Янги китоб
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’riklararo davr
- Nazorat savollari
Remontlararo davr – jihozlarning ikki
rejali remonti orasida ish davomiyligi, u quyidagi formula bilan aniqlanadi: t = T d / (K j +1); 191 bu yerda: t – remontlararo davrning o’rtacha davomiyligi, kun. Ko’riklararo davr – ikki ko’rik orasidagi davr va u quyidagi formula bilan aniqlanadi: t = T d / (K j + K k + 1); bu yerda: t – ko’riklararo davrning o’rtacha davomiyligi, kun. Remont va ko’riklar bilan bog’liq to’xtashlar me’yori har bir mashina uchun remont brigadasining bir smenalik ishlashi, mashinalarning konstrukstiyasi va ta’mirlashning murakkabligidan kelib chiqqan holda soatlarda yoki kunlarda o’rnatiladi. Remont davridagi alohida remont turlarining mehnat sig’imi quyidagi formula bilan hisoblanishi mumkin: R = Kp/ Rp ; bu yerda: Kp - bir remont davridagi remontlar soni: Ushbu formula yordamida bir remont davrida alohida mashina uchun barcha remont ishlarining mehnat sig’imini aniqlash mumkin: M s = K k M sk + K j M sj + M s.kap ; bu yerda: M sk , M sj , M s.kap – mos holda bitta ko’rikning joriy va kapital remontning o’rtacha mehnat sig’imi. Barcha turdagi remont ishlarini bajaruvchi ta’mirlovchi ishchilarning soni remontlar mehnat sig’imining yig’indisiga, vaqt normasini bajarish darajasiga va bir ishchining yillik ish vaqti fondiga bog’liq. Remont ishlarini belgilashda remont normativlari alohida o’rinni egallaydi. Bu normativlar asosida remont personali soni va remont ishlari qiymati aniqlanadi. Hamma jihozlar alohida-alohida guruhlarga ajratiladi, bu guruhlar uchun remont murakkabligi koeffitsientlari o’rnatiladi. Bu koeffitsientlar orqali remont murakkabligi darajalari aniqlanadi. Remont ishlarining umumiy mehnat sig’imlari yana quyidagi formula orqali ham aniqlanadi: M s.um = R S (K kur + K j ), M s.um = K k M sk + K j M sj + M s.kap , bu yerda: R – remont murakkabligi ko’rsatkichi; S – guruhdagi jihozlar soni. Rejali remont ishchilari soni quyidagi formula orqali aniqlanadi: rt o um s S В M I ' . ; bu yerda: 192 M s.um – umumiy mehnat sig’imi; B o’rt – bir ishchining o’rtacha yillik ish vaqti. Remont ishlari hajmi, remont uchun to’xtovlar bosh muxandis va sex boshliqlari tomonidan bir oy oldin belgilanadi. Bu ishlar uchun kalendar reja grafiklari tuziladi, bu grafiklarni tuzishda jihozlar alohida-alohida guruhlarga bo’linib, har bir guruh uchun remont brigadasi tuziladi. Bu brigadalar 2-4 slesarlardan va 2-5 yordamchi ishchilardan tuziladi. Har bir guruh bo’yicha ishlar tartibi va bajarilishi muddatlari aniqlanadi. Jihozning remontiga bo’lgan mehnat sarfi remont ishlariga ketgan vaqt normalari asosida aniqlanadi. Normalar slesarlik-yig’uv operatsiyalari va ularning guruhlari bo’yicha belgilanadi. Ular ma’lum razryadlarga asosan kishi-soatlarda ifodalanadi. Normalar yordamida faqat kapital remont uchun emas, balki joriy remontlar uchun ketgan mehnat sarflarini hisoblash mumkin. Bunda 2 xil yondashish mumkin: Birinchi holda alohida mashinalarning kapital remontiga sarflanadigan mehnat vaqt normalari bo’yicha aniqlanadi. Ko’rik va joriy remont uchun mehnat sarflari esa har bir mashina uchun alohida hisoblanadi. Ikkinchi holda vaqt normalari bo’yicha barcha mashinalar uchun remontning murakkablik ko’rsatkichi belgilanadi va unga asoslanib hamda boshqa normativlardan remont ishlarining umumiy mehnat sig’imi hisoblanadi. Bu ko’rsatkich remont ishlarining qiymatini ifodalashda asos bo’lib xizmat qiladi. ROR sistemasi bo’yicha remontni tashkil etishda maxsus xarajatlar smetasi tuziladi. Barcha xarajatlar joriy remont uchun sarflar va kapital remont sarflariga bo’linadi. Bunday bo’linish xarajatlarni qoplash manbaining turli xilligi bilan bog’liq. Joriy remontlar xarajati mahsulot tannarxiga kiritilsa, kapital remontlar amortizastiya ajratmalari hisobidan qoplanadi. Xususiy hollarda remont ishlarining qiymati me’yoriy baholar yordamida aniqlanadi. Me’yoriy hujjatlar umumiy va alohida qiymatli baholashdan iborat. Umumiy qismida mashina remontining qiymatini hisoblash tartibi, qiymatli baholashda esa ishning narxi keltiriladi. Pudrat tashkilotlari tomonidan bajariladigan kapital remont uchun smeta tuziladi. Uning tarkibiga barcha mashinalar remontining qiymati, asosiy material va ehtiyot qismlarining narxi, uskunani o’rnatish xarajatlari kiritiladi. Jihozlar RORini amalga oshirishning aniq shakli alohida korxonalarning ishlash xususiyatiga bog’liq. Turli sharoitlarda ishlovchi korxonalar uchun RORni tashkil etishning xususiyatlari: 1. Mavsumiy korxonalar. Ular yiliga 1-3 oy to’la quvvat bilan ishlaydilar. Keyin ish hajmi kamayib boradi va asosiy fondlar remontga chiqariladi. 193 2. Uzluksiz ishlovchi korxonalar. Joriy remont va ko’riklardan tashqari har oyda maxsus kunlar belgilanib bular dekada to’xtatishlari deyiladi. Bundan tashqari bu korxonalar yiliga bir marta asosiy fondlarni remont qilish yoki yangilash maqsadida to’xtatadilar. Dekada to’xtatishlarning davriyligi va davomiyligi korxonaning faoliyat yuritish sharoitiga qarab belgilanadi. Odatda ular oyda 2-3 marta o’tkazilib 16-24 soat davom etadi. Navbatdagi dekada to’xtatilishi vaqtida uskunalarning ROR bo’yicha ishlari bajariladi, ko’rik, joriy yoki kapital remont amalga oshiriladi. ROR ishlari rejalangan naryad asosida bajarilib, to’xtatilish arafasida remont brigadasiga beriladi. Yillik to’xtatish har bir korxona uchun har xil bo’lib, o’rtacha 1 oyni tashkil etadi. To’xtatish vaqtida avvalo kapital remont o’tkaziladi, keyin esa grafik bo’yicha tekshirish va joriy remont bajariladi. Yillik to’xtatishdan 1 oy oldin bajariladigan ishlarning rejasi tuzilib, unga remont qilinishi kerak bo’lgan barcha uskunalar kiritiladi va har bir guruh uchun alohida remont brigadasi tuziladi. Uskunalarning har bir guruhi uchun bajariladigan ishlarning rejasi tuzilib, ularga ketadigan vaqt ham oldindan rejalashtiriladi. Mehnat sig’imi yuqori bo’lgan uskunalar birinchi navbatda remont qilinadi, keyin esa boshqalari. 3. Mavsumiy bo’lmagan uzlukli ishlovchi korxonalar. Bu turdagi korxonalarning xususiyati shundaki, ularda umumiy dam olish kunlari ham bor. Mana shu kunlarda remont xizmati ko’rsatish imkoniyati bor. Bunda ko’rik va joriy remont alohida belgilangan kunlarda remont brigadasi tomonidan amalga oshiriladi. Lekin bu holda ham dekada va yillik to’xtatishlar ko’zda tutiladi. Faqat remont ishlarining kamayganligi tufayli ularning davriyligi va davomiyligi avvalgilariga nisbatan kamroq bo’lishi mumkin. Remont ishlarini rejalashtirish va amalga oshirish. ROR sistemasining asosiy reja hujjatlaridan bo’lib, texnika bazasi remontining kalendar grafigi yillik reja hisoblanadi. U yoki barcha uskunalar uchun umimiy yoki mashina turlarining remonti xususiyatlariga asoslangan holda alohida guruhlar uchun alohida ishlab chiqiladi. Grafik rejalashtirilgan yilning boshlanishiga qadar tuzilib, uskunalarning kuzgi tekshirish natijalariga asoslanadi. Kuzgi texnik tekshirish asosida avval joriy yil uchun ROR grafigi belgilanadi, keyin yangi reja yili uchun xuddi shunday grafik tuziladi. Yangi grafikni tuzish uchun quyidagilar kerak: ko’rik va joriy remontlarning me’yorlari, oxirgi remont xizmati ko’rsatilgan vaqti, dekada to’xtatilishining davriyligi va 194 davomiyligi, yillik to’xtatilish davomiyligi va taxminiy o’tkazilish muddati. Remont davrlari oldindan belgilanadi, ya’ni ularning tartib raqamlari ko’rsatiladi. Nazorat savollari: 1.Remont xo’jaligini tashkil qilish qanday ishlarni bajarishni o’z ichiga oladi? 2.Iqtisodiy, texnik, tashkiliy bloklarning remont xo’jaligiga qanday aloqasi bor? 3.Rejali-ogohlantirish remont sistemasi deganda nimani tushunasiz? 4.Remont davri va remont davri strukturasi nimalarni bildiradi? 5.Remont xo’jaligini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish asosiy y Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling