Янги китоб


Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/99
Sana19.06.2023
Hajmi1,67 Mb.
#1614849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

Ishlab chiqarish
– insoniyat jamiyatining hayot kechirishi va rivojlanishi
uchun zarur moddiy ne’matlarni yaratish jarayoni.
Taqsimot – ishlab chiqarilgan mahsulotdagi har bir xo’jalik yurituvchi
sub’ektning ishtiroki, ulushi (miqdori, proporsiyasi) ni aniqlash jarayoni.
Ayirboshlash – moddiy ne’mat va xizmatlarning bir sub’yektdan
boshqasiga tomon
harakati jarayoni.
Tovarni sotish – uning pulga
ayirboshlanishi,
xarid qilish esa –
pullarni tovarga ayirboshlanishi.
Ayirboshlashning zarur sharti – ixtisoslashish, mehnat taqsimoti, bu esa
jamiyat a’zolari o’rtasida mehnat mahsulini ayirboshlashga olib keladi.
Iste’mol
– insonning ehtiyojlarini qondirish uchun ne’matlardan
foydalanishi.


11
chiqaradi, kimga va qayerda sotadi, qanday baholarda sotadi – bu faqat tovar ishlab
chiqaruvchining o‘z ishi, u faqat bozor qonunlari (qiymat qonuni, talab va taklif
qonuni, pul muomalasi qonuni, raqobat kurashi qonuni)ni tan oladi, ularning
talablari bilan hisoblashadi, xolos.
Tovar ishlab chiqarish bozor iqtisodiyoti tizimining moddiy asosi. Demak,
xususiy mulkchilikni, uning rang-barang shakllarini, umuman ko‘p
mulkchilikni vujudga keltirish lozim. Shuning uchun ham O‘zbekistonda
«Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida» qonun qabul
qilingan.
Tovar ishlab chiqarish tizim sifatida asosiy munosabatga aylanishi boshqa
iqtisodiy
tizimlarning butunlay cheklanishini bildirmaydi. Masalan, o‘z
xarakteriga ko‘ra natural shaklda bo‘lgan shaxsiy yordamchi xo‘jalik, uy xo‘jaligi,
yakka xo‘jalik kabilar ham mavjud munosabatlar doirasida bemalol yashashi
mumkin.
Darhaqiqat, xom ashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish murakkab
jarayon bo‘lib, ishlab chiqarishning uchta elementi aloqasi bilan tavsiflanadi:
mehnat predmetlari, mehnat qurollari va ishchi kuchi, yoki mehnatning o‘zi. Agar
bu elementlarning nisbati o‘zgarsa, jarayonning natijasi ham o‘zgaradi.
Ishlab chiqarishning tarixi davomida odamlar doimo shu elementlarning eng
yaxshi aloqasini ta’minlovchi nisbatni topishga, uni takomillashtirishga va shu
orqali oz miqdordagi harakat va moddiy sarflar orqali yaxshi natijaga, a’lo navli
mahsulot ishlab chiqarishga intilganlar.
Amaliyot sifatida ishlab chiqarishni tashkil qilish eng yaxshi natija olish
maqsadida ishlab chiqarish elementlarini taqsimlash va ishlatish bilan
shug‘ullanadi. Bu ko‘p pog‘onali va mashaqqatli ish faqatgina fanni bilish asosida,
ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilish tamoyillarini bilgan holda amalga
oshirishi mumkin.
Ishlab chiqarishning mohiyatini bilmay, taraqqiy etish qonunlarini anglamay,
uni samarali tashkil etish mumkin emas, uni inson manfaatiga foydalanish, uning
faoliyatini zamonaviy texnologiyaga o‘tkazish mumkin emas. SHu bois tashkil etish
deganda uyushtirish, tuzish, jalb etish, tashkiliy tuzilishni ta’minlash kabi ifodalar
anglanishi mumkin.
Tashkil etish — ilmiy texnik taraqqiyot rejalarini hamda rejalar tizimini
amalga 
oshirishda 
ishlab 
chiqarish, 
ijtimoiy, 
iqtisodiy, 
ruhiy, 
nisbiy
munosabatlarning barcha shakllari bilan qamrab olganligi uchun ma’lum kafolat
hamdir. Ishlab chiqarishni tashkil etish insonni bilimidagi, mahoratidagi,
harakatidagi va tajribasidagi, uni ongidagi ba’zi bir sayoz tomonlarini to‘ldirishga
ta’sir ko‘rsatadi, barcha jarayonlarni bajarilishida lozim bo‘lgan malaka oshirish uchun
sharoit bilan ta’minlaydi.


12
Ishlab chiqarishni tashkil etish amaliyoti, o‘z predmeti, ob’yekti va uslubiga
ega bo‘lgan «Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish» fanida aks
etadi.
Fan
«Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish»fani ham xuddi boshqa
fanlar kabi bir joyda turmaydi. O‘zining taraqqiyotining har bir bosqichida fan
rivojlanish qonuniyatini o‘rganish va korxonaning takomillashtirish shartlari hamda
ularning ishini yaxshilash yo‘nalishlarni belgilashga intiladi.
«Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish» fanining ob’yekti bu
ishlab chiqarish sanoat korxonasidir. «Korxona» atamasining eng oxirgi ta’rifi
«O‘zbekiston 
Respublikasida 
korxonalar 
to‘g‘risida»gi 
qonunida 
ifoda
etilgan.Unda xususan shunday deyilgan:
Korxona o‘z faoliyatini maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga ishlab
chiqarilayotgan mahsuloti, bajarilayotgan ishlari yoki ko‘rsatayotgan xizmatlariga
bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi
a’zolarining iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarining hamda korxona mol-mulki
egasining manfaatlarini ta’minlash yo‘li bilan erishadi. Korxona o‘z asosiy
faoliyatini o‘zining Ustavida ko‘zda tutilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq
ravishda amalga oshiradi. Korxona Ustavi esa respublika qonun va qoidalariga
asoslanadi.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling