Янги китоб
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
Fanning vazifalari.
Ishlab chiqarish tizimi ilmiy asosda tashkil etilar ekan, ishlab chiqarishni tashki etishning ilmiy bilim tizimida o‘rni yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘ladi hamda shunday bo‘lishini amaliy hayot taqozo etmoqda. SHu sababdan ishlab chiqarishda tashkil etishning ilmiy yo‘nalishlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: aqliy mehnat jismoniy mehnatga nisbatan o‘ziga xos farqi bor. Murakkab mehnatlarning bajarilish tartibini mustaqil tanlash, hisoblash, loyihalashtirish, istiqbolini belgilash, rejalashtirish, muvofiql ashtirish kabilarni tashkil etish ijrochidan aqliy quvvat, bilim, ijodiy qobiliyat, iste’dod, mahorat kabi energiyalar sarflaydi, boshqacha aytganda fiziologik jarayonda mehnat qiladi. Fiziologik jarayonning maqsadi buyumlashgan mehnat sarfi me’yorida bo‘lishiga, jihozlar va vositalarning ishlash tartibi asoslangan ravishda ishlashiga intilishdir; ish joylari, jabhalarini tashkil etish va ularga xizmat ko‘rsatishni uzluksiz yaxshilab borish, u joylarni ijrochining fiziologik, antrometrik tavsifiga hamda estetik idrokiga mos bo‘lgan mehnat predmetlari, qurollari, vositalari, sharoit vositalari bilan ta’minlash, ish joylariga ish vaq tining isrof bo‘lishini yo‘qotadigan eng samarali xizmat ko‘rsatish tartiblarini joriy qilish; mehnat jarayonini takomillashtirish, mehnatning ilg‘or usul va uslublarini joriy qilish. Bu ishga mutaxassis, ijrochilarning yuqori mehnat unumdorligini ta’min etuvchi eng oqilona mehnat jarayonini loyihalash, tatbiq qilish 16 yo‘li bilan, shuningdek, mehnatning ilg‘or usul, uslublarini aniqlash, tanlash va yoyish yo‘li bilan erishish; mutaxassis va ijrochilarni tanlash, kasbiy tayyorlash, ularning malakalarini oshirishii tashkil etish ishini, shakllarini yaxshilash, texnika, texnologiya, psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, pedagogika, iqtisodiy nazariya fanlarining hozirgi zamon talablariga javob beradigan ta’lim, tavsiyalari, shakllari va usullarini tanlash; iqtisodiy munosabat nuqtai nazaridan mehnat predmetlari, qurollari va vositalaridan, shuningdek, ish vaqti, rag‘batlantirish usullari hamda ilg‘or mehnat uslublaridan samarali foydalanishga asoslanib, turli xildagi resurslarga oqilona vaqt sarflanishini aniqlash; mehnat resurslari, aqliy salohiyatlar, mehnat vositalari uchun ish kunining maqsadga muvofiq tartiblarini ishlab chiqishda hamda ayrim jarayonlarning oqilona izchillikda bajarilishini va davom etishini belgilash; zamonaviy tashkilot faoliyatini tashkil etish muammolarini ilmiy asosda echib chiqish, ularni amaliyotga joriy qilish; tashkilot va tashkiliy boshqarish nazariyasiga psixologiyaning qo‘shgan hissasi individum xulqini o‘rganish, belgilash, hamda odamlar xulqini o‘zgarish imkoniyatini o‘lchash, aniqlash, ulardan amaliyotda samarali foydalanish; ijtimoiy tizimni o‘rganish hisobiga tashkilot faoliyatini tashkil etish ta’limotini sotsiologiya sohasidagi tadqiqotlar natijasi kengaytiradi. Xalqning moddiy va ma’naviy darajasini yanada oshirish, butun ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish asosida, shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, mehnat unumdorligini, odamlarning ijtimoiy va mehnat faoliyatini oshirish - ijtimoiy strategiyasining oliy maqsadidir. Shulardan kelib chiqqan holda fanning quyidagi vazifalarini aytib o‘tishi mumkin: 1. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yanada oshirish, aholining turli-tuman yuqori sifatli oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish va bu uchun kerakli rezervlarni yaratish. 2.Ishlab chiqarish jarayonlarining mohiyati, ahamiyati, mazmuni, asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, sanoat korxonalari infrastrukturasining nazariy va amaliy masalalarini o‘rganish; 17 3. Iqtisodiy islohot sharoitida korxonalarda boshqarishni, ayniqsa iqtisodiy boshqarishni, rejalashtirish, baholash, moliyalash, kreditlash muammolarini yechishni o‘rganish. 4.Mamlakatni yetarli darajada ichki resurslar bilan ta’minlash, importni kamaytirib borib, oxiri umuman tugatish, eksportni vaqti bilan kengaytirish. 5. Qishloq xo‘jalik, unga xizmat ko‘rsatuvchi ishlov berish sanoati tarmoqlari, tayyorlov majmui, saqlash, transportirovka va savdoning harakati birligini ta’minlab, ularni umumiy maqsadga – aholini yuqori sifatli va turli - tuman mahsulotlar bilan ishonchli va o‘z vaqtida ta’minlashga bo‘ysundirish. 6. Korxonalarda ishlab chiqarish tizimining o‘zgarishi shakllari va yo‘llari, ishlab chiqarishi faoliyatining maqsadi va vazifalari, ularni amalga oshirish yo‘llari va baholash mezonlarini o‘rganish. 7. Mahsulot tannarxini kamaytirish. 8. Xom-ashyo, material, yoqilg‘i va energiyani tejash. 9. Mehnat samaradorligini oshirish. 10. Asbob uskunalardan foydalanish va ularni takomillashtirish maqsadida texnik-tashkiliy tadbirlarni ishlab chiqish va mavjud rezervlarni aniqlash. Yuqorida aytib o‘tilgan vazifalarni bajarish uchun iqtisodchi ishlab chiqarishni tashkil etish nazariyasini yaxshi bilishi, kerakli miqdordagi yuqori iqtisodiy bilimlar va tajribaga ega bo‘lishi kerak. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling