Янги китоб
Fanning mazmuni va uning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
1.2. Fanning mazmuni va uning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Fanning vazifalari. «Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish»fani o‘z mazmuni bo‘yicha juda ko‘p qirrali bo‘lib, ishlab chiqarish jamoalarining hayotining hamma tomonlarini qamraydi. Fanning mazmuni quyida keltirilgan bo‘limlarda o‘z aksini topadi: 1. Nazariy bilimlar, ob’yektning tavsifi, ishlab chiqarish jarayonining tuzilishi. 2. Ishlab chiqarish majmuilarini tashkil etish va ulardan foydalanishning ilmiy asoslari. 3. Xo‘jalikni boshqarish funksiyasi. 4. Boshqarishning tashkiliy shakllari va texnologiyasi. Fan bir qator boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. Avvalambor u falsafa, iqtisod nazariyasi, menejment, stratekgik menejment, makro va mikroiqtisod, tarmoq iqtisodi, pedagogika, psixologiya, huquq, texnologik fanlar, kibernetika va boshqalarning yutuqlaridan foydalanadi. Falsafa bilan aloqasi shuni bildiradiki, ishlab chiqarishni tashkil etish, rivojlantirishning qonuniyatlarini tadqiq qilish va tahlil qilishda dialektika va tarixiy jihatdan yondashish kerak. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyatdagi ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiyot qonunlarini o‘rganadi. Bu fan texnik fanlar bilan ham o‘zaro bog‘liqdir. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish fani texnika va texnologiyani bevosita o‘rganmasada, uning iqtisodiyotiga ta’sirini 15 chetlab o‘tolmay, aksincha, texnologik jarayonlarni xom-ashyo, materiallar, energiyadan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish davrini qisqartirish, ish jarayonini uzluksiz ishlab chiqarish oqimida tashkil etish, mahsulot sifatini oshirishga erishish orqali menejer muhandislik-iqtisodiy nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi. Texnologik fanlar u yoki bu xom ashyoga ishlov berish va uni tayyor mahsulotga aylantirishda mexanik, kimyoviy, termik va boshqa xil jarayonlar mazmuni sifatida qaraladi. Menejment asoslari fani xo‘jalikni boshqarish amaliyotida boshqarish uslubi, texnika va texnologiyasi sohasida foydalaniladi. Kibernetika, rejalashtirish va boshqarish sohasida sistemali yondashish, eksperiment va modellashtirishni qo‘llash kerakligini ta’kidlaydi. Ko‘rib turibmizki, bu fan boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Bu fan o‘ziga xos bo‘lgan savollarga javob topishga va korxona ishining tashkil qilishining yanada samaraliroq shakl va uslublarini ishlab chiqishga, butun ishlab chiqarish jarayonining birligini ta’minlashga bog‘liq masalalarni echishga harakat qiladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling