Янги китоб


Xizmat ko‘rsatish bo‘linmalarida


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Xizmat ko‘rsatish bo‘linmalarida
hech qanday mahsulot ishlab
chiqarilmaydi, balki xom ashyo, material va tayyor mahsulotni tashish va saqlash
ishlari bajariladi. Shuningdek asosiy ishlab chiqarish chiqindilarini qayta
ishlaydigan bo‘linmalar ham mavjud.
Korxonadagi turli bo‘linmalarning majmui va ular orasidagi aloqa ishlab
chiqarish tuzilishini tashkil etadi. Bo‘linma sifatida ishlab chiqarish uchastkasi, sex
hisoblanadi.
Sex texnologik va ma’muriy jihatdan asoslangan korxonaning bir qismidir.
Sex yuridik shaxs emas, u xo‘jalik jihatdan mustaqillikka, boshqa korxonalar bilan
shartnoma va hisob shartnomalariga kirish huquqiga, o‘z bank hayotiga, ishga olish
va bo‘shatish huquqiga ega emas.
Sexlar, ixtisoslashuvi bo‘yicha yaratiladi.
Texnologik ixtisoslashuvda,sexda ma’lum mahsulot ishlab chiqarish
texnologik jarayonining biror bosqichi amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish
uchastkasi ish joylaridan iborat. Ish joyi korxona ishlab chiqarish tuzilishining
dastlabki bo‘g‘ini bo‘lib, u erda bir yoki bir nechta ishchilar, bir yoki turli xil
jarayonlarni bajaradilar.
Korxonada asosiy va yordamchi sexlar (remont mexanika sexlari, energetika
sexlari, kompressor bo‘limi) uzviy bog‘liqdir. Sexlar xom-ashyo va materiallar
bilan ta’minlanib mahsulot ishlab chiqarishga uzatiladi. Bu esa o‘z navbatida
mahsulotlarning sotilishi yoki omborlarda saqlanishini taqozo qiladi. Mehnat
predmetlarining sexlar ichida harakati ishlab chiqarish potokini vujudga keltiradi.


28
Ishlab chiqarish jarayoni asosiy va yordamchi jarayonlarga bo‘linadi
yordamchi jarayonlar, mehnat predmetlarini fazodagi o‘rnini almashtiradi, remont
ishlarini va boshqa xizmat turlarini olib boradi.
Korxonaning asosiy ishlab chiqarishida mehnat predmetlarning tayyor
mahsulotga aylanishi sodir bo‘ladi. Bir-biri bilan bog‘lanish bo‘lgan asosiy ishlab
chiqarish sexlarida ishchi va xizmatchilar jamoa bo‘lib birlashib ishlab chiqarish
bo‘yicha ular oldida qo‘yilgan maqsad va vazifalarni bajaradilar.
Korxonaning ishlab chiqarish tuzilishi hatto tarmoq miqyosida ham doimiy
emas. U mahsulot hajmining oshishi va kamayishi, xom ashyo turiga, asosiy ishlab
chiqarishning texnik jihozlanishi, elektr ta’minotining xususiyatiga qarab o‘zgarishi
mumkin.
Korxona sharoitida ishlab chiqarishning tuzilishini takomillashtirishning
asosiy yo‘nalishlari bo‘lib, ishlab chiqarishni ixtisoslashuvini chuqurlashtirish va
boshqarishini sexsiz usuliga o‘tish hisoblanadi. Ishlab chiqarish tuzilishining sexsiz
usulning afzalligi shundaki,ssexlar birlashtirilib, ishlab chiqarish uchastkalari
tashkil etiladi, qaysiki korxonaning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib qoladi.
Asosiy ishlab chiqarishni sexlar orqali sistemali tasvirlash (ob’yektlash) -
boshqarish ob’yekti sifatida (2-chizma)- bu yerda ishlab chiqarish va axborot
jarayonlari bevosita birlashadi. Agar ularning birinchisi ishlab chiqarishda
mehnatni bildirsa, ikkinchisi esa ya’ni axborot jarayonining natijasi bo‘lib,
sexlararo ishlab chiqarish uchastkalari brigadalar va ishchilar orasida topshirilgan
ishlab chiqarish dasturini bajarishni tashkil qilish va ular orasidagi muvofiqlik
bo‘yicha qabul qilingan qarorlar hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni
texnik tayyorlash
bo‘limi
Yordamchi ishlab
chiqarish
bo‘linmalari
Transport va ombor
xo’jaligi bo‘linmalari
Ishlab chiqarish
kooperativlari
Xo’jalik –
o’rtoqlik
munosabatlari
Boshqa korxona va
tashkilotlar
Ishlab chiqarishga
moddiy texnik xizmat
ko’rsatish
bo‘linmalari
Tayyor
mahsulot
Asosiy ishlab
chiqarish

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling