Янги китоб


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Qo’shma korxonalar - boshqa mamlakatlar ishtirokida bunyod qilingan
korxonalar - ular o’zaro manfatdorlik negizida hukumatlararo shartnomalar asosida
tashkil qilinib, ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va boshqa vazifalarni echishga
qaratilgan. Qo’shma korxonalar sanoat, kishloq xo’jaligi, qurilish, transport, savdo,
fan va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida tarkib topishi mumkin. Bu korxonalar
asosan, chet el texnikasi va texnologiyasi asosida barpo etilib, mahalliy xom ashyo
va ishchi kuchi hisobiga ishlaydi.
Qo’shma korxona tuzish haqidagi qaror bevosita davlat korxonasi,
birlashmasi va tashkiloti tomonidan yuqori boshqarish organi roziligi bilan
chiqariladi.
Qo’shma korxona tuzish bir qancha o’zaro bog’liq, jarayonlarni o’z ichiga
oladi. Ularni, fikrimizcha, quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
1. Qo’shma korxona tuzishdan asosiy maqsadlarni belgilash.
2. Qo’shma
korxona
umumiy
texnik-iqtisodiy
ko’rsatkichlarini
tahlil qilish.
3. Chet ellik sherik(hamkor)ni izlash va tanlash.


37
4. Niyatlar haqidagi bayonnoma tayyorlash va imzolash.
5. Bo’lg’usi qo’shma korxonani texnik-iqtisodiy asoslash hujjatini ishlab
chiqish va iqtisodiy samaradorlikni aniqlash.
6. Loyihalarni, ta’sis hujjatlarini tayyorlash.
7. Qo’shma korxona tuzish haqidagi taklifni yuqori boshqarish organlari
va mahalliy hukumat organlari bilan kelishish.
8. Ta’sis hujjatlarini
chet
ellik
sherik
bilan
birga imzolash.
9. Qo’shma korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish.
Qo’shma korxonalarni mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
bilan bog’liq turli sohalarda tuzish mumkin.
Qo’shma korxonalar tuzish avvalam bor ilg’or chet el texnologiyasini,
zamonaviy qurilmalarni, boshqarish tajribasini, qo’shimcha moddiy va moliya
resurslarni iqtisodiyotning eng zarur tarmoqlariga jalb etishga qaratilishi kerak.
Qo’shma korxona tuzishda chet ellik sherik izlash va tanlash muhim
bosqichlardan
biridir.
Bunda
tanlangan
mahsulot
(xizmat)
turini
ishlab
chiqaradigan qo’shma korxonalar chet el qatnashchilarining umumiy doirasi
aniqlanadi; tanlangan firmalar xo’jalik faoliyati ko’rsatiladi va moliyaviy tahlil
qilinadi; tanlangan chet el firmasi mahsulotining raqobatga bardosh berish
qobiliyatiga baho beriladi; o’tkazilgan tahlil natijalariga asosan qo’shma korxona
chet el qatnashchisi uzil-kesil tanlanadi.
Niyatlar haqidagi bayonnoma respublika va tanlangan chet ellik sherikning
ma’lum bir sohada qo’shma korxona tuzishga tayyor ekanligini qayd etib,
hamkorlik asosiy shartlarini belgilaydi.
Niyatlar bayonnomasi quyidagi savollarni qamrab oladi:
 bo’lg’usi qo’shma korxona faoliyati maqsadlari (mahsulot turi, uni
sotish yo’llari,
bitimning amal qilish muddatlari, qo’shma korxonaning
rivojlanish bosqichlari va boshqalar);
 qo’shma korxona ta’sis hujjatlari, texnik-iqtisodiy asoslash
hujjatinn
tayyorlash va kelishish borasidagi tomonlar majburiyatlari;
 qo’shma korxona tuzishda qatnashuvchilar zarur deb hisoblagan taxminiy
iqtisodiy va tashkiliy talablar (masalan, nizom jamg’armasiga chet el
qatnashchisi ulushining eng ko’p hajmi va hokazo).
Niyatlar
haqidagi
bayonnoma
tayyorlanib,
tomonlar
imzosi
bilan
rasmiylashtirilgandan keyin, qo’shma korxona respublika qatnashchisi (yoki uning
buyurtmasi bilan maxsus tashkilot) tomonidan texnik – iqtisodiy asoslash ishlab
chiqiladi. Texnik-iqtisodiy asoslash qo’shma korxona qatnashchilari imzolashlari
zarur bo’lgan hujjat emas.
Texnik – iqtisodiy asoslashga quyidagi bo’limlarni qo’shish tavsiya etiladi;
• qo’shma korxonada ishlab chiqarish mo’ljallangan mahsulot (xizmat)ni


38
sotish bozorlarini tahlil qilish;
• mamlakatning ichki imkoniyatlari asosida va chet el investistiyalaridan
foydalanib mahsulot ishlab chiqarish variantlarini solishtirish;
• chet ellik sherikni tanlash;
• qo’shma korxona joylashish o’rnini asoslash;
• korxona tuzish va faoliyati variantlarining bayoni;
• qo’shma korxona tuzish va faoliyati variantlarining iqtisodiy samaradorligini
hisoblash;
• qo’shma korxona maqbul variantini tanlash.
Ta’sis hujjatlarini tayyorlash, tuzish va kelishish qo’shma korxona
qatnashchilarining qo’shma korxona tuzish sharoitlarini aniqlash yuzasidan
oldindan qilingan tahlil va uning faoliyat ko’rsatishi texnik-iqtisodiy asoslanishga
tayanib, amalga oshiriladi.
Qo’shma
korxona
ta’sis
etish
haqidagi
shartnomada
qu’yidagilar
ko’rsatiladi:
 korxona faoliyati sohasi va maqsadi;
 nomi va yuridik statusi;
 nizom jamg’armasi tarkibi;
 sheriklarning qatnashish ulushlari;
 kreditlash shartlari va tartibi;
 eksportga mo’ljallangan mahsulot hajmi;
 foydani hisoblash va taqsimlash tartibi;
 zararlarni qoplash tartibi;
 jamg’armalarni tashkil etish tartibi.
Shartnomaning maxsus moddalarida quyidagi ma’lumotlar bo’lishi kerak:
 qo’shma korxonaga nisbatan tomonlarning majburiyatlari;
 xodimlarni yollash, bo’shatish va mehnatga haq to’lash masalalari;
 moddiy-texnika ta’minoti va sotish;
 qo’shma korxona mulkn va huquqlarini sug’urta qilish;
 hisobot va nazorat qilish shakli;
 fors-major majburiyatlari;
 arbitraj;
 qo’shma korxona faoliyati muddati.
Shartnomaga qo’shma korxona va uning boshqarish organlari faoliyati
tartibini aniqlashtiruvchi qo’shma korxona nizomi ilova qilinadi.
Qo’shma korxona nizomi shartnomani to’ldiradi va quyidagilarni o’z ichiga
oladi:
 korxonani boshqarish organlari tuzilishi, tarkibi va vakolatlari;


39
 qaror qabul qilish tartibi va hamjihatlik talab masalalar doirasi;
 balans va hisobot tuzish tartibi;
 vakolatxona va filiallar tuzish tartibi;
 da’volarni ko’rib chiqish tartibi;
 auditorlik xizmatidan foydalanish;
 qatnashuvchilardan birortasi qo’shma korxonadan chiqqanda mulkdagi
ulushni berish tartibi;
 korxonani
tugatish
va
qatnashuvchilarga
mablag’larini qaytarish
tartibi.
Qo’shma korxona davlat ro’yxatidan o’tishi uchun quyidagi hujjatlarni
tavsiya etishi kerak:
 qo’shma korxona qatnashuvchilaridan birining yozma arizasi;
 respublika qatnashchisi yuqori boshqarish organi bilan kelishilgan
texnik-iqtisodiy asoslash;
 ta’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxalari.
Qo’shma korxona ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs
huquqiga
ega
bo’ladi.
Korxonaga
ro’yxatdan
o’tkazilganligi
to’g’risida
ma’lumotnoma beriladi,
bu
qo’shma
korxona
tuzilganligini e’lon qilishga
asos bo’ladi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling