Янги китоб


Kichik biznes sub’yektlari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Kichik biznes sub’yektlari – korxona ko’lami, ishlab chiqarish hajmi,
ishlovchilar soni,
moliyaviy
mablag’lari
miqdori
va
boshqalar
jihatidan
imkoniyatlari cheklangan ishlab chiqaruvchi sub’yektlar. Respublikamizda kichik
biznes sub’yektlari toifasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar va kichik
korxonalar kiradi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik – alohida fuqarolar tomonidan o’zlarining
tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish
maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor
xo’jalik faoliyati.
Mikrofirma – kichik biznes sub’yektlarining bir turi bo’lib, mamlakatimizda
amaldagi qonunchilikka ko’ra sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlarida 20
kishigacha, xizmat ko’rsatish sohasida 10 kishigacha, savdo va umumiy
ovqatlanish sohasida 5 kishigacha ishlovchi korxonalar mikrofirma hisoblanadi.
Kichik korxona – kichik biznes sub’yektlarining bir turi bo’lib,
mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka ko’ra sanoat ishlab chiqarishning ayrim
tarmoqlarida (masalan, yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va
asbobsozlik sanoati va h.k.) 100 kishigacha, ayrimlarida (masalan, mashinasozlik,
metallurgiya, yoqilg’i-energetika sanoati va boshqalarda) 50 kishigacha, xizmat
ko’rsatish sohasida 25 kishigacha ishlovchi korxonalar kichik korxona hisoblanadi.
Korxonalar ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlanishiga imkoniyat tug’diradi.
Kichik korxonalarning asosiy vazifalari:


43
 xalq iste’mol tovarlarining talabini o’rganib uni qondirish;
 mehnat va xom ashyo resurslaridan samarali foydalanish;
 sanoat korxonalarida hosil bo’layotgan ikkinchi darajali chiqindilardan
yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish;
 kichik seriyali mahsulotlarni ishlab, chet elga chiqarish;
Respublikamizda so’nggi yillarda kichik biznes sub’yektlarining
tashkil
etilishiga katta e’tibor berilmoqda.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling