Янги китоб


Dasturda Iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo‘llab-


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Dasturda
Iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlari quyidagicha belgilandi:

Ilg‘or g‘oya, nou-xaular yaratish va «aqlli» texnologiyalarni ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan iqtisodiyotning yangi modeliga bosqichma-bosqich
o‘tish
 Mahalliy mahsulotlar eksport hajmini oshirish, xorijiy investitsiyalarni
keng jalb qilish, mamlakatning investitsion va turistik jozibadorligini oshirish
bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini kuchaytirish.


26
 Pul-kredit siyosatini amalga oshirish va uni rivojlantirishning o‘rta
muddatli Konsepsiyasini hamda 2018 - 2021 yillarda Konsepsiyani amalga oshirish
bo‘yicha «yo‘l xarita»sini ishlab chiqish va tasdiqlash, unda bosqichma-bosqich
inflyasiyaviy targetlash rejimiga o‘tish.
 Innovatsion texnologiyalarni keng qo‘llagan holda yetakchi xorijiy
to‘lov tizimlari bilan integratsiyalashgan zamonaviy chakana to‘lov tizimlarini
rivojlantirish
 Milliy standartlarning xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashuvi jarayonini
jadallashtirish
 Kichik korxonalarni tez sur’atlarda rivojlanib, ishchilar sonini
ko‘paytirishi hamda yirik korxonalar toifasiga o‘tishini rag‘batlantiruvchi tizim
joriy etish.
 Soliq yukini kamaytirish va soddalashtirish, shu asosda ishlab
chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish
 Elektr energiyasini ishlab chiqarishda monopoliyani tugatish, raqobat
muhitini shakllantirish va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni
rag‘batlantirish
 Milliy aviatsiya sanoatini qayta tiklash hamda iqtisodiyotning yangi
tarmog‘i sifatida aerokosmik sanoatni shakllantirish
 Investorlarni qiziqtirgan savollarga javoblarni beruvchi doimiy
ishlaydigan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish va xizmat ko‘rsatish mexanizmini yo‘lga
qo‘yish
 Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash,
qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish orqali mamlakat oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash.
Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo‘lga kiritilayotgan yuksak
natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish
quvvatlarining yo‘lga qo‘yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy
salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va
ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining ko‘payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi,
bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib
borishida mustaqil taraqqiyot yo‘lining to‘g‘ri tanlangani, amalga oshirilayotgan
iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda
xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo‘lib xizmat
qilmoqda. Bu omillarning yagona maqsad – yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz
farovonligi yo‘lida jamiyatimizning doimo hamjihat bo‘lib kelayotgani o‘ta
murakkab mustaqil taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tishda naqadar og‘ir sinovlardan
muvaffaqiyatli o‘tishga imkon yaratdi.


27
Korxonaning har bir ishlab chiqarish bo‘linmasining shakllanishi uning
ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyati bilan belgilanadi. Shakllanish jarayonining
natijasi bo‘lib mahsulot ishlab chiqarish hisoblanib, bu boshqa korxonalar bilan
shartnomalar tuzish, mahsulotlarni buyurtmachilarga etkazish va olingan moliyaviy
vositalarni yangi jarayonga jalb qilishda o‘z ifodasini topadi. Bu erda mehnat va
mehnat predmeti ishlab chiqarish vositalarining qo‘shilishi ishlab chiqarish
bo‘linmalarining asosiy markazi bo‘lib hisoblanadi.
Korxonada barcha ishlab chiqarish bo‘linmalari barcha ishlab chiqarish
jarayonlari bilan bog‘liq, shuning uchun bu erda bu bo‘linmalar orasidagi aloqalar
uzilmay balki iqtisodiy munosabatlar va boshqarish munosabatlari o‘zgarib turadi
Boshlang‘ich xom ashyoni tayyor mahsulotga aylantirish jarayoni amalga
oshadigan bo‘linma asosiy ishlab chiqarish bo‘linmasi deb aytiladi. U korxona
faoliyatida asosiy o‘rin egallaydi. Asosiy ishlab chiqarish jarayoniga moddiy va
texnik xizmat ko‘rsatuvchi, hamda jarayonning borishiga sharoit yaratuvchi
bo‘linmalar yordamchi ishlab chiqarish bo‘linmalari deb aytiladi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling