Янги китоб


Hissadorlik jamiyatini boshqarish tarkibiy tuzilmasi, kuzatuv


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

4.2.Hissadorlik jamiyatini boshqarish tarkibiy tuzilmasi, kuzatuv
kengashi faoliyati.
Aksiyadorlik korxonalari (hissadorlik
jamiyatlari)da kuzatuv
kengashi, boshqarma va aksionerlarning umumiy yig‘ilishi boshqaruv idorasi
vazifasini bajaradi. Ularning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Aksionerlik
jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuniga,
shuningdek, boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlarga, jumladan, aksiyadorlik
jamiyatining ichki tartib va qoidalariga asosan yuritiladi.
1998 yil 22 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, mazkur qaror aksiyadorlik
jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlarning faol qatnashishini ta’minlash,
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va kuzatuv kengashining ahamiyatini oshirish
hamda ijro etuvchi organlarning mas’uliyatini kuchaytirishga yo‘naltirilgan
choralarni belgilab berdi. Xususan, qaror bilan aksiyadorlik jamiyati boshqaruv
organlari faoliyatini tartibga soluvchi muhim namunaviy jumladan, quyidagi
hujjatlar tasdiqlandi:
– Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi namunaviy nizom;
– Aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuvchi kengashi to‘g‘risidagi namunaviy
nizom;
– Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi haqida namunaviy nizom;
–Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organi rahbarini yollash to‘g‘risidagi
namunaviy mehnat shartnomasi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini
ishonchli boshqaruvga berish tartibi hamda Davlatning aksiyadorlik jamiyatlaridagi
ishonchli vakili to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. SHu tariqa, xo‘jalik jamiyatlarida
ishonchli boshqaruvchilar va davlatning ishonchli vakillari tizimi joriy qilinishi,
aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondidagi davlat aksiya paketlarini boshqarish
bo‘yicha davlatning ishonchli vakillari va ishonchli boshqaruvchilarni tayinlash
mexanizmi va ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab qo‘yilishi ham
O‘zbekistonda korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirishga turtki berdi. Bunda
davlat ulushi 25 foizdan oshgan aksiyadorlik jamiyatlari uchun jismoniy shaxs
sifatidagi davlatning ishonchli vakillari tayinlandi hamda davlat ulushi 25
foizgacha bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari uchun aksiya paketlari ishonchli
boshqaruvga yuridik hamda jismoniy shaxslarga topshirildi.
Aksiyadorlarning umumiy yigilishi – Jamiyatning yuqori boshqaruv organi
hisoblanadi. Jamiyat har yili aksiyadorlarning yillik (navbatdagi) umumiy
yigilishini o‘tkazishi shart. Aksiyadorlarning yillik umumiy yigilishi yil


55
tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Jamiyat aksiyadorlarining
navbatdagi (yillik) umumiy yigilishi xar yili odatda 10 iyunda o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarning umumiy yigilishini o‘tkazish sanasi va tartibi, yigilish
o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish, aksiyadorlarning umumiy
yigilishini 
o‘tkazishga 
tayyorgarlik 
vaqtida 
aksiyadorlarga 
beriladigan
materiallarning (axborotning) ro‘yxati Jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan
belgilanadi. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan tashqari o‘tkaziladigan
umumiy yigilishlar navbatdan tashqari yigilish hisoblanadi. Aksiyadorlarning
yillik umumiy yig‘ilishida Jamiyatning kuzatuv kengashini va taftishchisini saylash
to‘grisidagi masalalar hal etiladi, shuningdek o‘rnatilgan tartibda Jamiyatning yillik
hisoboti, kuzatuv kengashi va ijroiya organining Jamiyatni rivojlantirish
strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘grisidagi
hisobotlari va boshqa hujjatlar ko‘rib chiqiladi.
Aksiyadorlik korxonasini boshqarishning tashkiliy tuzilmasida ta’sischilar
tarkibiga bog‘liq bo‘lgan-ta’sischilar kengashi muhim o‘rin egallaydi. Masalan,
ochiq 
turdagi 
aksiyadorlik 
korxonalarida 
ta’sischining 
eng 
kam 
soni
belgilanmagan, yopiq turdagi aksiyadorlik korxonalarida esa ta’sischilarning eng
kam miqdori uch kishi qilib belgilangan. Bundan tashqari ularning har biri
aksiyador bo‘lishi shart.
Ta’sischilar 
aksiyadorlik 
korxonalari 
(jamiyatlari)ning 
rahbarini
tayinlaydilar hamda bu rahbar keyinchalik aksiyadorlar nomidan ishlab chiqarish va
xo‘jalik faoliyati bo‘yicha barcha xatti-harakatlarni bajaradi va buning uchun
javobgar hisoblanadi. Aksiyadorlik korxonalari (jamiyatlari)ni boshqarishda
kuzatuvchilar kengashi muhim o‘rin tutadi. Jamiyat Kuzatuv kengashi o‘z ishini
qonunchilik, mazkur Ustav va aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishi qarori bilan
tasdiqlangan mazkur «Kuzatuv kengashi to‘g‘risida»gi nizom asosida amalga
oshiradi.Jamiyat Kuzatuv kengashiining son tarkibi Jamiyat Ustavida belgilab
qo‘yiladi. Jamiyatning Kuzatuv kengashi Jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni
amalga oshiradi.Kuzatuv kengashi quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
* korxona faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
* aksiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishlarini
chaqirish;
* aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi kun tartibini tayyorlash;
* umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar
ro‘yxatini tuzish;
* korxona (jamiyat) Nizomiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish
masalasini kiritish;
* korxonaninng Nizom jamg‘armasini e’lon qilingan aksiyalar turi va
miqdoriga ko‘ra, aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yordamida ko‘paytirish;


56
* obligatsiya va qimmatbaho qog‘ozlarni joylashtirish;
* korxona mulkining bozor qiymatini belgilash;
* ijroiya idorasi rahbari (direktor, boshqarma raisi) va a’zolarini tayinlash;
* jamiyat 
nomidan 
xodimlarni 
ishga 
yollash 
bo‘yicha 
mehnat
shartnomalarini tuzish;
* ijroiya 
idorasiga 
to‘lanuvchi 
mukofot, 
rag‘batlantirish 
va
kompensatsiyalar hajmini belgilash;
* jamiyatning zahira va boshqa jamg‘armalaridan foydalanish;
* aksiyadorlik 
korxonasi 
(jamiyati)ning 
sho‘ba 
bo‘limlari 
va
vakolatxonalarini ochish;
* jamiyat Nizomida belgilangan, kuzatuv kengashi vakolatlari doirasiga
kiritilgan boshqa masalalarni hal qilish.
Kuzatuv kengashi vakolatlari doirasiga kiritilgan vazifalarni yechish
jamiyatning ijroiya idorasiga o‘tkazilishi ijroiya idorasi a’zolari kuzatuv kengashiga
saylanishi mumkin emas. Kuzatuv kengashi asosan saylov asosida tuziladi hamda
saylov davomida eng ko‘p ovoz olgan shaxs kengash a’zoligiga nomzod
hisoblanadi.
Jamiyatning moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini nazorat qilishda taftish hay’ati
muhim o‘rin egallaydi. Ushbu xay’at a’zolari umumiy yig‘ilish tomonidan
aksiyadorlar hamda korxonaning aksiyalarini sotib olmagan boshqa xodimlar
orasidan saylanadi. Xay’at boshqaruvning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati nazoratini
doimiy ravishda yoki umumiy yig‘ilish, kuzatuv kengashi, korxona aksiyalarining
10% dan ko‘prog‘iga birgalikda egalik qiluvchi bir guruh aksiyadorlarning,
shuningdek, o‘z tashabbusi bilan amalga oshirishi mumkin. Taftish hay’atining
xulosalari aksiyadorlik korxonasining yillik hisoboti va balansini tasdiqlashda katta
ahamiyatga ega.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling