Янги китоб
-chizma. Ishlab chiqarish va uning elementlari
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat predmetlari
- Ishlab chiqaruvchi kuchlar
1.-chizma. Ishlab chiqarish va uning elementlari.
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish deganda insonni o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan mehnat faoliyatlarining yig‘indisi tushuniladi. Ishlab chiqarish predmetlari esa ishlab chiqarish jarayoni holatida butunlay ishlatilib o‘zi mahsulotga o‘tib ketadi. 1 Mehnat predmetlari — bu inson mehnati yo‘naltirilgan, ular ustida inson ishlaydigan narsalarning hammasidir (xom ashyo, materillar va h.k.) Mehnat vositalariga esa stanoklar, mashinalar, jihozlar, asbob-uskunalar, shuningdek binolar, inshootlar, yo‘llar va boshqalar kiradi. Mehnat predmetlari va mehnat vositalari jamiyatning ishlab chiqarish vositalarini tashkil qiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar deganda esa ishlab chiqarish vositalarini harakatga keltiruvchi kuchlarning yig‘indisi tushuniladi. (kishilar, ish kuchi va h.k.) 1 Clifford G. Dow, Sr., CFA, CHFC, CFP® Chief Investment Officer 1998. Page 4 Ishlab chiqarish elementlari Mehnat predmetlari Mehnat vositalari Ish kuchi 10 Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, ularni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish tufayli kishilar o‘rtasidagi, ularning jamoalari o‘rtasidagi munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlari deyiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari – ishlab chiqarish usulini tashkil etadi. Jamiyatning qay darajada rivojlanganligi uning ishlab chiqarish usuliga bog‘liq bo‘ladi. Korxonalarning faoliyat ko‘rsatishlaridagi mulkiy munosabatlar, tashkiliy va uslubiy o‘zgartirishlardan maqsad ishlab chiqarish jarayonlarini oqilona tashkil etish uchun tashkilot rahbarlari ixtiyoriga o‘tkazishdir. Demak, xo‘jalik yuritish sub’yektlarining ulushi ortib boradi. Xo‘jalik yuritish sub’yektlari ikkita umumiy shaklda ishlab chiqaradi: natural va tovar. Xo‘jalik yuritish — iqtisodiy faoliyat demakdir. Natural xo‘jalik bozor iqtisodiyotiga qadar ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy shakli bo‘lib kelgan. Natural xo‘jalikning mavjudligi ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasining pastligi, mehnat taqsimotining yo‘qligi, mehnat unumdorligining g‘oyatda pastligi va boshqa sabablar bilan bog‘liqdir; ulardagi ishlab chiqarish, asosan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidan iborat bo‘lib, to industrial davrlar uchun xarakterli edi. Asta-sekin ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi, mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi, xususiy mulkchilikning qaror topishi natural xo‘jalik emirilishiga, uniig o‘rnida tovar xo‘jaligi degan yangi ijtimoiy shaklining shakllanishiga olib keladi. Tovar xo‘jaligi uzoq tarixiy taraqqiyot mahsuloti sifatida vujudga keldi. Tovar xo‘jaliklarining iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lib, alohida – alohida faoliyat olib boradi. Buning ma’nosi shundaki, nima ishlab chiqaradi, qancha ishlab Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling