Янги китоб


-chizma. Ishlab chiqarish va uning elementlari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

1.-chizma. Ishlab chiqarish va uning elementlari.
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish deganda insonni o‘z ehtiyojlarini
qondirish uchun qiladigan mehnat faoliyatlarining yig‘indisi tushuniladi.
Ishlab chiqarish predmetlari esa ishlab chiqarish jarayoni holatida butunlay
ishlatilib o‘zi mahsulotga o‘tib ketadi.
1
Mehnat predmetlari — bu inson mehnati yo‘naltirilgan, ular ustida inson
ishlaydigan narsalarning hammasidir (xom ashyo, materillar va h.k.) Mehnat
vositalariga esa stanoklar, mashinalar, jihozlar,
asbob-uskunalar, shuningdek
binolar, inshootlar, yo‘llar va boshqalar kiradi.
Mehnat predmetlari va mehnat vositalari jamiyatning ishlab chiqarish
vositalarini tashkil qiladi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar deganda esa ishlab chiqarish vositalarini
harakatga keltiruvchi kuchlarning yig‘indisi tushuniladi. (kishilar, ish kuchi va h.k.)
1
Clifford G. Dow, Sr., CFA, CHFC, CFP® Chief Investment Officer 1998. Page 4
Ishlab chiqarish
elementlari
Mehnat
predmetlari
Mehnat
vositalari
Ish kuchi


10
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, ularni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol
qilish tufayli kishilar o‘rtasidagi, ularning jamoalari o‘rtasidagi munosabatlar ishlab
chiqarish munosabatlari deyiladi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari – ishlab
chiqarish usulini tashkil etadi. Jamiyatning qay darajada rivojlanganligi uning
ishlab chiqarish usuliga bog‘liq bo‘ladi.
Korxonalarning faoliyat ko‘rsatishlaridagi mulkiy munosabatlar, tashkiliy va
uslubiy o‘zgartirishlardan maqsad ishlab chiqarish jarayonlarini oqilona tashkil etish
uchun tashkilot rahbarlari ixtiyoriga o‘tkazishdir. Demak, xo‘jalik yuritish
sub’yektlarining ulushi ortib boradi.
Xo‘jalik yuritish sub’yektlari ikkita umumiy shaklda ishlab chiqaradi: natural
va tovar. Xo‘jalik yuritish — iqtisodiy faoliyat demakdir.
Natural 
xo‘jalik
bozor 
iqtisodiyotiga 
qadar 
ijtimoiy 
ishlab
chiqarishning asosiy shakli bo‘lib kelgan. Natural xo‘jalikning mavjudligi ishlab
chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasining pastligi, mehnat taqsimotining
yo‘qligi, mehnat unumdorligining g‘oyatda pastligi va boshqa sabablar bilan
bog‘liqdir; ulardagi ishlab chiqarish, asosan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidan
iborat bo‘lib, to industrial davrlar uchun xarakterli edi.
Asta-sekin ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi, mehnat taqsimotining
paydo bo‘lishi, xususiy mulkchilikning qaror topishi natural xo‘jalik emirilishiga,
uniig o‘rnida tovar xo‘jaligi degan yangi ijtimoiy shaklining shakllanishiga olib
keladi. Tovar xo‘jaligi uzoq tarixiy taraqqiyot mahsuloti sifatida vujudga keldi.
Tovar xo‘jaliklarining iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lib, alohida – alohida
faoliyat olib boradi. Buning ma’nosi shundaki, nima ishlab chiqaradi, qancha ishlab

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling