Янги китоб
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik korxonalar
Assosiatsiya - o’z ixtiyori bilan birlashgan qo’shma korxona bo’lib asosiy
vazifasi xo’jalik faoliyatini yuqori darajada birgalikda xo’jalik hisobi hamda o’zini- o’zi mablag’ bilan ta’minlash va o’z-o’zini idora qilish asosida amalga oshirishdir. Assosiatsiyaga a’zo bo’lganlar o’zining asosiy va aylanma fondlari, pul mablag’lari, qimmatbaho qog’ozlari bilan o’z hissalarini qo’shishlari mumkin. Mustaqil ravishda ishlab turgan korxonalar uchun assosiatsiya yuqori idora organi huquqiga ega bo’lmasdan, faqat a’zolar kabi ular qatorida vakillik huquqiga ega. Jamoaning umumiy majlisi esa uning yuqori organi hisoblanadi. Assosiatsiyaning ustavi - uning ta’sis hujjati hisoblanadi. Uning nomi va unga kiruvchi konstern, sohalararo davlat birlashmasi, xo’jalik assosiatsiya, konsorstiumlar, assosiatsiya rahbarligi organlarining joylashgan joyi, ularning asosiy vazifalari, huquqlari, majburiyatlari, a’zolik tamoyillari va boshqalar ko’rsatilgan. Assosiatsiya ustavi - mahalliy kengashlar ijroya qo’mitasida tasdiqlanadi. Konsern - firma, korxona degani sanoat doirasi asosida tashkil bo’lgan korporastiya shaklidir, korporastiya eng ko’p tarmoqqa ega va o’zining xizmat xarakteri bilan boshqa birlashmalardan farq qiladi. Hozirgi zamon konsern birlashmalari tarkibida bir qancha korxona, ilmiy tekshirish idoralari, o’qish markazlar va boshqa bo’linmalar bo’lib, ular ko’p tarmoqli xo’jalik organlarini ta’min etish uchun ishlaydi. 42 Konsern ishlab chiqarish va o’rta firmalarda ilmiy texnika asosida ish olib borishda va iqtisodni ko’tarishga imkon yaratib beradi. Kichik korxonalar - korxona strukturasining muhim elementi, eng ko’p jo’shqin va egiluvchan sohibkorlik faoliyati rivojining shaklidir. Kichik korxonalarni tashkil etish natijasida iqtisodiy shakllanishning zaruriy shart- sharoitlari vujudga kelishi natijasida bozor iqtisodiyoti munosabatlarini takomillashtirish orqali monopoliyaga yo’l qo’ymasdan, tovar ishlab chiqaruvchilar orasida raqobatchilik hosil qilinishi tufayli mahsulot sifatini yaxshilashga erishish mumkin. «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish to’g’risida» O’zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan kichik va xususiy tadbirkorlikning asosiy sub’yektlariga quyidagilar kiradi: Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling