Янги китоб


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Aksionerlik jamiyatlari:
Xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik shaxslar va fuqarolar bilan
kelishilgan
holda
ularning
mablag’larini
birlashtirib
tuzilgan
tashkilotlar
aksionerlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar deb ataladi. Bunday
jamiyatlar yuridik shaxs hisoblanadi.
Aksionerlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar o’rtasidagi farq
shundaki, aksionerlik jamiyatlari egalari oldindan ma’lum akstiyalar chiqarishi
bilan nizom jamg’armasini tashkil etishadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar
nizom jamg’armasining soni ko’p bo’lmagan paychilar (3-6 paychi) hisobiga
tashkil etadi. «Mas’uliyati cheklangan» tushunchasi shuni anglatadiki, paychi
majburiyatlari bo’yicha faqat o’zining payi hajmida javobgardir.
Aksionerlar jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyat kamida ikkita
qatnashuvchi ishtirokida tuziladi.
Qatnashuvchi korxona, tashkilot, idora, davlat organlari hamda fuqarolar
bo’lishi mumkin.
Jamiyatlar qonun tomonidan man etilganda
boshka barcha xo’jalik
faoliyatlari bilan shug’ullanishi mumkin. Har bir jamiyat turi, faoliyat sohasi,
o’ziga xos ma’lumotlarni o’z ichiga olgan nomga ega bo’lishi kerak.
Jamiyatlar qatnashuvchilari quyidagi huquqlarga ega:


40
a) ta’sis
hujjatlarida
ko’rsatilgan
tartibda
jamiyat
faoliyatini
boshqarishda qatnashish;
b) faoliyat natijasidan olingan foydaning bir qismini (dividend) olish;
v) jamiyat faoliyati haqida axborot olish,
jumladan,
ta’sis hujjatlarida
ko’zda
tutilgan
tartibda
buxgalteriya
hisobi
va hisobot ma’lumotlari bilan
tanishish;
g) qonunlar tomonidan belgilangan hamda ta’sis hujjatlarida ko’rsatilgan
boshqa huquqlar.
Qatnashuvchilar quyidagilarga majburdirlar:
a) ta’sis
hujjatlarida ko’zda tutilgan tartibda
va
hajmda pul
to’lash
(akstiyalar haqini to’lash);
b) jamiyat faoliyati haqidagi maxfiy axborotlarni oshkor etmaslik;
v) jamiyat qatnashuvchilariga qonunlarda va ta’sis
hujjatlarida
o’zda
tutilgan boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
Jamiyatlar respublika hududi va chet ellarda o’zining filiallari {mahalliy
bo’limlari)ni vakolatxonalarini tuzish huquqiga ega.
Aksionerlar jamiyati nizom asosida, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar esa
ta’sis shartnomasi va nizom asosida tuziladi va amal qiladi. Bu hujjatlar ta’sis
hujjatlari bo’lib hisoblanadi.
Ta’sis hujjatlari quyidagi ma’lumotlarni aks ettirishi kerak;
 jamiyat turi;
 faoliyat turi va maqsadi;
 qatnashuvchilar (ta’sis etuvchilar) tarkibi;
 nomi va joylashish joyi;
 jamiyat nizom jamg’armasi hajmi;
 foydani taqsimlash va zararni qoplash tartibi;
 jamiyat organlari tarkibi va huquq doiralari, jumladan, bir ovozdan yoki
malakali ko’pchilik ovoz, zarur savollar ro’yxati;
 chiqariladigan akstiyalar
kategoriyasi va nominal qiymati haqida
ma’lumotlar;
 ta’sischilar tomonidan sotib olinadigan akstiyalar miqdori;
 akstiyalar xarid qilish majburiyatini bajarmaslik oqibatlari haqida;
 masuliyati cheklangan jamiyatlar uchun har bir qatnashuvchi ulushi hajmi,
to’lanadigan pul hajmi, to’lash muddatlari va to’lash tartibi haqidagi
ma’lumotlar.
Jamiyat ro’yxatdan o’tgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs huquqlariga ega
bo’ladi. Ro’yxatdan o’tish uchun quyidagi hujjatlar ko’rsatilishi kerak.
a) jamiyatni ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza;


41
b) ta’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxalari;
v) agar akstionerlar
jamiyati davlat korxonasini qaytadan tuzish yo’li
bilan tuzilsa, bulardan tashqari mehnat jamoasi va vakolatn bo’lgan davlat
organining birgalikda qabul qilgan qarorining nusxasi tavsiya etiladi.
Jamiyatlarni
davlat
ro’yxatidan
o’tkazish
ular
joylashgan hudud,
nohiya, shahar xalq deputatlari Kengashi ijroiya qo’mitalari tomonidan amalga
oshiriladi.
Davlat ro’yxatidan o’tkazish haqidagi ma’lumotlar yagona davlat reestriga
kiritish uchun 10 kun ichida Moliya Vazirligiga xabar qilinishi kerak.
Davlat ro’yxatidan o’tkazish ariza va unga ilova qilingan hujjatlar
berilgandan keyin 30 kundan kechiktirmasdan ko’rib chiqilishi kerak. Agar jamiyat
shu muddatda qayd etilmasa yoki qatnashuvchilar asossiz deb topgan sabablar bilan
qayd etilmasa, ular davlat arbitraji yoki sudga ariza bilan murojaat qilishlari
mumkin.
Davlat ro’yxatidan o’tkazish reestriga jamiyatning turi, tuzish maqsadi,
faoliyat sohasi va muddatlari, qatnashuvchilar (ta’sischilar) o’z nomi, jamiyat va
uning filiallari manzilgohi va nizom jamg’armasining hajmi haqidagi ma’lumotlar
yoziladi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling