Янги китоб
Ishlab chiqarishda texnikaviy tayyorlashni tashkil etish
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
17. Ishlab chiqarishda texnikaviy tayyorlashni tashkil etish.
Ishlab chiqarishni firma miqyosida tashkiliy-texnik rivojlantirish texnologiyani takomillashtirish, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etish bo‘yicha investitsion va innovatsion loyhalarni amalga oshirish asosida amalga oshiriladi. Fan-texnika taraqqiyoti va innvatsion siyosatning natijalari ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik darajasi (ICHTTD) da aks ettiriladi. ICHTTD innovatsion siyosatning natijaviyligi, texnologiya va jarayonlarni tashkil etish darajasini tizimga “kirish” talablariga mosligi darajasi yordamida ifodalanadi. Agar “kirish” – butlovchi buyumlar, xom ashyo, materiallar va boshqalarning sifati raqobatbardoshlik talablariga mos kelsa, u holda “kirish” ni qayta ishlab chiqarish “jarayoni” ning sifati tizimning “chiqishi”da yuqori bo‘lishi kerak . Masalan, “kirish” ning sifati 5 ga baholansa, ya’ni raqobatbardoshlik talablariga javob qaytarsa, “jarayon” ning sifati 3 bo‘lsa, u holda chiqishda 3 bo‘ladi. Sarmoyador “kirish” sifatini oshirishga katta mablag‘ sarflab, “chiqish”da istalgan natijani ola olmaydi, chunki texnologiya va jarayonlarni tashkil etish “kirish”ni sifatli qayta ishlashga qodir emas. Boshqa vaziyat: texnologiya va jarayonlarni tashkil etish rahobatbardoshlik talablariga javob beradi, ammo “kirish”ning sifati, masalan, ishlab chiqarish hujjatlaridagi sifat ko‘rsatkichlari va tovarning resurslar iste’moli raqobatbardosh emas, bunda “chiqish”dagi sifat ham raqobatbardosh emas. Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: tizimda “kirish” va “jarayon” sifatining mutanosib darajasini (yaxshisi tashqi yoki ichki bozorda raqobatbardoshligini) ta’minlash kerak. ICHTTD ko‘rsatkichlarini majmuaviy (ko‘rsatkichlar daraxtining nolli darajasi, umumlashtiruvchi (birinchi daraja) va xususiy (ikkinchi daraja)ga ajratish maqsadga muvofiq. Majmuaviy ko‘rsatkich bo‘yicha jamoaning kelajakni ko‘zda tutib, strategik maqsadlarga ishlashi haqida fikr yuritiladi. Agar strategik maqsadlar, firmaning obro‘si, tashkiliy-ishlab chiqarish siyosatiga javob qaytarilsa, u holda taktik maqsadlar, shu bilan birga tizimning “chiqishi” talablari, aniq bozor talablariga javob beriladi. Ishlab chiqarishning texnik darajasi (K TU ) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanishi va texnologiyaning tarqqiy etganligi bosqichlari ta’riflaydi. Ishlab chiqarishning tashkiliy darajasi (K OU ) ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishning rivojlanish darajasi, jarayonlarning tashkiliylik darajasini ifodalaydi. Ishlab chiqarishning texnik darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga quyidagilarni kiritish tavsiya etiladi: 1. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi (avtomatlar orqasidan kuzatish bo‘yicha va mashinalar yordamida ishlovchi asosiy 167 va yordamchi ishchilarning asosiy va yordamchi ishchilarning umumiy soniga nisbati). 2. Texnologiya jarayonlarining taraqqiyot darajasi (taraqqiy etgan jarayonlarni rasmiy uslubiyotlarga muvofiq ularning umumiy soniga nisbati). 3. Texnologik jarayonlarning o‘rtacha yoshi. 4. Texnologik uskunalarning o‘rtacha yoshi. 5. Firma xodimlari mehnatining fond bilan ta’minlanganligi (asosiy ishlab chiqarish fondlari faol qismi qiymatining firma xodimlari soniga nisbati). Ishlab chiqarishning tashkiliy darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga quyidagilarni kiritish tavsiya etiladi: 1. Ishlab chiqarishning ixtisoslashganligi darajasi (masalan, sohaviy mahsulotning yillik hajmi qiymatini ushbu davrda ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy hajmiga nisbati). 2. Ishlab chiqarishning kooperatsiyaganligi darajasi (butlovchi mahsulotlar umumiy hajmining ushbu davrda ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy hajmiga nisbati). 3. Texnologik uskuna ishining almashuv koeffitsienti. 4. Firma shtat jadvalining to‘ldirilganligi, %da. 5. Asosiy ishlab chiqarish ishchilarining firma xodimlari sonidagi salmog‘i, %da. 6. Xodimlarning yil davomidagi qo‘nimsizligi koeffitsienti, %da, jarohatlarning tez-tez bo‘lishi ko‘rsatkichi (hisobotga ko‘ra). 7. Ish vaqtining yo‘qotilishi, %da. 8. Jarohatlarning tez-tez bo‘lishi koeffitsienti (ko‘rsatkichi -statistik hisobotga ko‘ra). 9. Qisman ishlab chiqarish jarayonlarining quvvati bo‘yicha mutanosibligi koeffitsienti (ko‘rsatkichi). 10. Ishlab chiqarish jarayonlari uzluksizligi koeffitsienti. 11. Ishlab chiqarish jarayonlari realligi koeffitsienti. 12. Ishlab chiqarish jarayonlari to‘g‘ri/shaxsliligi koeffitsienti. 13. Ishlab chiqarish jarayonlari bir maromdaligi koeffitsienti. ICHTTD sanab o‘tilgan omillarini taktik boshqarish ularni oshirish rezervlarini topish imkonini beradi. ICHTTD omillarini strategik boshqarishni amalga oshirish uchun ularning kelgusi o‘zgarishlarini bashoratlash zarur. ICHTTDning xususiy, umumlashtiruvchi va majmuaviy ko‘rsatkichlarining olingan miqdoridan ularning taraqqiy etganligini tahlil qilish, ICHTTDni oshirish uchun tor joylarni topish va strategik bashoratlash uchun foydalaniladi. ICHTTDni oshirish uchun quyidagilar zarur: 168 ishlab chiqarish darajasini oshirish; ishlab chiqarish jarayonining taraqqiy etganligi darajasini oshirish; mehnatning fond bilan qurollanishini oshirish; ish vaqti yo‘qotilishini qisqartirish; ishlab chiqarishning bir maromdaligini oshirish. ICHTTDni bashorat qilishni quyidagi izchillikda amalga oshirish tavsiya etiladi: 1. Tizimning “kirish” parametrlari – firma tovarlarining uning strategiyasida belgilangan muddatlardagi raqobatbardoshligini bashoratlash. 2. Ta’minlovchi tizimchaning parametralarini bashoratlash. 3. ro‘yxati 2-jadvalda berilgan “jarayon” parametrlari (ICHTTD) tizimning “kirishi” talablariga mos kelishini ta’minlovchi ICHTTDning xususiy ko‘rsatkichlarini bashoratlash. 4. Bashoratli normativlar bo‘yicha ICHTTDni baholash. 5. Kelgusida ICHTTDni talab qilinadigan darajagacha oshirishga erishishni ta’minlovchi tadbirlarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish. 6. Innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy loyihalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish. Tashkiliy-ishlab chiqarishli tayyorlashning iqtisodiy masalalari ro‘yxatiga quyidagilar kiradi: resurslardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish; tashkiliy-ishlab chiqarish darajasini uning taraqqiy etganligi va tizimning kirish talablariga mosligi, raqobatbardoshligi maqsadida tahlil qilish; boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini oqilona tashkil etish tamoyillariga rioya etilishi tahlili; ICHTTDni rivojlantirish bo‘yicha innovatsion loyihalarning iqtisodiy asoslanishi; ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining asoslanishi; sanoat namunalari, nou-xaulardan foydalanishga litsenziyalarni xarid qilishning iqtisodiy asoslanishi; materiallar, xom ashyo, resurslar, uskunalar, mehnatga ehtiyojni me’yorlash; mehnatni ishlab chiqish va menejmentni tashkil qilish parametrlarini me’yolash; ishlab chiqarishni tayyorlashni iqtisodiy asoslash; tashkiliy loyihalar (tashkiliy tuzilmalar,ssexlar, uchastkalar va ish joylarini rejalashtirish, kooperatsiyalash va hokazo)ni ishlab chiqish va asoslash ICHTTD samaradorligi ko‘rsatkichlari: 169 ICHTTDga investitsiyalarning samaradorligi; ICHTTDning alohida ob’ektlar bo‘yicha davomiyligi; ishlab chiqarish jarayonlarini oqilona tashkil etish tamoyillari (mutanosiblik, reallik, to‘g‘ri – aniqlik, uzluksizlik, bir maromlilik va boshqalar)ga rioya etish ko‘rsatkichlari; ishlab chiqarishli jihozlanish elementlarini unifikatsiyalash ko‘rsatkichlari; texnologik jarayonlarni turkumlashtirish ko‘rsatkichlari; ishlab chiqarishning avtomatlashtirilganlik darajasi; ICHTTDning ishlab chiqarish tizimi mavjudligi; resurslardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari; texnologiyalarning raqobatbardoshligi. ICHTTD jarajatlaridastlabki (kapital), joriy va yakunlovchiga bo‘linadi. Dastlabki xarajatlarga quyidagilar kiradi: litsenziyalar, nou-xaularni xarid qilish xarajatlari; loyiha – izlanish ishlarining qiymati; qurilish-montaj ishlarini o‘tkazish xarajatlari; uskunani xarid qilish, o‘rnatish va sinov xarajatlari; qurilayotgan tashkilot (korxona) direksiyasini saqlab turish xarajatlari; xodimlarni tayyorlash xarajatlari; ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yaratish xarajatlari; loyihani amalga oshirishning salbiy ijtimoiy va ekologik oqibatlarini bartaraf etish xarajatlari; takror ishlab chiqarish davridagi sug‘urta badallari; loyihani amalga oshirish uchun aylanma mablag‘larni yaratish va o‘sishi uchun kapital qo‘yilmalar va hokazo. ICHTTDning joriy xarajatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: moddiy xarajatlar; mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy fondlarga ajratmalar xarajatlari; uskunalar va transport vositalarini ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish xarajatlari; ma’muriy qo‘shimcha xarajatlar; zavodning qo‘shimcha xarajatlari. ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlar. Resurslardan samarali foydalanishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat: ilmiy yondashuvlarni qo‘llash; ko‘lam samarasini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ishlab chiqarish vositalarini unifikatsiyalash; ishlab chiqarilayotgan mahsulot, texnologiyalar, ishlab chiqarish ob’ektlarining raqobatbardoshligini oshirish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling