Янги китоб


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Nazorat savollari:
1. «O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida»gi qonun haqida
nimalar bilasiz?
2. «O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida»gi qonunda korxonalar
qanday turlari sanab o‘tilgan?
3. Korxona tavsifi nimadan iborat?
4. Korxona ustavi va pasportida nimalar belgilanadi?
5. Ta`sis shartnomasi qanday hujjat?
6. Qo‘shma korxonalar qanday barpo etiladi?
7. Kichik korxonalar qanday tuziladi?
8. Aksionerlik jamiyatlari mas’uliyati cheklangan jamiyatdan farq qiladimi?
9. Assotsiatsiya va konsern qanaqa korxonalar?
3.SANOAT KORXONALARINING ASOSIY MAQSADI VA
VAZIFALARI.
3.1. Korxonaning asosiy maqsadi.
3.2.Ishlab chiqarish korxonasining asosiy vazifalari va majburiyatlari.
3.3.Ishlab chiqarishni boshqarish funksiyalari.
Tayanch iboralar:ishlab chiqarishni boshqarish funksiyalari, maqsadning sifatiy
ko’rsatkichlari, korxona vazifalari.
3.1. Korxonaning asosiy maqsadi.
Har qanday korxonaning maqsadi - uning faoliyati asosida avvaldan fikran
o‘ylangan, pirovard natijaga erishishdir. Ishlab chiqarish jamoasi hisoblangan
korxonaning niyati uning rivojini ob’yektiv qonuniyatlarini va istiqbolini belgilash
asosida amalga oshadi. Korxona o‘z oldiga ongli ravishda maqsad qo‘yib fikriy
model yarata oladi va unda ob’yektiv sharoitlarni inobatga oladi.
Korxonalar o‘z maqsadlariga erishish uchun ma’lum vazifalarni bajaradilar.


44
Maqsad va vazifalar bu sex jamoasi faoliyatining natijaviy ko‘rsatkichlarga
erishishga yo‘naltirilgan ishlaridir. Har bir bo‘linma o‘zining maqsad va
vazifalariga egadir.
Vazifani ishlab chiqarish dasturini bajarishda oxirgi natijalari sifatida
tasvirlash mumkin. Korxonaning maqsadi - uning faoliyatining sifatiy va miqdoriy
ko‘rsatkichlari hisobladi.
Maqsadning sifatiy ko‘rsatkichlari quyidagilar:
1. Boshqarish bo‘yicha mutaxassislar, iqtisodchilar, hisobchilar, ish joylarini
avtomatlashtirish bo‘yicha ishlab chiqarishni boshqarish tashkiliy strukturasini
takomillashtirish.
2.Sex, korxona kadrlarini qayta tayyorlashni amalga oshirish.
3. Boshqarish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun boshqarish
apparatida malakali kadrlar apparatini tashkil qilish.
4. Ishchi va xizmatchilarning ishlab chiqarish vaqt yo‘qotuvini bartaraf
qilish.
Har bir ishlab chiqarish bo‘linmasining vazifasi har xil bo‘lishi mumkin.
Lekin ularning maqsadi bir xil bo‘ladi: mahsulot ishlab chiqarish dasturini bajarish,
bunda pul mablag‘larni, vaqt, mehnat, materiallarning minimal xarajatlariga
erishish.
Korxonani 
boshqarishning 
maqsadlarini 
quyidagi 
turlarga 
bo`lib
tasniflashimiz mumkin:
1)amalga oshirish muddatiga ko`ra - joriy va istiqbolli;
2) ahamiyat darajasiga ko`ra - asosiy (strategik) va ikkinchi darajali (taktik);
3)boshqaruv ob’yektiga munosabatiga ko`ra - xususiy va umumiy;
4)natijaga erishish darajasiga ko`ra - yakuniy va oraliq yoki bosqichli.
Boshqaruv jarayonida joriy maqsadlarni istiqboldagi maqsadlarga, xususiy
maqsadlarni umumiy maqsadlarga, oraliq maqsadlarni yakuniy maqsadlarga mos
kelishi va bo`ysunishini ta’minlash zarur.
Asosiy maqsadlarni amalga oshirishga ko`proq e’tibor qaratish kerak.
Korxona yoki unga tenglashtirilgan xo`jalik sub’ektlarini boshqarish faoliyati
to`laligicha shu vazifalarni bajarishga qaratilishi lozim. Asosiy maqsadni ikkinchi
darajali vazifalardan ajrata olish qobiliyati, zamonaviy menejerlarning eng muhim
kasbiy ko`rsatkichlaridan biridir.
Boshqaruv jarayoni asosan davriy (siklik) xarakterga ega bo`ladi. U maqsad
va vazifalarni belgilash bilan boshlanib, ularni bajarish, ya’ni muayyan bir
natijalarga erishish bilan tugallanadi.
Natijalar to`g’risida (maqsadga erishish darajasi) olingan axborotlar asosida
yangi vazifalar belgilanadi va boshqaruv tsikli qaytadan boshlanadi. Bunday


45
tsikllarning soni bir nechta bo`lib, ular birinchi o`rinda boshqaruv ob`yektining
o`ziga xos xususiyatlari va boshqa ko`rsatkichlar bilan ifodalanadi.
Amaliyotda turli xil sabablarga ko`ra, ishlab chiqarish belgilangan
o`lchamlardan chetga og’ishi, boshqaruv esa qo`yilgan maqsadga erishmasligi
mumkin. Bunday hollarda operativ tartibga solish yo`li bilan chetga og’ishlar olib
tashlanadi va ishlab chiqarish jarayonining me`yoriy tarzda faoliyat yuritishi
ta’minlanadi.
Korxonani boshqarishning samaradorligi, maqsadlarni shakllantirish va
amalga oshirishga qanchalik kam vaqt sarflansa, shunchalik yuqori bo`ladi. Bunga
korxona rahbari (menejeri) va boshqaruv vazifalarini bajarishga mas`ul bo`lgan
boshqa shaxslarning tajribasi va malakasidan tashqari, boshqaruv amaliyoti va ish
tartibiga 
sarflanuvchi 
vaqtning 
qisqartirilishi, 
boshqaruv 
jarayonlarini
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va
amalga oshirishni oqilona tashkil qilish bo`yicha tashkiliy-texnikaviy chora-
tadbirlar majmuasini qo`llash hisobiga erishiladi.
Korxonadagi boshqaruv faoliyati shuningdek, ma’lum bir tamoyillar asosida
amalga oshiriladi. Bu tamoyillar birinchidan, ishlab chiqarish qatnashchilari
orasidagi kelishuvlarni o`rnatsa, ikkinchidan, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan
xatolarning oldini oladi hamda boshqaruv mehnatining samaradorligini oshiradi

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling