Янги китоб
partiyali yoki aralash ishlov berish potok chiziqlariga bo’linadi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzlukli va uzluksiz potok.
partiyali yoki aralash ishlov berish potok chiziqlariga bo’linadi. 7. Uzluksizligi jihatidan potoklar uzlukli va uzluksiz potoklarga bo’linadi. Uzlukli potok potoklarga tegishli barcha belgilarga ega bo’lsada, ammo ish joylarining unumdorliklari orasida muvofiqlik mavjud bo’lmaydi, har bir ish joylari ritmi bilan berilgan potok ritmi orasida katta farq bor. Ish joylarining va dastgohlarning ishlashi bir tekisda emas va bir qator ish joylarida ishchilarning va dastgohlarning bekor turishiga sabab bo’ladi. Shu bilan birgalikda uzlukli potok ishlab chiqarishning potoksiz shakliga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Ushbu afzalliklar shundan iboratki, ya’ni, birin ketin ishlab chiqarilayotgan ikki tayyor mahsulot (partiya) orasidagi vaqt keskin qiskaradi. Uzluksiz ishlab chiqarish potoki – potokli ishlab chiqarishni tashkil etishning eng takomillashgan shaklidir. U potokning hamma ko’rsatkichlariga mos keladi va unda hamma ish joylarining unumdorligi bir-biriga mos keladi. Ish joylarining ritmi bir-biri bilan va potok ritmi bilan teng. Mehnat predmetlari bir ish joyidan keyingisiga to’xtovsiz uzatiladi. 8. Ixtisoslashtirish darajasi bo’yicha potok chiziqlari: bir predmetli va ko’p predmetli potok chiziqlariga bo’linadi. Bir predmetli potok chiziqlarida bir turdagi bir xil mahsulot ishlab chiqariladi, ko’p predmetli potok chiziqlarida har xil lekin texnologik jihatdan o’xshash ko’p turdagi mahsulotlar ishlab chiqiladi. 9. Potok chiziqlarida jihozlarni joylashtirish shakliga qarab to’g’ri chiziqli potok chiziqlari, yopiq potok chiziqlar, to’rtburchak shaklli potok chiziqlari, П- shaklli va Г-shaklli potok chiziqlariga bo’linadi. Uzlukli va uzluksiz potok. Uzluksiz potok alohida ish joylarining va mashinalarning vaqt bo’yicha ishining muvofiqlashtirilishi, operatsiyalarning sinxronligi, jihozlar va ishchilar ishining uzluksizligi, ish joylarida mehnat predmetining to’xtovsiz harakati, ishlab chiqarishning bir me’yorda bo’lishi bilan xarakterlanadi. 113 Uzluksiz potok mashinalari va ishchilari to’la yuklangan maksimal unumdorlikdan foydalanishadi va tanaffussiz ishlashadi. Uzluksiz potok uchun quyidagi nisbatlar xarakterli. Mashina ishi ritmi bilan mehnat predmetlariga ishlov berish davomiyligining tengligi: r = t i.b. Ishlov berish davomiyligi va operatsiyalar ritmining tengligi: t i.b. = S r S - operatsiyalarda band bo’lgan mashinalar soni. 3. Har bir operatsiyada mehnat predmetlariga ishlov berish o’rtacha davomiyligining potok bosh mashinalarida bajariladigan operatsiyalarga ishlov berish o’rtacha davomiyligi tengligi. Ishlab chiqarish ritmi ishlab chiqarish topshirig’iga, ya’ni r= Z va t=P ga teng bo’lganligi sababli yuqoridagi nisbatlar quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi. 1. Alohida mashina ishlab chiqarish topshirig’ining uning unumdorligiga tengligi: Z i = P i ; 2. Har bir operatsiya bo’yicha alohida mashina, unumdorligining shu operatsiya bo’yicha ishlab chiqarish topshirig’iga tengligi: P i.j. S = Z; 3. Bir birlikka keltirilgan har bir operatsiyalar bo’yicha mashinalar unumdorligining bosh mashina unumdorligiga tengligi. Bu nisbatlarning to’la bajarilishi faqat ideal tashkil qilingan potoklarda namoyon bo’lishi mumkin. Haqiqatda esa potok uzlukcizligini tahlil qilishda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin. 1. Potok mashinalari unumdorligining umumiy muvofiqlik koeffitsienti. U quyidagi formula orqali aniqlanadi: m N К m i op i о 1 ; bu yerda: m i op i 1 – hamma operatsiyalar bo’yicha bir birlikka keltirilgan mashinalar unumdorligining yig’indisi; N – ishlab chiqarish dasturi; m – operatsiyalar soni. 2. Potok operatsiyalari bo’yicha mashinalar unumdorligi muvofiqlik koeffitsienti. U mashina unumdorligining ishlab chiqarish topshirig’iga bo’lgan nisbati yoki operatsiyalar bo’yicha bir birlikka keltirilgan mashinalar 114 unumdorligining yig’indisining potok ishlab chiqarishga bo’lgan nisbati sifatida aniqlanadi: p i i В U К ; yoki j i j i Z U К . . . ; bu yerda: B p - potok ishlab chiqarishi. 3. Qo’shni (aralash) operatsiyalar bo’yicha mashinalar unumdorligining muvofiqlik koeffitsienti. U keyingi operatsiyadagi mashinaning keltirilgan unumdorligini oldingi operatsiyadagi mashina unumdorligiga bo’lgan nisbati orqali aniqlanadi: 1 i i а i U U K ; bu yerda: U i-1 – oldingi mashina unumdorligi; U i – keyingi mashina unumdorligi. 4. Har bir operatsiya bo’yicha mashinalar unumdorligining bosh mashina unumdorligi bilan muvofiqlik koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi: b op i b o U U К ; bu yerda: U b - bosh mashina unumdorligi Agar bu koeffitsientlar miqdoridagi farqlar 3-5% dan ko’p bo’lsa, potoklar uzluksiz hisoblanadi. 5. Parallellik koeffitsienti. U hamma operatsiyalarda ishni bajarish vaqtini ayrim operatsiyalarda mehnat buyumlarining to’xtab qolish vaqtlarini qo’shib operatsiyalar vaqtlariga bo’lish bilan aniqlanadi. 6. Potokning umumiy uzluksizligini aniqlash uchun uning uzluksizlik koeffitsienti aniqlanadi. Uzlukli potok Uzlukli potok ishlab chiqarishning hamma asosiy belgilariga javob beradi. Lekin mashinalar o’rtasida muvofiqlashtirish bo’lmasligi va operatsiyalarga ishlov berish davomiyligi bilan ritm o’rtasida farq bo’lishi mumkin. Shuning uchun uzlukli potokda operatsiyalar oralig’ida mehnat predmetlarining to’planib qolishi jihozlarning to’xtashi va ularning to’la yuklanmasligi mumkin. Ammo hech bo’lmaganda bitta mashina to’xtovsiz ishlab to’la unumdorlikda ishlaydi, bu bosh mashina. Bu potok ishlab chiqarish turi uchun quyidagilar taalluqli: 1. Bir qism mashinalar uchun mashinalar ritmi va mehnat predmetlariga ishlov berish davomiyligining tengsizligi. r i t i ob 115 2. Operatsiyalarning bir qismi uchun mehnat predmetlariga ishlov berish davomiyligi va operatsiyalar ritmi tengsizligi hamda shu operatsiya ishlab chiqarish topshirig’i va mashina unumdorligi tengsizligi. p i p i U Z 3. Operatsiyalar bir qismi uchun bir-birlikka keltirilgan mehnat predmetlariga ishlov berish davomiyligi va ritmi tengsizligi hamda bir-birlikka keltirilgan mashinalar unumdorligi yig’indisining tengsizligi. 0 i i оb i R S t Uzlukli potok ikki xil tashkil qilinishi mumkin: 11-chizma. Uzlukli potok turlari 1. Hisoblangan ritmli uzlukli potok. Bunda har bir mashina taxminan hisoblangan ritmga teng o’z ritmiga mos holda ishlaydi. Ishlov berish davomiyligi ritmdan kichik bo’lsa operatsiyalar, ishlov berish tugallangandan keyin mashina to’xtatiladi, mehnat predmetlari to’planadi. To’xtash vaqti hisoblangan ritm va ishlov berish davomiyligi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Bunday potokda to’xtashlar ko’p, lekin uzoq bo’lmagan bo’ladi va to’planishlar ko’p bo’ladi. 2. Tezlashtirilgan ish ritmli uzlukli potok. Bunday potokda har bir mashina ma’lum hisoblangan vaqt davomida, ya’ni tezlashtirilgan ritmda to’xtovsiz ishlaydi, so’ng uzoq muddatli tanaffus bo’ladi. Bunda jihozlar, ish joylari to’xtaydi, ishchilar esa boshqa operatsiyalarga jalb qilinadi, so’ng yana jarayon takrorlanadi. Bunda to’planishlar katta bo’ladi. Bunday potok uslubi jihozlar to’xtashi vaqtini kamaytirmaydi, lekin ko’p stanokli xizmat qilish uslubini qo’llashga imkon beradi. Buning yana bir kamchiligi katta to’planishga ishlab chiqarish maydoni zarur. Bir predmetli potoklar ommaviy ishlab chiqarishga taalluqli. Lekin seriyali ishlab chiqarishni alohida uchastkalarida qo’llanishi mumkin. Har bir bunday chiziqqa faqat bir mahsulot ishlab chiqarish yoki faqat bir xom ashyoga ishlov berish biriktirib qo’yiladi. Ish joylari faqat operatsiyani bajarishga ixtisoslashgan, Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling