Янги китоб


 Avtomatlashtirilgan potok chiziqlari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

8.5. Avtomatlashtirilgan potok chiziqlari,
sexlari va korxonalari.
Potok ishlab chiqarish avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishga o’tish uchun
asos hisoblanadi va unda ishchining asosiy vazifasi dastgohlarni tayyorlash va
avtomatlarning uzluksiz ishlashini kuzatishdan iborat.
Avtomatlashtirilgan potok chiziqlari oddiy va kompleks bo’lishi mumkin.
Oddiy avtomatlashtirilgan potok chiziqlari
kam sonli texnologik
operatsiyalar uchun mo’ljallangan (masalan vino va pivo mahsulotlarini ishlab
chiqarishdagi quyish potok chiziqlari).
Kompleks avtomatlashtirilgan potok chiziqlari esa texnologik jarayonning
barchasini qamrab olgan.
Avtomatlashtirilgan potok chiziqlari ikki guruhga bo’linadi:
1
.Sinxronli avtomatlashtirilgan potok chiziqlari bir-biri bilan transport
vositalari orqali bog’langan avtomatlardan tashkil topgan. Qaysidir avtomat to’xtab
qolsa, butun potok chizig’i to’la to’xtab qoladi.
2. Nosinxronli avtomatlashtirilgan potok chiziqlari har bir alohida ishlovchi
avtomatlardan tashkil topgan. Qaysidir avtomat to’xtab qolsa, qolganlari mavjud
mehnat predmetlari tugaguncha ishlab turishi mumkin.
Avtomatlashtirish korxonada ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish
xarakterini tubdan o’zgartiradi, ishlovchilarning mehnatga bo’lgan munosabati
o’zgaradi.
Shu bilan birgalikda, ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirishni amalga
oshirish uchun bir qator talablar bajarilishi zarur. Birinchi navbatda bunday
talablarga texnologik jarayonning mexanizatsiyalashtirish darajasi kiradi. Masalan,
un va non mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda unni tashishda
pnevmotransportdan foydalanish ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish
uchun muhim asos hisoblanadi.
Avtomatlashtirishni joriy qilishning keyingi muhim shartlaridan biri – ishlab
chiqarish texnologik jarayon va chizmalarining mos holda tayyorgarligidir.
Texnologik jarayonlarning asosiy ikki turi mavjud: uzluksiz va davriy.
Uzluksiz jarayon ishlab chiqarish xom-ashyo va asosiy materiallarning
uzluksiz kelib turishi va tayyor mahsulotni uzluksiz ishlab chiqarish bilan
xarakterlanadi. Uzluksiz texnologik jarayonni avtomatlashtirish ishlab chiqarish


121
oqimining
har bir bosqichida ma’lum ko’rsatkichlarning bir tekisligini
avtomalashtirishga, bundan tashqari mashina va mexanizmlarni avtomatik
boshqarishga olib keladi.
Davriy texnologik jarayonlarda ma’lum bir uchastkadagi operatsiyalar
avtomatlashtirilgan.
Texnologik jarayonlarni tashkil etish va ularni avtomatlashtirish ishlab
chiqarilayotgan 
mahsulotlarning 
assortimentiga
ham 
bevosita 
bog’lik.
Ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishda, ya’ni bir turdagi mahsulotni chegaralangan
assortimentda ishlab chiqaruvchi korxonalarda bir turdagi mahsulotdan boshqa
turdagi mahsulotni ishlab chiqarishga o’tish soni kamayadi va bu esa ishlab
chiqarishni avtomatlashtirish imkoniyatlarini ko’paytiradi.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda ishlab chiqarishning texnologik
tayyorgarligiga, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarga talab kuchayadi. Ishlab
chiqarishni xom-ashyo va materiallar bilan ta’minlash uzluksiz bo’lishi kerak.
Korxonadagi remont xo’jaligi o’z vaqtida profilaktika ishlarini olib borishi va
avtomatlarning to’xtovsiz ishlashini ta’minlash lozim. Avtomatlarni ta’mirlovchi,
xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarish xodimlarining ma’suliyati oshadi.
Oxirgi 
yillarda 
respublikamizda 
oziq-ovqat 
sanoati 
korxonalariga
avtomatlashtirilgan potok chiziqlarini joriy qilish keng ko’lamda olib borilmoqda.
Masalan, hozirgi davrda mineral suv, sigareta, ayrim sut va qandolat mahsulotlari
ishlab chiqarish to’la avtomatlashtirilgan.
Avtomatlashtirilgan potok chiziqlarini joriy qilish mehnat unumdorligini
oshiradi, ishchilarning mehnatini engillashtiradi, ishlab chiqarish madaniyatini
oshiradi va mahsulot tannarxini kamaytiradi.
Nazorat savollari:
1.Ishlab chiqarish turlarini tavsiflab bering.
2.Ishlab chiqarishni tashkil qilish qanday metodlarini bilasiz?
3.Ommaviy ishlab chiqarish seriyali ishlab chiqarishdan qanday farq qiladi?
4.Ishlab chiqarishni tashkil qilish metodini tanlashda ta’sir qiluvchi
omillarni ayting.
5.Ishlab chiqarishni potok usulda tashkil qilishning mohiyati nimadan
iborat?
6.Bosh-yetakchi mashinaning potok ishlab chiqarishdagi o’rni qanday?
7.Oddiy, murakkab, yordamchi potok chiziqlarini qanday tushunasiz?
8.Ishlab chiqarish potokining asosiy elementlarini nimalar tashkil qiladi?


122
9.Mehnat predmetlariga ishlov berish davomiyligi nimani xarakterlaydi?
10Mashinalar unumdorligi va potok ishlab chiqarishi tushunchalari qanday
farqlanadi?
11.Potok chiziqlari qanday belgilariga qarab guruhlanadi?
12.Uzluksiz potok nima uchun ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy
metodi hisoblanadi?
13.Potok uzluksizligini tahlil qilishda foydalaniladigan qanday
koeffitsientlarni bilasiz?
14.Uzlukli potok uchun nimalar xarakterli?
15.Jonli mehnat iqtisodi qanday aniqlanadi?
16.Nima uchun jonli mehnat sarflari hisoblaniladi?
17.Potok ishlab chiqarish samaradorligi nimalar asosida aniqlanadi?
18.Avtomatlashtirilgan potok chiziqlariqanday guruhlarga bo’linadi?

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling