Янги китоб


 Ixtiro va ratsionalizatorlik faoliyati. Ishlab chiqarishni


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

14. Ixtiro va ratsionalizatorlik faoliyati. Ishlab chiqarishni
konstruktorlik tayyorlashni tashkil etish.
Ratsionalizatorlik faoliyati
Aniq bir mashina, texnologik jarayon, detal
va b. ni takomillashtirishga, ish unumdorligini oshirishga, ishlab chiqariladigan
mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan faoliyat; shunday faoliyat bilan
shugʻullanish.
Ixtiro — xalq xoʻjaligining turli sohalarida, ijtimoiy, madaniy qurilish va
mudofaa sohalarida ijobiy samara beradigan, oʻziga xos texnikaviy yechimga ega
boʻlgan yangilik. Tor maʼnoda — davlat tomonidan tan olinadigan va tegishli
qonun bilan muhofaza
qilinadigan yangi texnikaviy yechim. Har qanday yangilik
ham ixtiro boʻlavermaydi. Masalan, quruq ilmiy qoidalar, xususan, kashfiyotlar,
amalga oshirib boʻlmaydigan va xato takliflar (mas., abadiy dvigatel yaratish
haqidagi takliflar) ixtiro hisoblanmaydi. Hal qilinadigan masala faqat nazariy emas,
balki amaliy ehtiyojlarni qondiradigan boʻlishi lozim. Ixtiro qonun bilan


157
muhofazalangan davlatlarda har bir taklifning ixtiro boʻlish shartlari belgilanadi.
Bu shartlardan asosiysi masalaning eng yangi hisoblangan texnik yechimidir.
Muayyan taklifni ixtiro deb hisoblash uchun undan bir necha marta foydalanish
imkoni ham boʻlishi kerak. Ixtironing yangiligi, yaʼni birinchi ekanligi (koʻpincha,
ixtirochilikka oid tashkilotlarga berilgan hujjat — ariza sanasi) oldin berilgan
mualliflik guvohnomalari va patentlar,
ixtirolar eʼlon qilinadigan tegishli
adabiyotlar, koʻrgazmalarda namoyish qilingan eksponatlar va b.ga muvofiq,
aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida ixtirochi boʻla olish shartlari va uni
tasniflash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994 yilda
tasdiqlangan "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari haqida"gi qonunda
belgilangan. Ixtiro
boʻyicha talabnomalarni ekspertiza qilish, mualliflik
guvohnomasi va patent berish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent
idorasi tomonidan amalga oshiriladi
.
Kashfiyot — izlanish, tekshirish, izlanish, tekshirish natijasida, baʼzan esa
tasodifan topilgan, yaratilgan ilmiy yangilik. Unga tabiat hodisalari va jamiyat
qonuniyatlarini ongli ravishda ilmiy idrok qilish natijasida erishiladi. Kashfiyot
tufayli moddiy dunyoning ilgari insoniyatga maʼlum boʻlmagan obʼyektiv
qonuniyatlari, xossalari va hodisalari maʼlum boʻladi. Kashfiyot insoniyatning
bilish jarayoni darajasini tubdan oʻzgartiradi. Kashfiyot fan-texnika inqilobining
asosini tashkil etadi, fan va texnika taraqqiyotiga tubdan yangi yoʻnalishlarni baxsh
etadi. Inson bosib oʻtgan tarixiy jarayonda juda koʻp kashfiyotlar qilindi. Kashfiyot
bilan ixtironi bir-biridan farqlay bilish kerak. Kashfiyot natijasida muayyan
qonuniyatlar yaratiladi, ixtiro natijasida esa muhim yangiliklar yaratilishi mumkin.
Mac, Arximedning suv chiqarish vinti oʻta yangilik boʻlsa ham u ixtiro hisoblanadi,
I. Nyutonning butun olam tortishish qonuni esa olamshumul kashfiyot dir. Hatto
ichki yonuv dvigatelining yaratilishi ham ixtiro, lekin N.Kopernikning Yerning oʻz
oʻqi atrofida va sayyoralar (shu jumladan, Yer)ning Quyosh atrofida aylanishi
toʻgʻrisidagi gʻoyasi — olamshumul K. Avtomobil va samolyotning yaratilishini
ham ilmga, tabiat qonuniyatlariga asoslangan ixtiro deyish mumkin. Lekin Galileo
Galileyning qushlarning uchishiga taqlid qilib samolyotning uchish chizmasini
yaratishi kashfiyot hisoblanadi. Beruniy, Ibn Sto, Ulugʻbek yaratgan qonuniyatlar
ham kashfiyotlar jumlasiga kiritiladi.
Har qanday ixtiro ham kashfiyot boʻla olmaydi, lekin ixtiro kashfiyotga
suyangan holda qilinadi. Atom va vodorod bombalarining kashf qilinishini
kashfiyot jumlasiga kiritish mumkin, biroq, raketalarni yasash ixtiro hisoblanadi.
Kashfiyot ham, ixtiro ham qonunchilikda muhofazalanadi. Ilmiy
kashfiyotlar va ixtirolarni roʻyxatga olish, mualliflik huquqini qonunlarda
mustahkamlab qoʻyish davlat tizimi mavjud. Oʻzbekistonda kashfiyot va ixtirolarni
muhofazalash ishlari bilan OʻzR Davlat patent idorasi shugʻullanadi.


158
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-dekabrdagi O‘zbekiston respublikasida
ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risida
596-
son qaroriga asosan Respublika oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal
etishda novatorlikning muhim ahamiyatini e’tiborga olib hamda ixtirochilar va
ratsionalizatorlarning ijodiy imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish maqsadida
O‘zbekiston 
Respublikasida 
ratsionalizatorlik 
faoliyati 
to‘g‘risidagi
Nizom tasdiqlandi.Vazirliklar, idoralar, konsernlar, tashkilotlar va korxonalar
ratsionalizatorlik sohasidagi me’yoriy hujjatlarni ratsionalizatorlik faoliyati
to‘g‘risidagi Nizomga muvofiqlashtirildi.Ixtirochilar 
va 
ratsionalizatorlarning
me’yoriy-uslubiy va tashkiliy ta’minlanishini nazorat qilish va ularning
manfaatlarini 
himoya 
qilish 
O‘zbekiston
Respublikasi 
Ixtirochilar 
va
ratsionalizatorlar jamiyatiga yuklatildi. O‘zbekiston Respublikasining barcha
korxonalari, birlashmalari, tashkilotlari va muassasalari, mulkchilik shakli va
xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, 1993-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston
Respublikasi mulki bo‘lgan ratsionalizatorlik takliflari va ixtirolarni foydalanishdan
hosil bo‘lgan tejashning 1 foizi miqdorida O‘zbekiston Ixtirochilar va
ratsionalizatorlar jamiyati foydasiga mablag‘ ajratishlari ko’rib chiqildi.
Ratsionalizatorlik faoliyati to‘g‘risida Nizomga asosan
t
aklif berilgan
korxona uchun yangi va foydali bo‘lgan buyum konstruksiyasini, ishlab chiqarish
texnologiyasini, material (modda) tarkibini yaratish yoki o‘zgartirishni nazarda
tutadigan texnik yechim, shuningdek, korxona uchun yangi bo‘lgan va mehnat,
xom ashyo, yoqilg‘i-energetika va boshqa moddiy yoki moliyaviy manbalarni
tejaydigan 
tashkiliy 
yechimlar

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling