Янги китоб


Sanoat korxonasi (sex yoki ishlab chiqarish uchastkasi)ning ishlab


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Sanoat korxonasi (sex yoki ishlab chiqarish uchastkasi)ning ishlab
chiqarish quvvati deyilganda ma’lum davr ichida ma’lum sifat va assortiment,
mavjud uskunalar va ishlab chiqarish maydonidan to’liq foydalanilgan holda
ilg’or texnologiya, mehnat va ishlab chiqarishni yaxshi tashkil qilish natijasida
maksimal darajada mahsulot ishlab chiqarish yoki maksimal darajada xom
ashyoni qayta ishlash imkoniyati tushuniladi.


178
hisoblanadi. Bundan tashqari korxonaning ishlab chiqarish quvvati har bir tarmoq
uchun yangi mahsulot ishlab chiqarishda qurilishlar hajmi va buning uchun kerakli
kapital qo’yilmalar miqdorini aniqlaydi. Ishlab chiqarish quvvatini hisoblash uchun
ma’lum davr qabul qilinadi, bular – smena, sutka, yil bo’lishi mumkin. Yillik ishlab
chiqarish quvvati ko’pincha smenalik yoki sutkalik ishlab chiqarish quvvatini
hisoblash asosida topiladi.
19.2. Ishlab chiqarish quvvatiga ta’sir qiluvchi omillar.
Korxona, sex va uchastkalarning ishlab chiqarish quvvatining hajmiga ta’sir
etuvchi omillar quyidagilardan iborat: a) asosiy fondlarning ishga yaroqligi va
yetakchi mashinalar soni, b) uskunalardan foydalanishning texnik - iqtisodiy
unumdorlik normalari, v) uskunalar ish vaqti fondi, g) mahsulot assortimenti, d)
ishlab chiqarish texnologiyasi.
Endi bu omillarni birma – bir ko’rib chiqamiz:
a) asosiy fondlarning ishga yaroqligi va yetakchi mashinalar soni. Bunga
asosan ishlab chiqarish va texnologik uskunalar olinadi. Korxonalarda hamma
uskunalar 3 turga: mavjud, o’rnatilgan va rezervdagi uskunalarga bo’linadi.
Mavjud uskunalarga sexdagi va korxona omboridagi hamma asbob-
uskunalar: o’rnatilganiga esa sexdagi va ishlab chiqarish uchastkalaridagi
uskunalar: rezervlardagiga esa jihozlarni almashtirish uchun mo’ljallangan
uskunalar kiradi.
Ishlab chiqarish quvvatini hisoblayotganda uskunalarning hammasi va
rejalashtirish davrda ishga tushiriladigan quvvatlar ham hisobga olinadi.
Rezervdagi uskunalar esa hisobga kirmaydi. Ishlab chiqarish jarayoni potok asosida
tashkil qilingan korxonalarda ishlab chiqarish quvvati asosan bosh yoki yetakchi
jihoz (mashina) texnik unumdorligi asosida hisoblab chiqariladi.
b) har bir mashina va agregat uchun loyihaviy texnik unumdorlik normasi
belgilanadi. Jihozlar texnik unumdorlik normasi deganda uning birlik vaqt (soat,
smena, sutka) ichida eng yuqori imkoniyatli unumdorligi tushuniladi. Bunday
normalarning bo’lishi ishlab chiqarish quvvatlaridan, foydalanishning rezervi
borligidan dalolat beradi. Bundan tashqari jihozlar texnik – iqtisodiy unumdorligi
mavjudki, u mashina ekspluatastiyasi xususiyatlariga asosan o’rnatiladi. Bunday
normalarni belgilashda, rejada ko’zda tutilgan yangi texnikani, texnologiyani joriy
qilish, mehnatni tashkil etishning ilg’or uskunalaridan foydalanish va ishlab
chiqarishni takomillashtirish hamda boshqa bir qator tadbirlar hisobga olinadi.
Texnik – iqtisodiy unumdorlik normalari korxonada ishlab chiqarish potokining
operativ hisobi uchun, texnik normalar esa potok ishlab chiqarishning rezervlarini
aniqlash uchun ishlatiladi.


179
v) uskunalar ish vaqti fondining maksimal bo’lishi. Korxonalarning ish
vaqti ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy elementlari (smenalar soni, ish
kunining uzun va qisqaligi, yil davomida ish kunining soni va h.k.) asosida
hisoblanadi. Har qanday aniq shart-sharoitda uskunalar ish rejimining optimal
darajasini aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Sutkalik va yillik ishlab chiqarish quvvatini hisoblash uchun kerakli ish
vaqti fondi korxona ishlash rejimiga asosan belgilanadi. Hamma korxonalar
kalendar vaqtidan foydalanish imkoniyatiga bog’liq holda ikkiga bo’linadi. Birinchi
guruh korxonalar – bular uzluksiz ishlab chiqarish jarayoniga ega bo’lgan
korxonalar. Bular uchun jihozlarning yillik ish vaqti fondi kalendar fondidan
remont va texnologik to’xtovlar uchun belgilangan vaqtni ayirish orqali aniqlanadi.
Mashinalar, jihozlar ishlash davomiyligi sutka davomida 24 soat qilib belgilanadi.
Ikkinchi guruh korxonalar – bular uzlukli ishlab chiqarish jarayoniga ega bo’lgan
korxonalar. Bunday korxonalarning yillik ish vaqti fondi kalendar fondidan bayram
va dam olish kunlari hamda rejali ogohlantirish remontlar uchun ajratilgan vaqtni
ayirib tashlash orqali topiladi. Ikkinchi guruh korxonalari uchun sutka davomiyligi
deb uch smenali ish rejimi qabul qilinadi, ayrim hollarda korxona ikki smenali ish
rejimi asosida ishlasa shu ikki smena ishlab chiqarish quvvatini hisoblash uchun
asos bo’ladi.
Reja bo’yicha uskunalar bekor turishi faqat remont maqsadlarida
belgilanadi. Ko’pgina korxonalarda ish vaqtining bir qismini texnikaning
ishlatilishi yaxshi tashkil qilinmaganligi sababli yo’qotilmoqda (masalan,
materiallar, asbob-uskunalar va energiya bilan o’z vaqtida ta’minlanmaslik va h.k.)
Qabul qilingan guruhlashga asosan, uskunalarning bekor turishi quyidagi
sabablardan kelib chiqishi mumkin:
1. Texnologik uskunalarning rejadan tashqari remonti, ya’ni buzilganligi va
texnikaviy sabablarga ko’ra tuzatilmaganligi avariya va boshqalar.
2. Texnologiya jarayonidagi tanaffuslar, ya’ni jihozlarni tozalash,
texnologik va transport vositalarining to’la yuklanmasligi natijasida bekor turishi
va h.k.
3. Tashkiliy xarakterdagi kamchiliklar - xom-ashyo, elektroenergiya bilan
etarli darajada ta’minlamaslik va smena bilan ishlovchi sexlar ishidagi kamchiliklar
natijasida uskunalarning to’xtab qolishi.
Mavsumiy sanoat tarmoqlarining korxonalari uchun ishlab chiqarish vaqti
belgilanayotganda mavsum davrining maksimal darajada davom etishi hisobga
olinadi:
g) mahsulot assortimentiga bog’liq, shuningdek, materiallar, ayrim tayyor
mahsulotlar, xom-ashyolarning tarkibi va sifati. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish
va ayrim agretagatlarning unumdorligi ko’p jihatdan materiallar, xom-ashyolar va


180
ayrim tayyor fabrikatlarning sifatiga bog’liq. Shuning uchun ayrim tarmoq
korxonalarning ishlab chiqarish quvvati, faqat ishlab chiqarilayotgan tayyor
mahsulotlarning miqdori bilan emas, balki xom-ashyoni qayta ishlash miqdori bilan
ham belgilanadi.
Assortimenti xilma-xil bo’lgan korxonalarda rejalashtirilgan assortiment
uchun alohida ishlab chiqarish quvvati hisoblanadi. Korxonaning ishlab chiqarish
quvvati va amalda (rejali) unumdorligi yoki ishlab chiqarish dasturi – bular boshqa
– boshqa tushunchalar. Quvvat bir yoki bir necha texnologik jihoz turi uchun uning
texnik unumdorlik normasi asosida aniqlanadi, ishlab chiqarish dasturi esa
o’rnatilgan jihozlar uchun ularning texnik – iqtisodiy unumdorlik normalari asosida
natural va qiymat ifodada hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvati bir necha yillar
uchun aniqlab qo’yilib har yili u tasdiqlanib qo’yilishi mumkin. Ishlab chiqarish
dasturi esa faqat rejali davr uchun hisoblanib, har yili amalda qaytadan qo’rib
chiqiladi.
d) ishlab chiqarish texnologiyasi. Ishlab chiqarishning quvvatining katta
yoki kichikligi ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liqdir.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling