Янги китоб


 KORXONALARNING TURLARI VA TASHKILIY-


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

2. KORXONALARNING TURLARI VA TASHKILIY-
TEXNIKAVIY TIZIMI.
2.1. Korxona – asosiy ishlab chiqarish sub’yekti sifatida.
2.2.Korxona Ustavi va uning tarkibi.Korxona mulkini tashkil etuvchilar.
2.3.Har xil mezon va ko‘rsatkichlar bo‘yicha korxona turlari.Korxona ishlab
chiqarish-texnikaviy, iqtisodiy, tashkiliy birligi.
Tayanch iboralar: Korxona ustavi, asosiy va yordamchi sexlar, qo’shma
korxonalar, aksionerlik jamiyatlari
2.1. Korxona – asosiy ishlab chiqarish sub’yekti sifatida.
Hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi”ning uchinchi ustuvor yo‘nalishida
sanoat korxonalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangan,
ya’ni 2017 yilda sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning tannarxini o‘rtacha 8 foizga qisqartirish va raqobatdoshligini
oshirishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu
jumladan, ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash hamda
modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish,
texnologik jarayonlarni optimallashtirish; iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi
4400 dan ortiq korxonalarning rentabellik darajasini oshirish va moliyaviy
sog‘lomlashtirish; ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish
asosida ishchilar sonini ko‘paytirish”
2
.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonlaridan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasining Dasturida Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish,
yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga milliy
iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish asosida loyihalar amalga oshirilishi
rejalashtirildi.
2018 yil 22 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5308-
sonli farmoniga asosan
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Faol
tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da
amalga oshirishga oid Davlat dasturi qabul qilindi.
2
“O’zbekiston Respublikasini yanada riuvojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”
O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti PF-4947 sonli Farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y. 6-son,
70-modda.


25
Dasturda

iqtisodiy sohada keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilganligi, eng
avvalo, O‘zbekistonning o‘z majburiyatlarini bajarish va chet el hamkorlarining
daromadlarini repatriatsiya qilish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini
oshirish 
uchun 
shart-sharoitlarni 
ta’minlovchi 
milliy 
valyuta 
erkin
konvertatsiyasining joriy etilganligi bu borada muhim qadam bo‘lganligi;

davlat byudjetini shakllantirishning tamomila yangi prinsiplari va
mexanizmlari joriy etilganligi, uning daromad va xarajatlari shaffofligini ta’minlash
bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilganligi;

davlat aktivlarini boshqarishning samaradorligini oshirish va
byudjetning daromad qismini ko‘paytirishga qaratilgan ishga solinmagan
zaxiralardan foydalanish choralari ko‘rilganligi;

-birinchi bosqichda — uzoq muddatli (10-15 yilga mo‘ljallangan)
tarmoq, hududiy va maqsadli rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqish hamda
tasdiqlash, ikkinchi bosqichda — tarmoq, hududiy va maqsadli loyihalar
portfellarini tuzish, uchinchi bosqichda

rivojlanish davlat dasturlarini
shakllantirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat
dasturlarini shakllantirishning mutlaqo yangi tartibi tasdiqlanganligi ta’kidlandi.
Dasturda ta’kidlandi: Belgilab qo‘yilsinki:
a) quyidagilar 2023 yil 1 yanvarga qadar muddatga yagona ijtimoiy
to‘lovdan tashqari, barcha turdagi soliq va majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod
qilinadi:

yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startaplarni birgalikda
moliyalashtirish uchun tashkil qilinadigan venchur fondlar;

venchur 
fondlardan 
birgalikda 
moliyalashtiriladigan 
yuqori
texnologiyali loyihalar-startaplar;

ilmiy-tadqiqot 
muassasalari, 
innovatsion 
markazlar, 
loyiha-
konstruktorlik byurolari o‘zlarining yangi texnologiyalarini tadbirkorlarga
sotishdan (foydalanishga berishdan) olingan daromadlar bo‘yicha;

yangi texnologiyalarni mahalliy tadbirkorlikka transfer qiluvchi
tashkilotlar bu faoliyatdan olingan daromadlari bo‘yicha

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling