddiy rag’batlantirmas edi, albatta, shuningdek, u shahar bilan qishloq o’rtasidagi xo’jalik aloqalarining maqsadga muvofiq bir formasi ham emas edi. Bunday tadbirni ko’rishga urush, muhtojlik, ocharchilik majbur etgan edi: “razvyortka ideal emas, - deb ta’kidlagan edi bol’sheviklar dohiysi V. I. Lenin, - balki achchiq va achinarli zaruratdir”. “Harbiy kommunizm” siyosati urush hamda vayronlik natijasida majburan kiritilgan edi. U proletariatning xo’jalik vazifalariga javob bera oladigan siyosat bo’lgan emas va bo’la olmas edi ham. U muvaqqat bir chora edi - deb tan olgan edi bol’sheviklar dohiysi V. I. Lenin. 1918- yilning bahorida qishloqdan donni majburiy olish boshlandi. Favqulodda oziq-ovqat guruhlari qishloqlarga yuborilib, ortiqcha don davlat ixtiyoriga olina boshlandi. Bularning hammasi fuqarolar urushiga sabab bo’ldi. U 1918- yildan 1920- yilgacha davom etdi. Don (Kaledin, Krasnov), Kuban (Denikin), Janubiy Ural (Dutov), Sibir (Semyonov), Qrim (general Vrangel), mamlakat shimoli-g’arbi (general Yudenich) ichki aksilinqilobning asosiy markazlari edi. Fuqarolar urushi jarayonida Rossiyaning kelgusi taraqqiyot yo’li uchun kurash borardi. Dehqonlarning barcha talablari pirovardida shu shiorlarga borib taqalardi: “Kommunistlarsiz Sovetlar uchun” va “Tijorat erkinligi uchun”. Yirik burjuaziya, dvoryanlar va oq armiya rahbariyati cheklangan monarxiyani tiklashga intilardi. “Inqilobiy demokratiya” yo’nalishidagi partiyalar (mensheviklar, eserlar) Rossiyaning demokratiya va erkin ishbilarmonlik yo’lidan rivojlanishi tarafdorlari edilar. Bol’sheviklar esa proletariat diktaturasi asosiga qurilgan “sotsialistik” davlat barpo etishni o’ylardilar. Fuqarolar urushi bol’sheviklar g’alabasi bilan yakunlandi. Chunki ular sovet hokimiyatini himoya qilish uchun ommani birlashtiradigan yangi mafkurani (jahon urushidan chiqish, yer haqidagi Dekretni amalga oshirish, 8 soatlik ish kuni joriy etish va hokazo) shakllantirishga muvaffaq bo’ldilar. Harbiy kommunizm siyosati iqtisodiyotda va davlat siyosatida salbiy oqibatlarga olib keldi. Buning natijasida sovet hukumati 1921- yilning bahorida chuqur iqtisodiy va siyosiy inqirozga duch keldi. Qishloqda boshlangan dehqon qo’zg’olonlari chinakam dehqonlar urushiga aylanib ketdi, uni bostirish uchun yirik harbiy qo’shinlar tashlandi. Turkiston milliy-ozodlik harakati alangasi ichida edi. 1921- yil 2- martda bir paytlar bol’sheviklarning tayanch nuqtasi bo’lgan Kronshtadt qo’zg’aldi. Isyonchi dengizchilar partiyani inqilobga xiyonat qilishda, hokimiyatni zo’rlik bilan egallashda ayblab, rus xalqini kommunistlarning hukmronligiga qarshi bosh ko’tarishga chaqirdilar. Partiya ichida ham bo’linish ro’y berdi, markaziy komitet fraksiyalarga ajraldi. Bular ob’yektiv voqelik tomonidan bol’sheviklarning xomxayoliga qarshi berilgan birinchi ayovsiz dars edi. Dehqon qo’zg’olonlari zolimona tarzda bostirildi, Kronshtadt isyoni tor-mor qilindi, ish tashlashlar tinchitildi, isyonkor Turkistonning chet bilan aloqasi kesildi. Ammo bol’sheviklar rahbariyati zo’ravonlik bilan vaziyatni yaxshilab bo’lmasligini, “harbiy kommunizm” vositasida mamlakatni to’ydirish, kiydirish va isitish mumkin emasligini yaxshi anglar edi. Bu totalitar tuzumning birinchi mag’lubiyati bo’lib, xususan, shiorlar va da’vatlardan ham kuchliroq narsalar borligini, chunonchi, bozor, erkin tijorat, ishlab chiqarish va iste’mol ekanligini yaqqol namoyish etdi. Download 37.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling