Янги китоб


xo’jaliklar ishini tashkil etish


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

xo’jaliklar ishini tashkil etish.
185
20.Korxona ta’mirlash-remont xo’jaligi ishini tashkil etish.
185
21.Energiya ta’minoti yoki energetika xo’jaligi faoliyati va uni
tashkil etish.
195
22.Ichki zavod transporti, ombor va yongindan muhofaza xo’jaligi.
199


4
VII.Bob. Sanoat korxonalarida mehnat va ish haqini tashkil
etish.
213
23.Mehnatni ilmiy tashkil etish.
213
24.Sanoat korxonalarida, paxta tozalash, to’qimachilik va yengil
sanoat korxonalari kadrlari tarkibi.
226
25.Sanoat korxonalarida, paxta tozalash, to’qimachilik va yengil
sanoat korxonalarida mehnatga haq to’lashni tashkil qilish.
251
26.Marketing faoliyatini tashkil etish.
268
Glossariy
283
Foydalanilgan adabiyotlar
288


5
KIRISH
Yurtimiz salohiyatining tobora yuksalib borayotgani, so’nggi yillarda ishga
tushirilgan
yangi
zamonaviy
quvvatlar,
ishlab
chiqarish
va
ijtimoiy
infratuzilmaning rivoji, tizimli ravishda amalga oshirilayotgan islohotlar va
iqtisodiyotning erkinlashtirilishi mamlakatimizda yaratilgan nihoyatda qulay
investitsiya
muhiti
iqtisodiy
rivojlanishining
yanada
yuksakroq
maqsadli
ko’rsatkichlarini belgilash imkonini beradi. Mamlakatimiz
har tomonlama
rivojlanish yo’lida shaxdam qadamlar bilan ilgarilab borar ekan, uning qadamlari
rivojlanishning hamma jabhalarini qamrab olmoqda. Bu jabhalar faoliyati
ko’pincha korxonalar, tashkilotlarda olib boriladi. Hozirgi kunda mustaqil
O’zbekistonimizda
ishlab
chiqarishni
rivojlantirishga
alohida
e’tibor berib
kelinmoqda.
O’zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirishdan asosiy maqsad – ijtimoiy
yo’naltirilgan iqtisodiyotni samarali boshqarish tizimlarini shakllantirish asosida
ishlab chiqarishni iste’molchi xohish – irodasiga tomon burish, fuqarolarning
iqtisodiy
erkinligini
ta’minlagan
holda
mehnatsevarlikni,
ijodkorlikni,
tashabbuskorlikni, yuqori unumdorlikni rag’batlantirish uchun ob’yektiv sharoit
yaratishdan iboratdir. Bu mexanizm bir tomondan – mehnat, moddiy va moliyaviy
resurslardan oqilona foydalanishga imkon yaratsa, boshqa tomondan – ishlab
chiqarishning moslashuvchanligini, iqtisodiy faoliyatga ilmiy – texnika taraqqiyoti
yutuqlarini doimo qo’llab borishni talab etadi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etishning vazifasi bo’lib
korxona, alohida tashkilotlarning xo’jalik faoliyatini o’rganish hisoblanadi,
maqsadi bo’lib esa oliy, o’rta va quyi darajadagi bo’lajak iqtisodchilarni,
boshqaruvchi
menejerlarni
korxona
ishlab
chiqarish
xo’jalik
faoliyatining
ko’nikmalarini o’rgatishdan iborat.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fanini chuqur o’rganish
talabalarni, yosh avlodni ishlab chiqarish bilan aloqalarini mustahkamlashga,
fanning ob’yekti bo’lmish korxonalar to’g’risida tushunchaga ega bo’lishlariga olib
keladi.
Mazkur o’quv qo’llanma etti bobdan iborat bo’lib, u o’z navbatida zarur
ko’rgazmali chizmalar, grafik va jadvallar bilan to’ldirilgan.
Birinchi bobda Sanoat korxonalarining iqtisodiyotda tutgan o’rni, ya’ni sanoat
korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fanining ob’yekti, predmeti va uslubi,
korxonalarning turlari va tashkiliy-texnikaviy tizimi, sanoat korxonalarining asosiy
maqsadi va vazifalari, sanoat korxonasining tarkibi va sanoat korxonalarini
boshqarish tizimi yoritilgan.


6
Ikkinchi bobda Ishlab chiqarishni tashkil etishning umumiy asoslarida ishlab
chiqarish jarayonining turlanishi, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish
tamoyillari va usullari, ishlab chiqarishning tashkiliy turlari va ular tavsifi,
korxonada ishlab chiqarish jarayoni, asosiy va yordamchi jarayonlar tavsifi, ishlab
chiqarish operatsiyalari va ular turlari, ishlab chiqarish davri, ish davri va uning
koeffitsienti tushunchalari, yagona, seriyali, ommaviy ishlab chiqarish turlari va
ishlab chiqarishni tashkil qilish metodlari, ishlab chiqarish jarayonini potok asosida
tashkil qilish uslubi, potok chizig’i va belgilari asosida potok chizig’ining
guruhlanishi,
paxta-to’qimachilik klasterlarini tashkil etish asoslari, innovatsion
texnologiyalar samaradorligi, sanoat korxonalarida xom ashyo ta’minoti korxonalar
misolida batafsil yoritilgan.
Uchinchi bob iIshlab chiqarishni texnikaviy rivojlantirish va tashkil qilish
asoslari, ya’ni yangi texnikani yaratish va o’zlashtirish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlarini tashkil etish, ixtiro va ratsionalizatorlik faoliyati, ishlab
chiqarishni konstruktorlik tayyorlashni tashkil etish masalalarini o’z ichiga olgan.
To’rtinchi bobda ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni tashkil etish, ya’ni
ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni tashkil etishning maqsadlari, texnologik
tayyorgarlik bosqichlari, ishlab chiqarishda texnikaviy tayyorlashni tashkil etish
kabi masalalar keng o’rin olgan.
Beshinchi bobda sanoat korxonasi ishlab chiqarish dasturi,korxona ishlab
chiqarish quvvati, ishlab chiqarish quvvatiga ta’sir qiluvchi omillar, ishlab
chiqarish quvvatini hisoblash metodikasi, ishlab chiqarish quvvati rezervlari va
ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish asosiy ko’rsatkichlari kabi masalalar keng
o’rin olgan.
Oltinchi bobda korxona ta’mirlash-remont xo’jaligi ishini tashkil etish,
energiya ta’minoti yoki energetika xo’jaligi faoliyati va uni tashkil etish,
energetika xo’jaligining asosiy maqsadi, energetika xo’jali strukturasi, korxonada
remont xo’jaligini tashkil qilish ishlari, rejali ogohlantirish remont sistemasi,
jihozlarni ta’mirlashni rejalashtirish, turli sharoitlarga ishlovchi korxonalar uchun
rejali ogohlantiruvchi remontini tashkil etish xususiyatlari, korxonaning transport
va ombor xo’jaligi,
ichki zavod transporti, ombor va yongindan muhofaza
xo’jaligi kabi masalalar keng o’rin olgan.
Yettinchi bobda mehnatni ilmiy tashkil etish, sanoat korxonalarida, paxta
tozalash, to’qimachilik va yengil sanoat korxonalari kadrlari tarkibi, sanoat
korxonalarida mehnatga haq to’lashni tashkil qilish va marketing faoliyatini tashkil
etish to’g’risida ma’lumotlar berilgan.
Ushbu o’quv qo’llanmada yoritilgan barcha masalalar korxonalar va firmalar
ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishda to’g’ri yo’nalishlarni berishda asos
bo’lishi mumkin.


7

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling