Янги китоб


 Paxta-to’qimachilik klasterlarini tashkil etishning tashkiliy –huquqiy


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

9.2. Paxta-to’qimachilik klasterlarini tashkil etishning tashkiliy –huquqiy
asoslari.
Zamonaviy paxta-to‘qimachilik klasterini rivojlantirishni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, ushbu klaster
ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar, maxsus transport vositalari va texnika,
hayvonlar va o‘simliklar, veterinariya preparatlari, xom ashyo va materiallar,
qurilish mollari va issiqxona komplekslari 2022 yilning 1 yanvariga qadar
muddatda bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi. Shuningdek, paxta-to‘qimachilik


125
klasterlari paxta sanoatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash uchun belgilangan bir
qancha imtiyozlarga ega, jumladan:
-fermer 
xo‘jaliklariga 
paxta-to‘qimachilik 
ishlab 
chiqarishining 
tegishli
tashkilotchilari tomonidan kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgan
miqdorlarda va shartlar asosida avans berish;
-paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari paxta xom ashyosini
yetishtirish va ularga yetkazib berishni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi
huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan kreditlar ajratish.
To‘qimachilik
korxonalariga 
xizmat 
ko‘rsatuvchi 
injiniring, 
dizayn-
modamarkazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish esa texnologik innovatsiyalarni amalga
oshirish imkonini beradi. Respublikamiz viloyatlarida amalga oshiriladigan klaster
loyihalari viloyatlardagi to‘qimachilik korxonalari, fermer xo‘jaliklari, yog‘-moy va
boshqa bir qator tarmoqlarning o‘zaro integratsiyalashuv imkoniyatlarini
kengaytirmoqda.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan 2018-2021
yillarda amalga oshiriladigan klaster loyihalari 30 tani tashkil etib, 2018 yil
davomida 15 ta klasterlar o‘z faoliyatini boshladi va ularga 283,0 ming gektar yer
ajratildi. 2019 yilda respublikada paxta-to‘qimachilik klasterlari soni 61 taga
ko‘paydi va paxta tolasini qayta ishlash darajasi 51 foizga, 2020 yilda esa 78 foizga
etkazildi.
To‘qimachilik sanoatida klaster tashabbuskorlari uchun quyidagi shart-
sharoitlar yaratib berildi:
– g‘o‘zaning seleksiya navlarini mustaqil ravishda joylashtirish huquqi;
– fermer xo‘jaliklari uchun nazarda tutilgan shartlar asosida qishloq
xo‘jaligi texnikasi, mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash va boshqa materiallarni
xarid qilish tartiblarini tatbiq etish;
– import qilinadigan texnika, mineral o‘g‘itlar va boshqa materiallarga
bojxona va soliq imtiyozlari qo‘llanilishi;
– paxtadan olingan chigitni qaytarish asosida yog‘-moy korxonalariga,
yog‘-moy mahsulotini keyinchalik birja savdolari orqali realizatsiya qilish huquqi;
– qo‘shimcha mahsulotlarni mahalliy iste’molchilarga birja savdolari yoki
to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish huquqi;
– jamg‘armadan yiliga 3 foizdan ortiq bo‘lmagan foiz stavkasi bo‘yicha
paxta xom ashyosi sotadigan fermer xo‘jaliklarini moliyalashtirish uchun
mablag‘lar ajratilishi;
– hududida joylashgan paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash
punktlarining bino hamda inshootlarni 5 yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan
baholash qiymatida sotib olish imkoniyati yaratildi.


126
Ma’lumki, sanoat tarmoqlarini klasterlash strategiyasini amalga oshirish
innovatsion marketing yondashuvi sifatida korxonalarning samarali integratsion
o‘sishiga imkon beruvchi asosiy yo‘nalish hisoblanadi. Keyingi yillar davomida bu
boradagi tadqiqotlar olib borish kengaymoqda va klasterlarni shakllantirish,
ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’sirini aniqlashga qaratilgan bir qator
yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlaramalga oshirilmoqda.
Klasterlarni tashkil etishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish murakkab
jarayon bo‘lib, unga ko‘p xarajat talab etiladi. Klasterlash natijalari uning tarkibida
faoliyat yurituvchi korxonalarning o‘zaro integratsiyasi asosida hamda joriy etilgan
innovatsion xizmatlardan umumiy foydalanilishi to‘qimachilik sanoatida ishlab
chiqarish va mahsulotlar sotilishining rivojlanishiga, eksport imkoniyatlarini
kengayishiga, innovatsion faoliyatning rivojlanishiga, umuman olganda sinergiya
samarasiga erishiladi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan klasterning sinergiya samarasi uning tarkibiga
kiruvchi ikki va undan ortiq korxonalar hamda ularga innovatsion xizmat
ko‘rsatuvchilarning o‘zaro munosabatlari natijasida olinadigan qo‘shimcha
samaradir. Boshqacha aytganda, klasterda faoliyat yurituvchi korxonalarning
umumiy harakatlar natijasidan olingan samara har bir korxonaning alohida olingan
iqtisodiy samarasi yig‘indisidan yuqori bo‘ladi.
Ilmiy adabiyotlarda sinergiyaning turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular
quyidagilar:
– savdo sinergiyasi– turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning
ma’lum sotish tarmog‘idan foydalanishi, sotishning markazlashtirilgan tizimini
shakllantirishi, umumiy omborlarni tashkil etishi natijasida sotish xarajatlarini
qisqarishi natijalaridan olinadigan samaradir;
– operativ sinergiya – ishlab chiqarish korxonalarida asosiy va aylanma
mablag‘lardan, ishchi kuchidan maqsadli va hamkorlikda foydalanish natijalaridan
olinadigan qo‘shimcha samaradir;
– investitsiya sinergiyasi – ishlab chiqarish quvvatlaridan hamkorlikda
foydalanish, umumiy resurs zahiralarini shakllantirish, boshqaruv va ilmiy
ishlanmalarga yo‘naltirilgan maqsadlardan hamkorlikda foydalanish natijasidan
olinadigan qo‘shimcha samaradir;
– menejment sinergiyasi – yangi mahsulotlarni yaratish, yangi sanoat
tarmoqlariga kirib borish bo‘yicha boshqaruv jarayonlarini maqsadli tashkil
etishdan olinadigan qo‘shimcha samaradir;
– funksional sinergiya – korxonalarning ishlab chiqarish zanjiridagi o‘zaro
integratsiyasi asosida yuzaga keluvchi sinergiya samarasini o‘zida ifodalaydi, ya’ni
ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish maqsadlarida korxonalarning yagona


127
mahsulot ishlab chiqarish uchun integratsiyasi asosida xarajatlar qisqaradi va
sinergiya samarasi kuzatiladi.
– moliyaviy sinergiya – moliyaviy manbalardan foydalanish, o‘zaro
hamkorlikda moliyaviy imkoniyatlarini oshirish orqali moliyaviy ko‘mak olish,
soliq imtiyozlari va maqsadli kreditlarni olish natijalaridan olinadigan qo‘shimcha
samaradir;
– axborot sinergiyasi – korxonalarning ma’lum bozor axborotlarini o‘zaro
hamkorlikda o‘zlashtirish natijalaridan olinadigan qo‘shimcha samaradir.
Umuman olganda, sinergiya samarasi – klasterda faoliyat yurituvchilarning
samarali integratsiyasi natijalaridan olinadigan bilvosita samarasini ifodalaydi,
ya’ni umumiy boshqaruv, tadqiqot va qayta ishlash, marketing va operatsion
faoliyat bo‘yicha samarali integratsiya natijasining samarasidir.
To‘qimachilik korxonalarida mahsulot, texnologiya va marketing
innovatsiyalarini shakllantirish uchun ularga moliyaviy manbalar, malakali ishchi
kuchi hamda yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyalar kerak va ularni
kichik korxonalarda barchasini jamlash imkoniyatlari mavjud emas. O‘z navbatida,
yakuniy mahsulot tayyorlash uchun korxonalarning klasterda birlashishi esa keltirib
o‘tilgan
imkoniyatlarni ta’minlaydi va klasterda
ishtirokchi korxonalarga
innovatsiyalarni yoyilib ketishi orqali sinergiya samarasi kuzatiladi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling