Янги китоб
Rejali-ogohlantirish remont sistemasi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
20.2. Rejali-ogohlantirish remont sistemasi.
Ishlab chiqarish korxonalarida ta’mirlash ishlarini tashkil etishning eng progressiv shakli bo’lgan uskunalarni, jihozlarni rejali-ogohlantiruvchi remont qilish sistemasi faoliyat ko’rsatadi. Rejali ogohlantirish remont sistemasi (ROR) - bu remont ishlarini tashkil qilishning progressiv shakli bo’lib, o’z ichiga jihozlarni ishga layoqatli holatda saqlashga yo’naltirilgan tashkiliy texnik tadbirlarni oladi. Demak, ROR tashkiliy-texnik choralar majmui bo’lib, u uskunalarni ishga shay holatini ta’minlash va ularni ishdan chiqishini oldini olishga qaratilgan. Har bir mashina yoki agregat ma’lum muddat davomida ishlangandan so’ng to’xtatiladi va profilaktika niyatida ko’zdan kechiriladi yoki ta’mirlanadi. Bu muddat har mashinaning o’z xususiyatlari va ishlash shart-sharoiti bilan belgilanadi. Ta’mirlash ishlarini o’tkazish muddati va ishlarning hajmi qanchalik bu ko’rsatkichlarning rejalashtirilganiga yaqin bo’lsa RORning samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi. ROR ni o’tkazish tartibi aniq ko’rsatmalar bo’yicha olib boriladi. ROR sistemasi jihozlarga xizmat qilish quyidagi turlarini qo’rib o’tadi: 1. Har kungi texnik ko’rik. U jihozni ishlashga tayyorlash (tozalash yog’lash, tuzatilmagan joylarni ta’mirlash) jihoz ishlashini nazorat qilish, ishga 188 tushirish, ishdan tashqari paytda jihozni normal holatda saqlash ishlarini o’z ichiga oladi. Bu ishni shu mashinaga xizmat qiluvchi personal olib boradi. 2. Davriy ko’riklar-jihozlarning xususiyati va ishlash sharoitiga qarab reja bo’yicha rejalashtirilgan muddatlarda o’tkazilib turiladi, ko’rik jarayonida mashinalarning texnik holati tekshirilib, jihozlar qisman ta’mirlanadi, emirilgan detallari boshqalari bilan almashtiriladi. 3.Rejali remontlar – bular: joriy remont, o’rta remont va kapital remont. Joriy remont - bunda jihozlarning keyingi remontgacha ishlashini ta’minlash maqsadida ishdan chiqqan detal va qismlarini almashtirish va boshqa ishlar qilinadi. Kapital remont - reja bo’yicha o’tkazilib jihozlarning butunlay hamma qismlari almashtirilib, texnik shartlarga binoan qayta tiklanadi. Mashina to’laligicha detallarga ajratiladi. Ko’riklar, joriy remont, kapital remont, remont personallari tomonidan o’tkaziladi. Rejali o’rta remont o’z tarkibiga ko’ra joriy remontga nisbatan keng va ko’proq hajmdagi ishlarni qamrab olgan, ya’ni quyidagilardan tashkil topgan: agregat va qismlar qisman echiladi, ikki joriy remont orasi davrida eskirgan detal va qismlar almashtiriladi yoki ta’mirlanadi, mashinalar qayta teriladi, mashinalarning yuklanishi sinovdan o’tkaziladi, tekshiriladi. Joriy va o’rta remont asosiy remont turlaridan bo’lib, ular ikki kapital remont davri orasida dastgohlarning normal ishlashini ta’minlash lozim. Agar o’rta remontni o’tkazish davri bir yildan kam bo’lsa, u joriy remontga tenglashtiriladi. Ushbu hollarda o’rta remont xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritiladi. O’rta remontni o’tkazish davri bir yildan katta bo’lsa, u holda u kapital remontga tenglashtiriladi va uni o’tkazish bilan bog’liq xarajatlar ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi hisobiga moliyalashtiriladi. RORni olib borish usullari: 1. Ko’rikdan keyingi usul - bu davriy ravishda jihozlarning ko’rikdan o’tkazilgandan remont ishlarining muddati va hajmi tekshirish natijalariga asosan jihozning amaldagi holati bo’yicha belgilanadi. Bu eng kam takomillashgan usul bo’lib detalli rejalashtirishni talab qilmaydi. 2. Davriy usuli - remont ishlari va remont turlari hamda muddatlari rejali tartibda olib boriladi, remont ishi hajmi esa jihozning amaldagi holati bo’yicha belgilanadi. 3. Standart usuli - ish hajmi remont turi va muddati reja asosida belgilanadi. Bu usul eng progressiv usul hisoblanib, detal va qismlarning ishlash muddatini aniq bilishni talab qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling