Янги китоб


- chizma. Asosiy ishlab chiqarishni sexlar orqali sistemali


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

2- chizma. Asosiy ishlab chiqarishni sexlar orqali sistemali
tasvirlash.


29
Boshqarish faqatgina jamoalarda ta’sir qilibgina qolmay balki turli forma va
turli metoddagi ishlab chiqarish jarayoniga ham ta’sir qiladi.
Bu ta’sir ishlab chiqarish jarayoniga kishilar orasida paydo bo‘lib,
ularnissexlarga, uchastkalarga, potok chiziqlariga brigadalarga va ish joylariga
bog‘laydi. Ishlab chiqarishni boshqarish bevosita ishlarni tashkil qilish,
rejalashtirish, qarorlarni bajarishni nazorat qilishda namoyon bo‘ladi.
2.2.Korxona ustavi va uning tarkibi.Korxona mulkini
tashkil etuvchilar
Korxona mustaqil faoliyat yuritib o‘zining alohida balansi, bankdagi hisob –
kitob raqami, huquqiy shaxs huquqiga va boshqalarga ega.
Korxona mol-mulk egasi yoki vakil qilgan idora, korxona qaroriga
muvofiq tashkil etilishi mumkin.
Korxona barpo etish va uning faoliyati uchun
yer uchastkasi, boshqa
tabiat resurslari talab qilinsa, u hokimiyat idorasi tomonidan beriladigan
ruxsatnoma yordamida olinadi. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan
boshlab barpo etilgan deb hisoblanadi.
Korxona xususiy shaxs huquqiga ega bo‘lgan sho‘ba korxonalar,
filiallar, vakolatxona bo‘limlar, joriy hisob kitob raqamlari ochish huqu
q
iga
ega bo‘lgan boshqa bo‘linmalar tuzish huquqiga ega.
Korxona har bir faoliyat yuritish turi uchun litsenziya oladi. Korxona
ta’sis etuvchilar tomonidan tasdiqlangan ustav asosida ish olib boradi.
Ustavda quyidagilar qayd qilinishi shart: korxonaning nomi, manzilgohi,
faoliyat turi va maqsadi, boshqaruv va nazorat organi, uning vakolati, mol-
mulkni tashkil etish va foydani taqsimlash tartibi, korxona huquqlari, burchlari,
majburiyatlari va vazifalari.
Korxonaning ishlab chiqarish texnikaviy pasportida quyidagilar bayon
qilinadi:
korxona haqidagi umumiy ma’lumotlar (joylashgan o’rni, aloqa yo’llari,
tashkil topgan yili va faoliyat turi, ishlab chiqarish quvvati); korxona
Korxona haqidagi umumiy ma’lumotlar (joylashgan o’rni, aloqa
yo’llari, tashkil topgan yili va faoliyat turi, ishlab chiqarish quvvati);
korxona moddiy – texnika bazasining asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha
ma’lumotlar (maydoni, sanoat ishlab chiqarish xodimlari soni, asosiy
vositalarning natural miqdori); korxona energetikasi va santexnikasi
haqidagi ma’lumotlar (kislorod, suv, havo, gaz, yoqilg’i va h.k. ta’minoti);
korxona tarkibi haqidagi ma’lumotlar (korxonaning barcha sexlari va
xo’jaliklari, binolari va maydonlari, har bir sexdagi o’rnatilgan uskunalar
va shu sexlardagi xodimlar soni); madaniy – maishiy binolar haqidagi
ma’lumotlar.


30
Shuningdek, joyning chizmatik rejasi, korxonaning bosh rejasi, issiqlik va
energiya ta’minotlari chizmasi, sexlar joylashgan binolarning chizmatik rejalari
va qirqimlari, sexlarda uskunalarning joylashish rejasi va korxona asosiy
vositalarining rasm albomi pasportga ilova qilinadi.
Korxonaning mulkini asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar, shuningdek
korxona balansida bo‘lgan boshqa boyliklar va qiymatlar tashkil etadi. Korxona
mulkini tashkil etish manbalari quyidagilardir:
1. Ta’sis etuvchilarning pul va moddiy badallari.
2. Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan va boshqa turdagi faoliyatdan olingan
daromadlar
3. Qimmatli qog‘ozlardan jlingan daromadlar.
4. Kreditlar (banklar va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar).
5. Byudjetdan olinuvchi mablag’lar (dotatsiya), kapital qo`yilmalar
6. Korxona, tashkilot va fuqarolarning beg’araz va xayriya badallari,
shuningdek, almashish, meros va sovg’a tariqasida olinuvchi mulk.
7. Boshqa manbalar (qonunga xilof bo‘lmagan).
Korxona
o‘z
ustaviga
muvofiq
boshqariladi.
Korxona
boshqaruv
strukturasi, shakli va uslublarini mustaqil aniqlaydi va shtatlar belgilaydi.
Mulkdor yoki vakili korxonani bevosita yoki o‘zi vakolat bergan idoralar orqali
boshqaradi. Korxona rahbarini yoqlash yoki bo‘shatish korxona mulki egasining
huquqi bo‘lib, bu huquqni ular bevosita yoxud boshqa idora yoki shaxs orqali
amalga oshiradi.
Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil ta`sis
hujjatlari belgilab berilgan:1)Korxona nizomi-ustavi; 2)Ta`sis shartnomasi.
Amaliyotda korxona faqat nizom yoki faqat ta`sis shartnomasi asosida,
shuningdek, bir vaqtning o`zida nizom va ta`sis shartnomasiga asosan faoliyat
yuritish hollari mavjud.
Shuni qayd qilib o`tish kerakki, korxonaning (huquqiy shaxsning) ta`sis
shartnomasi kelishuv asosida tuziladi, nizom esa ta`sischi (ta`sischilar) tomonidan
tasdiqlanadi. Bitta ta`sischi tomonidan tuzilgan huquqiy shaxs shu ta`sischi
tomonidan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat yuritadi.
Korxona nizomi asosiy ta`sis hujjati bo`lib, unda korxonaning tashkiliy-
huquqiy shakli, nomi va manzilgohi, nizom jamg’armasining miqdori,
daromadlarining tarkibi va taqsimlanish tartibi hamda korxona fondlarini tashkil
qilish tartibi, korxonani tugatish va qayta tashkil qilish tartibi ko`rsatilishi shart.
Boshqacha qilib aytganda, korxona nizomi uning huquqiy maqomini, huquq va
majburiyatlarini belgilab beradi.


31
Nizomda shuningdek, korxona faoliyat ko`rsatuvchi soha va tarmoq, atrof-
muhit va odamlar sog’lig’ini muhofaza qilish kafolati, boshqaruv shakli, hisobga
olish va hisobot tizimi ham aks ettirilishi lozim.
Korxona to`g’ri va to`liq tayyorlangan nizom asosida mahalliy hokimiyat
idoralarida ro`yxatga olinadi, keyin esa o`z muhriga ega bo`lish va bankda hisob
raqami ochish huquqini qo`lga kiritadi. O`z muhri va hisob raqamiga ega
bo`lmagan korxona, huquqiy shaxs hisoblanmaydi va mustaqil korxonalar qatoriga
kiritilmaydi.
Ta`sis hujjatlarini tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi faoliyat
yuritish jarayonidagi muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ta`sis hujjatlari
faoliyat yurituvchi korxonalarning huquq va majburiyatlarini hamda sharoitlarini
ifodalaydi.
Ta`sis shartnomasi korxonaning tashkil qilinishi va yakka tarzda yoki
hamkorlikdagi faoliyatning boshlanishini tavsiflovchi hujjatdir. U shuningdek,
tashkil etilayotgan korxonaning Nizomini to`ldiruvchi hujjat bo`lib hisoblanadi.
Ta`sis shartnomasida korxonani tashkil qilish tartibi, daromad va xarajatlarni
qatnashchilar o`rtasida taqsimlash shartlari, ishtirokchilarni (ta`sischilar) korxona
tarkibidan chiqish faoliyat tartibi belgilab qo`yiladi.
Korxona mulkini shakllantirish va undan foydalanish nizom va ta`sis
shartnomasining muhim qismi hisoblanadi.
Mulkdor korxonani boshqarish sohasidagi o‘z vakolatlarini kengashga
topshirganda, korxona kengashi tuziladi. Kengash, ustavda o‘zga hollar ko‘zda
tutilmagan holda mulkdor tayinlangan va shu korxonaning mehnat jamoasi
tomonidan saylanadigan vakillar soni bir xil bo‘lishi kerak.
Korxonaning turidan qat’iy nazar har bir xodimning daromadlari ish
natijasiga asosan belgilanadi, soliqlar solinadi va eng ko‘p miqdori cheklab
qo‘yilmaydi. Mehnatga haq to‘lashning shakllari, sistemalari va miqdorini
korxona mustaqil belgilaydi. U davlat ehtiyojlari uchun shartnoma asosida ish
bajaradi, mahsulot sotadi va xizmat ko‘rsatadi.
Korxona boshqa korxona, tashkilotlar va fuqarolar bilan o‘z xohishiga
ko‘ra shartnoma tuzish, nima haqda shartnoma tuzish, majburiyatlarni o‘z
zimmasiga olishda erkinlikka ega. Korxona o‘z mahsulotini o‘z xohishiga ko‘ra
sotadi va xizmatlar ko‘rsatadi, shu bilan birga u iste’molchilarning manfaatini
ko‘zlaydi. Korxona bozor talablariga asosan mahsulot sotishni va ishlab
chiqarishini ta’minlashni mustaqil amalga oshiradi.
Korxona o‘z mahsulotlari, ishlari, xizmatlari, ishlab chiqarish chiqitlarini
mustaqil yoki shartnoma asosida belgilangan narxlar asosida yoki tariflar asosida
sotadi.


32
Foyda, amortizatsiya ajratmalari, qimmatli qog‘ozlarni sotishdan tushgan
pul, badallar va tushumlar korxona moliyaviy resurslarini tashkil etadi.
Korxona tijorat shartnomasi asosida bank va boshqa korxona kreditlarini
oladi. Korxona pul mablag‘larini saqlash yoki operatsiyalarini amalga oshirish
uchun bankda hisob-kitob raqami ochishga haqli. Ish haqi va byudjetga to‘lovlar
birinchi navbatdagi to‘lovlardir.
Korxona qonunga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil ravishda
olib borishi mumkin. Olingan valyuta korxonaning valyuta balansiga kiradi,
undan korxona foydalanadi.
Davlat korxonalariga mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo‘jalik
yuritishning teng huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini ta’minlaydi. Davlat bozorini
rivojlanishiga ko‘maklashib, monopoliyaga qarshi tadbirlarni amalga oshiradi.
Korxona xo‘jalik oborotiga kiritayotgan buyumlar firma belgisi yoki buyumning
ramzini, buyumning boshqa bir belgisi asosida markirovka qilishi shart.
Korxona o‘z ishining operativ va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi,
statistika hisobi olib boradi.
Korxonaning moliyaviy xo‘jalik
faoliyati
mulkdorning tashabbusi bilan va bir yilda bir marta taftish qilinadi.
Korxonani tugatish mulkdor yoki vakolatli idoralar qaroriga binoan amalga
oshiriladi. Korxona, mulkdor yoki uning vakolatchisi tomonidan tuzilgan tugatish
komissiyasi tomonidan tugatiladi. Komissiya tugatishni amalga oshirayotgan bir
paytda, mahalliy rasmiy matbuotda uni tugatish va qarz berganlarning da’volarini
qabul qilish tartibi va muddati to‘g‘risida e’lon beradi. Barcha o‘rinli da’volar
qanoatlantirilishi shart. Korxona davlat reestri ro‘yxatidan chiqarib yuborilgan
paytdan boshlab tugatilgan hisoblanadi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling