Янги китоб


Paxta tozalash sanoatida innovatsiyalar haqida


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Paxta tozalash sanoatida innovatsiyalar haqida
Mustaqillik davrida paxta tozalash korxonalarini texnik qayta jihozlash
bo’yicha erishilgan natijalarni hisobga olib “O’zpaxtasanoat” uyushmasi soha
korxonalarini keyingi modernizatsiyalashni ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlariga va
innovatsiya ishlanmalariga asoslangan holda amalga oshirishni rejalashtirdi.
Shuning uchun paxta tozalash korxonalari bir necha yillar davomida ilmiy-tadqiqot,
loyihaviy va o’quv muassasalari bilan faol hamkorlik qilmoqda. Bo’lib o’tgan 7 ta
innovatsiya yarmarkalarda paxta tozalash korxonalari jami 1,4 milliard so’mga teng
bo’lgan 140 dan ortiq hamkorlik bo’yicha shartnomalar tuzildi va shu bilan
sohaning texnik va texnologik jihatdan yangilanishi ta’minlandi.
Ishlab chiqarish korxonalarining yarmarkalarda ishtirok etishi olimlar bilan
hamkorlik qilish uchun keng imkoniyat ochib berildi. Korxonalarda erishilgan
yangilanishlarga qaramay, ishlab chiqarish ilm-fan oldida yangi vazifalar
qo’ymoqda. Paxta tozalash sohasi uchun aktual masalalar bo’yicha axborotlar
Respublika Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi uchun
tayyorlandi va “O’zekspomarkaz” ko’rgazma pavilonidagi “O’zpaxtasanoat”
uyushmasining ekspozitsiyalarida taqdim etildi. Paxta tozalash sanoatining
innovatsion ishlanmalarga bo’lgan ehtiyojlari ro’yxati o’ziga yetti yo’nalishni
birlashtiradi:
–Faol ishchi organli paxta xom ashyosining quritgichi;
–Paxta xom ashyosining tozalagich chiqindilaridan regeneratori;
–Arrali jin uchun avtomatik boshqarish tizimi;
–Tolali materiallarning yuqori samarali tozalagichi;
–Momiqni iflos aralashmalardan tozalash qurilmasi (shuningdek, butun
chigitlardan);
– Paxta xom ashyo iflosligini aniqlash bo’yicha elektron nazorat tizimli
avtomatik qurilma;
–Arraga tish ochuvchi rotatsion turdagi dastgoh.


134
Barcha loyihalar dolzarb va tegishli amaliy ahamiyatga ega va paxta
tozalash sanoatining samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan. Ular hozirda
yakunlanish va bosqichma-bosqich sanoat sinovlaridan o’tish arafasida.
Bular:
– Paxta xom ashyosini ishlab chiqarishga pnevmatik tashish jarayonini
avtomatik tartibga solish tizimi;
– Yuqori namlik va ifloslikga ega paxta xom ashyosini tozalash uchun
qo’chma majmua;
–Jinlash oldidan paxta xom ashyosini namlash uskunasi;
–Linter kolosniklarining yangi konstruksiyasi;
-Paxta xom ashyosidagi iflos aralashmalarning massaviy ulushini
aniqlaydigan LKM-3 rusumli avtomatik qurilma.
Paxta tozalash korxonalarining texnik parkini keyingi yangilashdagi
navbatdagi qadam yangi texnologiyalarni o’zlashtirish, shu jumladan xorijiyni ham.
O’zbekistonda ilgari ishlab chiqarilmagan eng murakkab uskunalar biri – eskirgan
gidravlik presslarni yangilash kabi masala so’nggi yillarda kun tartibidagi keskin
muammo bo’lib turgan edi. Yaqin kelajakda Xitoyda ishlab chiqarilgan 40 ta
gidravlik press qurilmalarini sotib olish rejalashtirilganligiga qaramay,
O’zbekistonda presslarni ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma korxona tashkil etish
masalasi ko’rib chiqilmoqda.Bu investitsiya loyihasini amalga oshirilishi bilan
birga nafaqat juda zarur bo’lgan uskunalar bo’yicha talab qondiriladi, balki
mashinasozlik bazasi tug’iladi, yangi ish o’rinlari yaratiladi. Pressning yangi
modelida mahsulotlarni presslash va o’rov jarayonlarini boshqarishnin innovatsiya
tizimlarini qo’llash qo’zda to’tilgan. Paxta tozalash korxonalarni takomillashtirishni
davom ettirish uchun yana bir qator innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va ularni
amalga oshirish talab etiladi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling