Янги китоб
Ishlab chiqarish quvvati rezervlari va ishlab chiqarish quvvatidan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
19.4. Ishlab chiqarish quvvati rezervlari va ishlab chiqarish quvvatidan
foydalanish asosiy ko’rsatkichlari. Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishning xaqiqiy koeffitsienti yil davomida xaqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorining o’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvatiga bo’lgan nisbati bilan aniqlanadi. Quvvatning hajmi bilan xaqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulot o’rtasidagi farq korxonada qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati borligini ko’rsatadi, bu ishlab chiqarish quvvati rezervi hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni belgilovchi umumiy ko’rsatkich bir so’mlik asosiy fond hisobiga ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot yoki sotilgan mahsulot miqdori bilan ham o’lchanadi. Bu ko’rsatkich hajmi asosiy fondlardan va ayniqsa uskunalardan qanday foydalanilganligini ko’rsatadi. Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni ifodalaydigan yuqoridagi ko’rsatkichlar yana bir qator ko’rsatkichlar bilan to’ldiriladi. Bular esa o’z navbatida uskunalarning ishlatilishini har tomonlama xarakterlab beradi. Bularga uskunalardan ekstensiv, intensiv, integral va smenali foydalanish koeffitsienti kiradi. Uskunalardan ekstensiv foydalanish koeffitsientini (K eks ) aniqlash uchun, ish soatlarining haqiqatda sarflangan miqdorini (T amal ) rejali, rejim va kalendar (T kal. ) fondlar vaqtiga bo’lish bilan aniqlanadi. Uni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin. . kal amal eks Т Т К ; Uskunalardan intensiv foydalanish koeffitsientini (K int ) vaqt birligida amalda erishilgan uskuna unumdorligining (N a ) ushbu uskuna xili uchun belgilangan unumdorlik texnik normasiga (N tex ) nisbati bilan aniqlanadi: tex а N N К int ; Uskunalardan foydalanishning integral koeffitsienti ekstensiv va intensiv foydalanish koeffistentlarining ko’paytmasidan iborat. Bu esa quyidagi formula bilan ifodalanadi: K integ = K eks ·K int ; Yetakchi mashinadan foydalanish 2 yo’nalishda olib boriladi. Ekstensiv (vaqt bo’yicha foydalanish); Intensiv (birlik vaqt ichida unumdorlikdan foydalanish). Ayrim hollarda intensiv foydalanish maksimal kattaligi quyidagi formula orqali ham ifodalanishi mumkin: tex amal N B К int ; bu yerda: 183 N tex - jihozning texnik unumdorligi; B amal - amalda ishlab chiqarilgan mahsulot. Ayrim hollarda jihozlardan ekstensiv foydalanish kattaligi quyidagi formula orqali ham aniqlanishi mumkin: mаks amal reja eks F F К , ; F (reja, amal) - ish vaqti fondi (rejada va amalda); F maks - maksimal ish vaqti fondi. Korxonalarda belgilangan uskunalar ish rejimi smenalar koeffitsienti (K sm ) bilan xarakterlanadi. Uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin: P R R R Т К f sm 2 1 ; bu yerda: T f - ishlab chiqarish uskunalarning xaqiqiy ishlangan vaqti (stanok smenada), bunda ish vaqtidan tashqari ishlangan vaqtlar hisobga olinmaydi; R 1 - direktiv organlarniing ko’rsatmasiga binoan o’rnatilgan rezervdagi uskunalarning soni; R 2 - remontdagi (nomi bo’yicha) uskunalar soni; R - o’rnatilgan ishlab chiqarish uskunalarning soni; P - hisobot davridagi ish soni. Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanganda uning rezervlari quyidagicha aniqlanadi: R = M – B; bu yerda: M – ishlab chiqarish quvvati; B – ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi. Integral koeffitsient quyidagicha aniqlanadi. М В К egral int ; Intensiv rezerv quyidagicha aniqlanadi: R int = N tex – B amal Ekstensiv rezerv quyidagicha aniqlanadi: R eks = F maks – F reja amal Yetakchi jihozdan intensiv foydalanishda ishlab chiqarish potokining muvofiqligi tahlili katta ahamiyatga ega. Tahlil yetakchi mashina unumdorligining boshqa mashinalar unumdorligi bilan muvofiqligini yoki potok chizig’ida «tor joy»lar mavjudligini, ularni bartaraf qilish yo’llarini ko’rib chiqadi. Yetakchi jihozdan ekstensiv foydalanishda ish vaqtidan foydalanish muhim rol o’ynaydi. Ish vaqtidan to’liq foydalanmaslikka rejadan tashqari to’xtovlar (xom ashyo va energiya bo’lmasligi, mahsulot ishlab chiqarishda brak, remontning cho’zilishi, jihozlar avariyalari) sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun ekstensiv foydalanish tahlilini shu to’xtovlar hajmini aniqlashdan boshlash kerak. 184 Bu tahlillar ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish rezervlarini aniqlashda imkon beradi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling