Янги китоб


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Uzlukli potok
Tezlashtirilgan
uzlukli potok
Hisoblangan ritmli uzlukli
potok


116
ular uzlukli va uzluksiz bo’lishi mumkin. Ko’p predmetli chiziqlarda bir qancha
turli xildagi, lekin texnologik jihatdan o’xshash mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ish
joylari qisman universal va qisman ixtisoslashgan bo’ladi.
Ko’p predmetli potok turlari:
1. Guruhli potoklar. Bunday potoklarga bir vaqtning ichida bir qancha turli
buyumlar ishlab chiqariladigan potoklar kiradi.
2. O’zgaruvchan potoklar. Bunday potoklarda bir mahsulot partiyasi ishlab
chiqariladi, keyin boshqa mahsulot partiyasi ishlab chiqariladi.
8.4.Potokni tashkil qilish va hisoblash.
Potok ishlab chiqarish samaradorligi.
Potokni tashkil qilish va hisoblash uchun birlamchi ma’lumot bo’lib,
ma’lum davrda assortiment buyicha korxona, sex yoki uchastka ishlab chiqarish
dasturi xizmat qiladi, bundan tashqari ish rejimi, mahsulotning ishlab chiqarish
texnologik chizmasi, jihozlarning xarakteristikasi, vaqt normalari va boshqalar
qo’llaniladi. Potokni hisoblash quyidagi bosqichlarda olib boriladi.
1. Ishlab chiqarish jarayonini alohida qismlarga bo’lish: bosqich, jarayon va
operatsiyalarni aniqlash.
2. Texnologik o’xshashligi jihatidan ayrim mahsulot turlarini va tarkibiy
qismlarni guruhlashtirish. Avval guruhga ajralgan operatsiyalar soni bo’yicha bir
xil, lekin turli ish rejimiga ega bo’lgan mahsulotlar to’plami, so’ng turli texnologik
operatsiyalar soniga ega bo’lgan o’xshash mahsulotlar to’planadi. Har xil guruhda
bosh buyum ajratiladi va hisoblar tahlili aniq mahsulotga asoslanib olib boriladi.
Bu mahsulot ko’proq rivojlangan texnologik chizma talab etishi mumkin
yoki boshqalardan ko’p mehnat talab etishi bilan farq qiladi.
3. Potok operatsiyalari va potok chizig’i ishlab chiqarish topshirig’i va
ritmlarini aniqlash. Potok ishlab chiqarishni tashkil qilish bo’yicha qilingan
hisoblarni mehnat predmetlariga ishlov berish davomiyligi va ritmdan foydalanib
yoki mashinalar unumdorligi va ishlab chiqarish topshiriqlaridan foydalanib amalga
oshirish mumkin.
4. Potok operatsiyalari bo’yicha mashinalar sonini aniqlash. U quyidagi
formula orqali aniqlanadi:
.
.i
t
N
Z
К

;
bu yerda: – mashinalar ishlab chiqarish topshirig’i;
N
t.i.
– mashinalar texnik-iqtisodiy unumdorlik normasi.
5. Mashina ishi ritmini va ishlab chiqarish topshirig’ini aniqlash. Ish joyi
ishlab chiqarish topshirig’i operatsiyalar bo’yicha topshiriqni ularning soniga


117
bo’lish orqali aniqlanadi. Ritm esa shu operatsiya ritmini mashinalar soniga
ko’paytirish orqali aniqlanadi.
6. Potokni sinxronlashtirish ishlab chiqarish topshirig’i bilan mashina
unumdorligini yoki ishlov berish davomiyligi va ritmi kelishuvi bilan bog’liq
Ularni taqqoslaganda tengsizlik namoyon bo’ladigan ish joylari aniqlanib ularni
bartaraf etish yo’llari aniqlanadi.
7. Potok chizig’ini rejalashtirish va xizmat qiluvchi personal sonini
aniqlash, ya’ni ishchilar sonini aniqlash.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling