Янги китоб


Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fanining predmeti


Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/99
Sana19.06.2023
Hajmi1,67 Mb.
#1614849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fanining predmeti
deganda korxonalarni ishlab chiqarish - xo’jalik faoliyati sharoitida iqtisodiy
qonunlarning harakati va namoyon bo’lish shakllari va eng kam mehnat,
moddiy va ma’naviy harakatlar bilan eng yaxshi natijalarga erishishini
ta’minlovchi yuqori samarali ish usullari ishlab chiqish tushuniladi.
Huquqiy shaxs huquqiga ega bo’lgan, mulkchilik huquqi yoki xo’jalikni
to’la yuritish huquqi bo’yicha o’ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish
asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayira
boshlagan , ishlarni bajaradigan, xizmat ko’rsatadigan, bellashuv hamda
mulkchilikning
barcha
shakllari
teng
huquqligi
sharoitida
amaldagi
qonunlarga muvofiq o’z faoliyatini ro’yobga chiqaradigan mustaqil xo’jalik
yurituvchi sub’ekt
korxona hisoblanadi.


13
Korxona faoliyatini ilmiy asosda oqilona tashkil etish va boshqarish uchun,
ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun umumiy iqtisodiy qonunlarni
chuqur bilish, barcha qonun qoidalardan unumli foydalanish, ishlab chiqarishni
tashkil etish va boshqarishning hozirgi zamon usullaridan keng foydalanish zarur.
«Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish»fani boshqa fanlar
kabi yagona ilmiy uslub – dialektik uslubga asoslanadi. Xo‘jalik ishlab chiqarish
faoliyatining barcha bo‘g‘inlari bir-biriga bog‘liq ravishda o‘zgaradi va rivojlanadi,
bunda yangi, progressiv hodisalar eskilari bilan kurash sifatida yuzaga keladi.
Bilishning dialektik uslubi fikr yuritish va namuna uslubini o‘z ichiga oladi.
Ilm yoki fanning metodologiyasi deyilganda uni bilish va o‘rganish
faoliyatining shakllari va usullari tushuniladi. Shu fan bo‘yicha masalani o‘rtaga
tashlash, tadqiqot mavzuini va ilmiy nazariyani shakllantirish, shuningdek,
aniqlangan natijaning xaqiqiyligi, ya’ni o‘rganilayotgan ob’yekt muvofiqligi
jihatidan tekshirish metodologiyasini qo‘llashining
-
eng muhim tomoni
hisoblanadi. Demak, metodologiya - bu tadqiqot yoki bilish, anglash yo‘li,
voqealikni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish usullarining majmuasidir.
«Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish» fanining
metodologik asosini dialektika bilimining umumiy nazariyasi tashkil etadi.
Dialektika usuli muammolar o‘rganilayotganda omillar va shart
sharoitlarning namoyon bo‘lishi va yuz berish ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklarga
boy ekanligini inobatga olishni taqozo etadi.
Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining eng umumiy qonunlari haqidagi
ta’limotga, ya’ni
dialektikaga
murojaat etiladi.
Dialektika predmet va
hodisalarga har tomondan, ularning qarama-qarshiligida, harakat va rivojlanishida,
muayyan tarixiy sharoitlarda va ijtimoiy amaliyot bilan bog‘liq ravishda qaraydi.
Dialektika — tabiat, jamiyat, tafakkur taraqqiyotining eng muhim
qonunlari haqidagi fan bo‘lib, u bir vaqtda mantiq (logika), tafakkur, bilish
qonunlari hamdir. Ob’yektiv dialektika (tashqi olamning rivojlanishi) bilan
sub’yektiv 
dialektika 
(bilish, 
tafakkurning
rivojlanishi) 
qonunlari
umumiylikda o‘rganadi. Ularning shakllanish tamoyillari quyidagicha:
 miqdoriy va sifat o‘zgarishlarini o‘zaro qanday qilib o‘tish qonuni;
 birlik va qarama-qarshilik kurash qonuni;
 inkorni-inkor qilish qonuni.
Bu qonunlar «ketma-ketlik bo‘yicha» amal qilmasdan, bir vaqtning o‘zida
ta’sir qiladi. Ulardan foydalanishda ularni shakllanish bo‘yicha
tamoyillarini bilish va unutmaslik muhim. Ular quyidagilar:
 haqiqatda amal qilayotgan voqea-hodisalar, munosabatlar, jarayonlar va


14
boshqa predmetlarni qarashning xolislik tamoyili;
 predmetlar, hodisalarning umumiy aloqadorlik va o‘zaro bog‘liqlik
tamoyillari;
 rivojlanish tamoyili.
Ushbu uchta dialektikaning asosiy qonunlari har qanday harakat,
rivojlanishning
eng muhim belgilarini ochib beradi. Birinchi qonun
rivojlanishni qaysi tartibda bajarish kerakligini ifodalasa, ikkinchisi – nima
sababdan, qanday ichki kuch ta’siridan u sodir bo‘ladi, uchinchisi -
qaysi
yo‘nalishga qarab rivojlanadi, uning an’analari qanday.
Dialektika qonunlari, kategoriyalari esa haqiqatni o‘rganish va bilishda
dialektika usulini mazmuni hamda talablaridir.
Dialektika tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy
qonuniyatlari to‘g‘risidagi, abadiy harakat qiladigan, o‘zgarib turadigan tabiat va
jamiyat hodisalarini, ulardagi ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar kurashi, eskilik bilan
yangilik o‘rtasidagi kurashni ochish yo‘li bilan bilishning ilmiy usuli.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling