Янги китоб


Har xil mezon va ko‘rsatkichlar bo‘yicha korxona turlari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

2.3.Har xil mezon va ko‘rsatkichlar bo‘yicha korxona turlari.
Korxona ishlab chiqarish-texnikaviy, iqtisodiy, tashkiliy birligi.
Korxonalar faoliyati juda murakkab va qirrali bo’lgani sababli bu faoliyatni
tartibga solib turuvchi qonun va qoidalar bo’lishi kerak. Shu sababli har bir
davlatning, jamiyatning sub’yektlari to’g’risida ma’lum qonun va qoidalar ishlab
chiqiladi va ular Oliy Kengashda muhokama etilib, tasdiqlanadi. Mana shunday
qonunlardan biri O’zbekiston Respublikasida korxonalar to’g’risidagi qonunidir.

korxonalar 
faoliyatini 
tartibga 
solib 
turuvchi 
qonunlardandir.
«O‘zbekiston 
Respublikasidagi 
korxonalar 
to‘g‘risida»gi 
O‘zbekiston
Respublikasining 1991 yil 15 fevraldagi qonuni hamda 1993 yil 7 may; 1994 yil 23
sentyabr; 1995 yil 31 avgust; 1996 yil 27 dekabr; 1997 yil 25 aprel; 1997 yil 30
avgust; 1998 yil 1 may; 1998 yil 29 avgustdagi qonunlariga binoan kiritilgan
o‘zgarish va qo‘shimchalarda mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni


33
barpo etish, ularning faoliyatini qayta tashkil etish va tugatishning umumiy va
huquqiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy asoslari belgilab berilgan.
Bu qonun Muqaddima, 8 bo’lim va 40 moddadan iborat.
Qonunning Muqaddimasida quyidagilar bayon etilgan: «Ushbu qonun
mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etishning, ular
faoliyatining, ularni qayta tashkil etish va tugatishning umumiy, huquqiy, iqtisodiy
va ijtimoiy asoslarini belgilab beradi».
Qonun
foyda olishni ko’zlab ish olib boradigan korxonalarning
mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan bo’lib, ularning huquqlari va masuliyatini
belgilaydi, boshqa korxonalar va tashkilotlar, davlat hokimiyati va boshqaruv
idoralari bilan munosobatlarini tartibga solib turadi.
Qonunning birinchi bo’limida «Umumiy qoidalar» xususida fikr yuritiladi.
Jumladan, korxona va uning vazifalari, korxonaning turlari, korxona to’g’risidagi
qonunlarga tegishli masalalar yoritib berilgan.
Ikkinchi bo’limda korxonani barpo etish va uni ro’yxatdan o’tkazish tartibi
belgilab berilgan. Unda korxona mol-mulk egasi yoki u vakil qilgan idora, korxona,
tashkilot qaroriga yoki mehnat jamoasining qaroriga muvofiq bo’lmasa, ta’sis
etuvchilar guruhi va ayrim ta’sis etuvchi shaxslar qarori bilan ushbu qonunda
hamda O’zbekiston Respublikasining boshqa qonuniy hujjatlarida ko’zda tutilgan
tartibda barpo etilishi mumkin.
Demak, bu qonun va shunga o’xshash boshqa qonun korxonalarni,
tashkilotlarni samarali faoliyat ko’rsatishlariga, ularning huquqini, mas’uliyatini
aniqlashga, boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarini tartibga solishga,
mustaqilligini saqlashga qaratilgan. Qonunlarni qo’llash hayotiy muhim intizom.
Sanoat korxonasi ijtimoiy ishlab chiqarishning alohida qismi bo‘lib, ishlab
chiqarish munosabatlari va ishlab chiqarish vositalariga ega bo‘lganligiga
asoslanadi. Sanoat korxonasi texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va tashkiliy-
ma’muriy xususiyatlarning birligi bilan tavsiflanadi. Texnik-ishlab chiqarishning
birligi shu bilan tavsiflanadiki, korxonada mahsulot ishlab chiqarish uchun kerakli
vositalar mavjud. Demak, korxonaning barcha uchastkalari va bo‘limlarining
maqsadi ham bir. Iqtisodiy va tashkiliy, ma’muriy birlik esa korxonani yagona
alohida xo‘jalik sifatida tavsiflaydi.
Ishlab chiqarish korxonasini xarakterlovchi asosiy belgilari uni tashkil
etuvchi tarkibiy qismlarning, ishlab chiqarishning texnikaviy birligi va korxonaning
iqtisodiy birligidir. Korxonaning ishlab chiqarish texnikaviy birligi deb, uning
barcha tarkibiy qismlarining bir-biri bilan ishlab chiqarish jarayonlarida ma’lum
ketma-ketlikda bajarilishiga ko‘ra bog‘langanligi va bir-birini o‘zaro ta’minlashiga
aytiladi. Har bir korxona bir qator tarkibiy qismlar (sex, uchastka)dan iborat. Har
bir qism (sex, uchastka) xom ashyoni tayyor mahsulotga aylantirish jarayonining


34
ma’lum vazifalarini bajaradi. Ularning maqsadi ishlab chiqarish dasturini sifatli
bajarishga qaratilgandir. Korxonaning iqtisodiy birligi deganda, uni tashkil qiluvchi
barcha tarkibiy qismlari korxonaning markazlashgan omboridan sexlarga reja
asosida materiallar yetkazib berishni ta’minlashi tushuniladi
Korxonalar mulk shakliga ko‘ra, hajmiga ko‘ra, ish vaqtiga ko‘ra, ishlab
chiqarish mazmuniga ko‘ra, texnologik jarayon tavsifiga ko‘ra bir necha turlarga
bo‘linadi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling