Янги китоб


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Oziq-ovqat sanoati. Bu sanoat dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini
qayta ishlash negizida shakllangan. Uning korxonalari geografik joylashuvini qayta
ishlanadigan xom ashyo xususiyati belgilaydi. Xom ashyo tez buziluvchan va qayta
ishlanganda chiqindi ko'p chiqadigan hamda olis masofaga tashishga chidamsiz
bo'lgan holatlarda korxona xom ashyo yetishtiradigan joyda joylashtiriladi
(sabzavot, go'sht, konservalar, shakar ishlab chiqarish, meva sharbatlari
tayyorlash). Endilikda oziq-ovqat sanoati korxonalari yuksak mexanizatsiyalashgan
ishlab chiqarish tarmog'iga aylangan. O'tmishda faqat xom ashyoga, ya'ni qishloq
xo'jaligigagina bog'liq bo'lgan bu sanoat hozirda mashinasozlik, energetika va
kimyo tarmoqlari bilan chambarchas bog'langan. Demak, oziq-ovqat mahsulotlarini
ishlab chiqarishda xom ashyo xarajatidan tashqari turli mashina, mexanizmlari va
yoqilg'i xarajatlari hissasi tobora ortib bormoqda. Masalan, bug'doy oz mablag'
evaziga yetishtirilsa-da, un tortish va non tayyorlash jarayonidagi (mashina
mexanizmlarga, 
yoqilg'i-energetikaga) 
sarf-xarajatlar 
bois 
tayyor 
non
bahosi o'zgarmasligi, va hatto, qimmatlashishi mumkin.
Un va yorma sanoati korxonalarida bug'doy qayta ishlanadi. Bug'doyni
tashish un tashishdan birmuncha qulay. Ammo bug'doy yetishtiriladigan maydonlar
iste'molchilar yashaydigan joy bilan deyarli yonma-yon joylashgani tufayli
bug'doyni qayta ishlaydigan korxona (elevator)lar bug'doy yetishtirilayotgan joyda
ham, yirik shaharlarda ham uchraydi.
O'zbekiston o'simlik moyi ishlab chiqaruvchi yirik davlatlar sirasiga kiradi.
O'simlik moyi bizda asosan paxta tozalash korxonalarida ajratib olingan chigitdan


23
olinadi. Endi yog'-moy ishlab chiqaradigan korxonalarning geografik joylashuviga
e'tibor qarataylik. Bu korxonalarning barchasi avvalo xom ashyoga yaqin joyda,
qolaversa, aholi zich hududlarda joylashganini ko'ramiz.
Oziq-ovqat sanoatining yana bir muhim tarmog'i go'sht korxonalaridir.
Hozirda transportning tezligi va maxsus muzlatgichlar go'shtning sifatini buzmay
uzoq masofaga tashish imkonini bermoqda. Shuning uchun go'sht mahsuloti ko'p
iste'mol qilinadigan Toshkent, Andijon, Namangan, Farg'ona, Ohangaron kabi
shaharlarda yirik go'sht korxonalari ishlamoqda. Non ishlab chiqarish korxonalari,
makaron, qandolat
ishlab chiqarish korxonalari
yirik aholi manzillarida
joylashtiriladi.
Yaqin vaqtlargacha Samarqanddagi choy qadoqlash fabrikasi nafaqat
mamlakatimizda, balki butun O'rta Osiyoda shu turdagi yagona fabrika edi.
Endilikda choy Toshkentda ham qadoqlanmoqda. Ma'lumki, o'rta osiyoliklarning
asosiy qismi ko'k choy iste'mol qiladi. Shunga ko'ra, bu yerda qadoqlanayotgan
choyning 80 foizini ko'k choy tashkil etadi. Toshkent, Farg'ona, Samarqand va
Buxoroda mineral suv tayyorlab idishlarga quyadigan maxsus korxonalar bor.
Nazorat savollari:
1.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fanining predmeti
nimadan iborat?
2.
Fanning ob’yekti nima hisoblanadi?
3.
Fanning mazmunini ayting.
4.
Fanning vazifalarini ayting.
5.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fani iqtisodiy va
texnik fanlar bilan qanday o‘zaro bog‘langan?
6.
Paxta tozalash, to‘qimachilik,
yengil va oziq-ovqat sanoati
korxonalarining O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishida tutgan o‘rni qanday?.


24

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling