Янги китоб
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- _________________________________________________________________ IV.BOB. ISHLAB CHIQARISHNI TEXNOLOGIK TAYYORLASHNI TASHKIL ETISH.
- Tayanch iboralar
Nazorat savollari:
1. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash nima va u oz’ ichiga nimalarni oladi? 160 2. Firmaning yangilik kiritishdan foydalanish sohasidagi faoliyatini tashkil qilish alohida bosqichlari nimadan iborat? 3. Yangilik kiritish loyihasini qanday amalga oshiriladi? 4. Ilmiy tadqiqot nima va uning asosiy komponentlari qaysilar? 5. "Fan-texnika-ishlab chiqarish-qo'llash" jarayonini yoritihg. 6. Ilmiy – tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari (ITTKI)ning asosiy vazifalari nilardan iborat? 7. ITTKIning asosiy tamoyillari qaysilar? 8. Ratsionalizatorlik faoliyati nima? 9. Ixtiro va kashfiyotni izohlang. 10. Ratsionalizatorlik takliflari qanday amalga oshiriladi? _________________________________________________________________ IV.BOB. ISHLAB CHIQARISHNI TEXNOLOGIK TAYYORLASHNI TASHKIL ETISH. ___________________________________________________________________ 15. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni tashkil etishning maqsadlari. 16. Texnologik tayyorgarlik bosqichlari. 17. Ishlab chiqarishda texnikaviy tayyorlashni tashkil etish. Tayanch iboralar: texnologik tayyorlash, tashkiliy rejali tayyorlash, ishlab chiqarishni yagona texnologik tayyorlash tizimi 15.Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni tashkil etishning maqsadlari. Texnologik tayyorlash ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini loyihalash, jihozlarni tanlash va ularni o’rnatish, texnik nazorat metodlarini ishlab chiqish, mehnat, materiallar, yoqilg’i, energiya sarflarini normalash kabilarni o’z ichiga oladi. Xalqaro statistika amaliyotiga muvofiq yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni eksperimental tekshirish ITTKIning tarkibiga kiradi. Ammo texnologik tayyorlash tarkibiga resurslarning turlariga ehtiyojni me’yorlashtirish bo‘yicha tashkiliy ish, ishlab chiqarish va mehnat, kapital qurilishni tashkil etish usullarini ishlab chiqish (innovatsion faoliyat) ham kiradi, ITTKIga nisbatan 3-10 marta ko‘proq xarajatlarni talab etadi. Fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichi mehnat ashyolarini ko‘proq mexanik ishlab chiqishdan materiya harakatlanishining turli-tuman murakkab 161 shakllari, ayniqsa jismoniy, kimyoviy, biologik jarayonlardan majmuaviy foydalanishga o‘tish bilan bog‘liq texnologik inqilob yordamida ta’riflanadi. Texnologiya nafaqat operatsiyalarni bajarish tartibi, balki mehnat ashyolarini tanlash, ularga ta’sir ko‘rsatish, ishlab chiqarishni uskunalar, asboblar, qurollar, nazorat vositalari bilan jihozlash, ishlab chiqarishning shaxsiy va buyumli elementlarini vaqtda va masofada biriktirish, mehnatning mazmuni, asosiy ishlab chiqarish vositalariga nisbatan ham belgilanadi. Shuning uchun tubdan yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish bir vaqtda yangi vositalar va mehnat ashyolaridan samarali foydalanish shart-sharoitidir. Nima uchun? Birinchidan, gap operatsiyalarning borgan sari ko‘proq maydalanishi va ularning hamisha bir xilligi, yoqimsizligi ko‘payishi yo‘nalishi bo‘yicha rivojlanishi mumkin bo‘lgan diskretli (uzuq-uzuq) ko‘p operatsiyali jarayondan kam operatsiyali ishlab chiqarish jarayoniga o‘tish haqida ketmoqda. Ikkinchidan, mehnat ashyolarini mexanik ishlab chiqish uzluksiz jarayonlar: tebranishli ishlov berish, kukunli mertallurgiya, aniq plastik deformatsiyalash, eritiluvchi modellar, markazdan uzoqlashish, bosim ostida, shtampovka bo‘yicha aniq qurolga o‘z o‘rnini bo‘shatib bermoqda. Uchinchidan, yarim tayyor mahsulotlarni to‘liq qayta ishlashga ega yopiq texnologiyalar (chiqindisiz texnologiya)ga yondashuv boshlanmoqda. To‘rtinchidan, texnolgiyada borgan sari ko‘proq ekstremal sharoitlar: o‘ta past va o‘ta yuqori harorat va bosim, chuqur vakuum, beixtiyor portlatish usullari, yadroli nurlantirish va boshqalardan foydalanilmoqda. Beshinchidan, yangi texnologiya, odatda, elektr energiyasidan nafaqat harakatga keltiruvchi kuch sifatida, balki mehnat ashyolarini bevosita ishlab chiqarish – elektr kimyoviy, elektr fizik (lazerli, elektr uchqunli, elektr impulьsli, elektr aloqali), yuqori chastotali toklar bilan ishlab chiqishda foydalanish bilan bog‘liq. Yuqori quvvatli energiyaning elektron tarmog‘idan materiallarni issiqlikka chidamliligini oshirish, erituvchilarsiz bo‘yash, bir zumda polemerlash, oqar suvlarni dezinfeksiyalash uchun foydalaniladi. Lazer texnologiyasidan payvandlash, kesish, issiqlik bilan ishlov berish, detallarni mustahkamlash, teshiklarni yamash, aloqasiz nazoratda foydalaniladi. Oltinchidan, eng yangi texnologiya uchun ko‘chma mexanik agregatlar va unifikatsiyalangan apparatlarga ega turli-tuman mashinalardan, elektr quvvatidan materiallarni ishlab chiqarishda universal vositachi sifatida foydalanishga o‘tish bilan bog‘liq katta universallik xosdir. Yettinchidan, yangi texnologiyalar ko‘pincha sohalaro xarakterga ega. Masalan, metallurgiya va mashinasozlik plastik deformatsiyalash, shesternallar, 162 o‘qlar, vallar, roliklar, parmalar va boshqa metizlar prokatini qattiq shtampovkalashdan foydalaniladi. Yuqori fan-texnika salohiyatiga ega sanoat korxonalarida fundamental ilmiy kashfiyotlarga asoslanuvchi va solishtirma xarajatlar, resurslarning keskin pasayishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatidan tubdan oshiruvchi, ishlab chiqarishni majmuaviy avtomatlashishi, ekologik tozalikni ta’minlovchi 200ga yaqin kam operatsiyali asosiy texnologiyar mavjud. Yakka mashinalar o‘z o‘rnini umumiy ishlab chiqarish davrini bajaruvchi texnologik majmualarga bo‘shatib bermoqda. Yangi texnologiya uskuna va mahsulotga nisbatan uzoq muddat ilg‘or bo‘lib qoladi, sekinroq eskiradi. Shuning uchun unga investitsiyalar tezroq o‘zini-o‘zi oqlaydi. Texnologiyalarning tasnifi 5- jadvalda berilgan. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling