Янги китоб
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
Yengil sanoat - xilma-xil xom ashyodan keng isteʼmol mahsulotlari va
buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari majmui. Yengil sanoatda xom ashyoga ham dastlabki ishlov berish, ham tayyor mahsulot ishlab chiqarish amalga oshiriladi. Yengil sanoat da paxta, ipak, zig’ir, kanop, jut tolalari, hayvonlar terisi, juni, sunʼiy tolalar, sunʼiy charm xom ashyo sifatida foydalaniladi. Uning asosiy tarmoqlari toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnchilik, moʻynadoʻzlik, poyabzal sanoatlari hisoblanadi. Yengil sanoat mahsulotlari, shuningdek, mebelsozlik, aviatsiya, avtomobil, oziq-ovqat va b. sanoat tarmoqlarida, qishloq xoʻjaligi, transport, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda ishlatiladi. Yengil sanoat yirik fabrika industriyasining tarmogʻi tarzida 18-asrning 2-yarmida barpo qilindi. Yengil sanoatning qadimiy tarmoqlaridan biri boʻlgan toʻqimachilik sanoatida texnika taraqqiyoti toʻqimachilik sanoatining kapitalistik manufaktura bosqichidan yirik mashinalashgan industriya bosqichiga oʻtishi uchun baza yaratgan 18-asrdagi ulkan kashfiyotlar bilan bogʻliq. Lekin qoʻlda paxta va jundan ip tayyorlash va toʻqish, charmdan poyabzal tikish uchun terini qayta ishlashning oddiy usullari Hindiston, Xitoy, Misr, Oʻrta Osiyoda mil. avval bir necha asr ilgari maʼlum boʻlgani tarixiy adabiyotlarda qayd etilgan va arxeologik topilmalar bilan tasdiqlangan. Hozirgi Oʻzbekiston hududida 19-asrning oxiriga qadar xoʻjalik taraqqiyoti xonaki, kosibchilik,hunarmandchilik ishlab chiqarishidan iborat edi. Sanoat usulida ishlab chiqarilgan kiyim-kechak, poyabzal, trikotaj mahsulotlari, gazmollar asosan Rossiyaning markaziy shaharlaridan olib kelingan, chetga, asosan Rossiyaga paxta tolasi, xom ipak, teri va boshqa xom ashyo turlari chiqarilgan. Hozirgi davrda Oʻzbekiston Yengil sanoati koʻp tarmoqli industrial majmua boʻlib, uning tarkibida paxta tozalash zavodlari, toʻqimachilik, trikotaj, pillakashlik, shoyi 20 toʻqish, tikuvchilik, koʻn-poyabzal, gilamchilik, chinni-fayans buyumlari va attorlik mollari ishlab chiqarish sohalarida 150 ga yaqin korxona bor. Shulardan 14 tasi 1994-2000 yillarda chet'el kapitali ishtirokida tashkil qilingan qoʻshma korxonalardir [(bu korxonalar tarmoqda ishlab chiqarilgan umumiy mahsulot hajmining 20,6% ni, eksportga chiqarilgan mahsulot hajmining 88,1% ni beradi (2000)]. Respublika sanoat mahsuloti umumiy hajmida Yengil sanoat hissasi eng katta salmoqqa ega va 2000 yilda 20,1% ni tashkil qildi (1995 yilda 19%). To`qimachilik sanoati - yengil sanoatning tabiiy va sun`iy tolalardan turli gazlama, ip va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan yirik tarmog’i. U ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish va aholi ehtiyojini qondirishda muhim rol o`ynaydi. To`qimachilik sanoati to`qimachilik va xom ashyosidan ip gazlama,zig`ir tolasidan gazlama to`qish, jun, shoyi, noto`qima materiallar, to` toqish, to`qimachilik – attorlik, trikotaj, kigiz- namat va boshqa sohalarni o`z ichiga oladi. To`qimachilik sanoati mahsulotlari kiyim-bosh, poyabzal ishlab chiqarishda, mebel, mashinasozlik sanoati, meditsinada va boshqada ishlatiladi. O`zbekiston o`z to`qimachilik mahsulotlari bilan dunyoga qadimdan tanilgan Respublikada yengil sanoatni ustun darajada rivojlantirishga imkon beruvchi barcha omillar - ko’plab paxta, pilla, kanop xom ashyosi, yog’ilg’i-energetika, yetarli darajada. Qolaversa, Respublikaning tez ko’payib borayotgan aholisi yengil sanoat mahsulotlarining asosiy istemolchisi hamdir. Mustaqillikkacha 50-80-yillardagi qaramlik sharoitida O’zbekistonda yengil sanoat bir tomonlama rivojlanishga yo’naltirildi. Asosiy e’tibor paxta qabul qilish, paxta tozalash, pillakashlik, qorako’l teriga va kanop tolasiga dastlabki ishlov berish, jun yuvish tarmoqlarini rivojlantirishga qaratildi. O’zbekiston bunday xom ashyolardan tayyor mahsulotlar tayyorlash imkoniyatiga ham, xuquqiga ham ega emas edi. Bu masalani markaziy hokimiyat hal qilardi. Tayyor xom ashyo Ittifoqning boshqa Yurtimizda tayyorlanayotgan yengil sanoat mahsulotlariga xorijda ham talab katta ekanligi, ayniqsa, quvonarlidir. Chunki o‘zbek paxta tolasidan ishlab chiqarilayotgan xalq iste’moli mollari o‘zining tabiiyligi, yuqori sifati bilan ajralib turadi. Shu bois dunyo bozorida unga ehtiyoj global inqiroz davrida ham aytarli darajada pasaymadi. Aksincha, eksport hajmi yil sayin ortib, istiqlol yillarida 140 barobar o‘sdi. Bugungi kunda erkaklar, ayollar va bolalarning turfa xildagi liboslari, sport kiyimlari, shuningdek, yarimtayyor mahsulotlar “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi bilan dunyoning 50 dan ziyod mamlakatlariga yetkazib berilayapti. Yangi savdo yo‘laklarining ochilishida bozor talabi chuqur o‘rganilgan holda, yangi mahsulotlar tayyorlash o‘zlashtirilayotgani yana bir muhim omil bo‘lmoqda. Xususan, 2016 yilning birinchi yarmida 300 ta yangi turdagi hamda 468 ta yangi assortimentdagi mahsulotlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgani ana shu 21 sa’y-harakatlar samarasidir. Gabardin va vafel gazlamalar, sirtiga raqamli usulda tasvir tushirilgan har xil matolar, kostyumlar, kattalar hamda bolalar uchun shimlar, sochiqlar va xalatlar, choyshablar, uy-ro‘zg‘or tikuvchilik buyumlari ana shular jumlasidandir. Ularning dastlabki partiyalari ham eksport qilina boshlangani esa tashqi bozorda bemalol raqobatga kirisha olayotganidan dalolat beradi. Ishlab chiqarish ko‘lami va eksport ko‘rsatkichlarining yil sayin ortishida, ayniqsa, yangi quvvatlarning hissasi katta bo‘layotir. E’tiborlisi, ular investitsiya hamda manzilli dasturlarga binoan, yurtimizning olis hududlarida ishga tushirilmoqda. Respublika to‘qimachilik sanoatining jadal rivojlanishini ta’minlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yirik xorijiy bozorlarga yanada ilgari surish, shuningdek, 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoatini yanada isloh qilishning muhim yo‘nalishlari etib belgilandi: Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling