Янги китоб
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI BOB. SANOAT KORXONALARI YORDAMCHI ISHLAB CHIQARISHLAR VA XO’JALIKLAR ISHINI TASHKIL ETISH. ________________________________________________________
- Tayanch iboralar
- 20.1. Remont xo’jaligi vazifalari, strukturasi va uni takomillashtirish asosiy yo’nalishlari.
Nazorat savollari.
Korxona ishlab chiqarish quvvati nima? Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlovchi qanday omillarni bilasiz? Korxona ishlab chiqarish quvvatini hisoblash metodikasi nimadan iborat? O’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati nima va uni hisoblashda nimalarga e’tibor qilinishi kerak? Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish rezervi deganda nimani tushunasiz? Uskunalardan ekstensiv foydalanish rezervi va koeffitsienti qanday aniqlanadi? Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish intensiv rezervi va koeffitsienti qanday aniqlanadi? Integral koeffitsienti nima uchun qo’llaniladi? Ishlab chiqarish quvvati va ishlab chiqarish dasturi o’rtasidagi farq nimada? Mashina va jihozlar to’xtovlari qanday turini bilasiz? 185 VI BOB. SANOAT KORXONALARI YORDAMCHI ISHLAB CHIQARISHLAR VA XO’JALIKLAR ISHINI TASHKIL ETISH. ________________________________________________________ 20. KORXONA TA’MIRLASH-REMONT XO’JALIGI ISHINI TASHKIL ETISH. 20.1. Remont xo’jaligi vazifalari, strukturasi va uni takomillashtirish asosiy yo’nalishlari. 20.2. Rejali-ogohlantirish remont sistemasi. 20.3. Jihozlarni ta’mirlashni rejalashtirish. Tayanch iboralar: Iqtisodiy blok, texnik blok, tashkiliy blok, kapital remont, joriy remont, o’rta remont, remont ishlari mehnat sig’imi, ko’riklar, remont davri strukturasi, remont davri, rejali – ogohlantirish remont sistemasi, davriy usul, standart usul, ko’rikdan keyingi usul, agregat remonti murakkablik darajasi. 20.1. Remont xo’jaligi vazifalari, strukturasi va uni takomillashtirish asosiy yo’nalishlari. Bu ishlarni bajarish jihozlarning kam muddat ichida minimal to’xtovlar bilan bajarilishini hamda minimal xarajatlar bilan amalga oshirishini tashkil qilishi kerak. Remont xo’jaligi ishining samaradorligi ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi uning sifati va korxonaning mehnat unumdorligini aniqlaydi. Chunki mahsulot tannarxida jihozlarni saqlash va remonti uchun xarajatlar nisbiy vazni 10% ni tashkil qiladi. Yirik korxonada remont xo’jaligini tashkil qilish quyidagi ishlarni bajarishni o’z ichiga oladi: Korxonaning remont xo’jaligi – bu texnologik jihozlar texnik holatini tahlil qilish, ularning faoliyatini nazorat qilish remont texnik xizmatini o’tkazish, emirilgan jihozlarni progressiv jihozlarga almashtirish va ulardan foydalanish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi bo’lim va ishlab chiqarish bo’linmalari yig’indisidir. 186 1)Ishlab chiqarish jarayonlari proporstionalligi, to’g’ri aniqliligi, uzluksizligi, parallelligi asosida korxona ishlab chiqarish va tashkiliy strukturasini tahlil qilish; 2)Bu parametrlarni optimallashtirish maqsadida ixtisoslashtirish va kombinastiyalash darajasini tahlil qilish; 3)Quyidagi ko’rsatkichlar asosida texnologik jihozlarni tahlil qilish: ma’lum bir jihozning zaruriyligi; remontda bo’lgan jihozning nisbiy vazni; fizik emirilgan jihozlarning nisbiy vazni; texnologik jihozlarning o’rtacha yoshi; texnologik jihozlar ishi, smenalilik koeffitsienti; unumdorlik bo’yicha jihozdan foydalanish koeffitsienti; fond samaradorligining tahlili; asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv qismi strukturasi tahlili; ishlab chiqarish mexanizatsiya darajasining tahlili. 4)Jihozlardan foydalanishni yaxshilash bo’yicha takliflar ishlab chiqish; 5)Ishlab chiqarish fondlari elementlari va texnologik jihozlari uchun turli ko’rinishdagi materiallar va energiya ehtiyojlari me’yorlarini ishlab chiqish; 6)Remont xo’jaligi uchun ishlab chiqarish maydoniga bo’lgan ehtiyojini hisoblash; 7)Remont xo’jaligi uchun mehnat resurslariga ehtiyojni va ular uchun ish haki fondini aniq hisoblash; 8)Jihozlarning rejali ogohlantirish ko’rsatkichlarini hisoblash; 9)Remont ishlarini tashkil qilish; 10)Remontlararo xizmat ko’rsatishni tashkil qilish; 11)Korxona remont xo’jaligi moddiy-texnik ta’minotini tashkil qilish; 12)Remont xo’jaligi ishlari samaradorligini oshirish, strategik rejasini ishlab chiqishni nazorat qilish va rag’batlantirish. Yuqorida sanab o’tilgan ishlarni 3 ta blokka birlashtirish mumkin: a) iqtisodiy blok - bu blok asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligini tahlil qiladi, jihozlar rejali ogohlantirish remontini rejalashtiradi, texnik qayta jihozlash, kapital qurilish, eskirgan jihozlarni boshqa jihozlarga almashtirish ehtiyoj me’yorlarini ishlab chiqadi, remont xo’jaligi, tashkiliy va ishlab chiqarish strukturasini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi; b) texnik blok - asosiy ishlab chiqarish fondlari va boshqa jihozlar holatini texnik nazorat qiladi, turli remontlarni o’tkazadi, ehtiyoj qismlarini tayyorlashni loyihalaydi; v) tashkiliy blok – remont xo’jaligi moddiy-texnik ta’minotini tashkil qiladi, remont xo’jaligiga qabul qilinuvchi va chiquvchi jihozlar ehtiyoj qismlari sifatini 187 nazorat qilishni tashkil qiladi, ishlab chiqarishni tashkil qilish progressiv formalarini tadbiq qiladi. Korxonada remont xo’jaligini korxona bosh muxandisiga bo’ysunuvchi bosh mexanik boshqaradi. Remont xo’jaligi strukturasi quyidagi bo’linmalardan iborat: a) iqtisodiy bo’lim; b) texnik bo’lim; v) tashkiliy bo’lim; g) remont mexanik sexlari; d) ombor. Remont xo’jaligini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat: 1)Ishlab chiqarishni tashkil qilish miqyosida - asosiy mahsulot ishlab chiqarishda, remont xo’jaligini tashkil qilishda, ixtisoslashtirish va kooperativlashtirishni rivojlantirish; 2)Asosiy ishlab chiqarish fondlarini qayta ishlashda rejalashtirish miqyosida - menejment ilmiy yondashuvlari va metodlarini qo’llash; 3)Ehtiyoj qismlarini tayyorlash va loyihalash miqyosida - ehtiyoj qismlar elementlarini standartlashda loyihaviy ishlar davomiyligini qiskartirish va ular sifatini oshirish. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling