Янги китоб
Paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalarining
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
1.3.Paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalarining
O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishida tutgan o‘rni. Paxta tozalash sanoati - yengil sanoatining paxtaga dastlabki ishlov beruvchi tarmogʻi. Mazkur tarmoq toʻqimachilik, yogʻmoy, kimyo sanoati tarmoqdariga xom ashyo yetkazib beradi. Paxta tolasi, lint va chigit Paxta tozalash sanoatining asosiy mahsulotlari hisoblanadi. Oʻzbekistonda dastlabki paxta tozalash korxonasi Toshkentda 1874 yilda qurilgan. Rossiyada paxta xom ashyo-siga boʻlgan talabning ortishi bilan Oʻzbekistonda Paxta tozalash sanoati tez rivojlantirildi. 1885 yilda 9 ta, 1890 yilda 27 ta, 1914 yilda 208 ta paxta tozalash zavodi ishladi. Paxtachilik galla ekinlarini siqib chiqara boshladi. Arrali jin mashinalarda tolani ajratib olish va qoʻlda harakatlantiradigan vintli presslarda tolani presslashdan tashqari barcha ogʻir ishlar qoʻlda bajarilgan. 1920-yillarda Toshkent mexanika korxonasida dastlabki jin mashinalari, linterlar ishlab chiqarila boshlandi, presslar esa Boltik, zavodi (Leningrad)dan keltirildi. Urushgacha boʻlgan davrda jinlar, linterlar, presslar, ventilyatorlarning konstruksiyasi takomillashtirildi: paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash maskanlari 18 elektrlashtirildi. Paxta tozalash korxonalarining oʻrtacha mavsumiy ishlash davomiyligi 3 oydan 11 oygacha uzaytirildi. 1940 yilda Oʻzbekiston Paxta tozalash sanoatida 538 ming t tola, 15,3 ming t lint va 982 ming t chigit ishlab chiqarildi.Paxta terish maishnalaridan foydalanish paxtachilikning rivojlanishida muhim bosqich boʻldi. Tayyorlash mas-kanlariga paxta topshirish surʼati oshdi, paxta tozalash zavodlarida esa 1955 yildan qurilish-tozalash sexlari qurila boshladi. 1960 yilgacha Oʻzbekistonda 226 quritish-tozalash sexi ishladi. 1960-65 yillarda Paxta tozalash sanoatida tayyorlanayotgan tola sifatini yaxshilashga imkon beradigan OVP va OVP-A tola tozalagichlar qoʻllanildi. 1966-70 yillarda quritish- tozalash sexlarining texnologik jihozlari takomillashtirildi. Tozalash samaradorligi 45% gacha boʻlgan kuchli 30 VP tola tozalagich, CHX-ZM va 6A-12M rusumli takomillashgan taxta tozalagichlar yaratildi, ROV rusumli paxta tolasi regeneratori qoʻllanildi. Barcha tayyorlangan paxtani oʻz vaqtida qayta ishlash uchun 1971-75 yillarda yangi korxonalar, quritish-tozalash va tozalash sexlarining qurilishini tezlatish, ularni yangi texnologik uskunalar va mexanizatsiya vositalari bilan taʼminlash choralari koʻrildi, shuningdek, ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiyalash ishlari boshlandi. Korxonalarda yuqori unumli quritgichlar, tola tozalagichlar, paxta tozalagichlar, gidravlik press ustanovkalari ishlatildi. 80- yillarda samaradorligi yuqori boʻlgan "Mehnat" paxta tozalagichi, "Paxtakor" tola tozalagichi, RX paxta regenera-torlari yaratildi va ishga tushiriddi. 1980-yillar paxtani qayta ishlashda qatnashadigan jami asosiy texnologik jihozlarni yangilash davri boʻldi. Paxtaning sifat koʻrsatkichlarini tezkorlik bilan aniqlaydigan ASX-1 nav aniklagich va VSX-1 nam aniqlagichlar yaratildi hamda ishlab chiqarishga joriy qilindi. 1980 yilda 1735,6 ming t paxta tolasi, 217,6 ming t lint, 2387,2 ming t chigit ishlab chiqarildi. Paxta tozalash sanoati boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari 1990 yilgacha Toshkent shahrida joylashgan Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi i.t. instituti (1959), Markaziy paxta tozalash sanoati i.t. instituti (SNIIXprom; 1926)da olib borilgan.Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng respublika Paxta tozalash sanoatining mamlakat iqtisodiyotidagi oʻrni tamomila oʻzgardi. Paxta tozalash sanoati mahsulotlari respublikaning asosiy eksport tovarlaridan biriga aylandi. Ilgari paxta tolasi eksporti Markaz tasarrufida boʻlib, uni "Eksportlyon" tashqi savdo birlashmasi va uning Toshkentdagi idorasi amalga oshirib kelgan. 90- yillar boshidan respublika paxta tolasi va Paxta tozalash sanoatining boshqa mahsulotlarini mustaqil holda eksport qilishni boshladi va hozirgi davrda 50 dan ortiq xorijiy mamlakatlariga eksport qiladi. Sohaga yangi texnika, texnologiya jadal surʼatlarda joriy etilmoqda. Xorijiy mamlakatlarning ilgʻor texnologiyasini oʻrganish va joriy etish, tarmoq korxonalarida paxta tolasi boʻyicha jahon standartlariga oʻtish uchun AQSH, Shvetsariya va boshqa mamlakatlardagi 19 firmalarda ishlab chiqarilgan priborlar va texnologiyani qoʻllash borasida xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Turkiya va boshqa xorijiy davlatlar il- miy-texnikaviy hamkorlikda Fargʻona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpogʻistonda paxtani qayta ishlashdan tayyor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga qadar boʻlgan jarayonlarni qamrab oladigan korxonalar qurilishi boshlandi.Oʻzbekiston Paxta tozalash sanoatida 128 ta paxta tozalash korxonasi (zavodi), 511 ta paxta qabul qilish (tayyorlash) maskani bor . Asosiy texnologik jarayonlarda 298 paxta quritgich, 1431 tozalash mashinalari, 372 tola ajratish (jin), 1397 lint ajratish mashinalari, 370 presslar oʻrnatilgan. 2000-2003 yillarda 5 ta yangi paxta tozalash korxonasi ishga tushirildi, 20 dan ortiq korxona rekonstruksiya qilindi. Oʻzbekistonda paxta tozalash korxonalarida yagona texnik siyosat olib borish vazifasi "Oʻzpaxtasanoat" uyushmasi zimmasiga yuklatilgan. Respublikada 992,8 ming t tola, 70,9 ming t lint, 1544,7 ming t chigit tayyorlanadi. Paxta tozalash sanoati Xitoy, AQSH, Hindiston, Pokiston, Turkiya, Meksika, Avstraliya, Misr kabi asosiy paxta yetishtiruvchi mamlakatlarda ayniqsa rivojlangan. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling