Янги китоб
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
_______________________________________________________
I BOB. SANOAT KORXONALARINING IQTISODIYOTDA TUTGAN O‘RNI. 1. SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH FANINING OB’YEKTI, PREDMETI VA USLUBI 1.1. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fanining ob’yekti, predmeti va uni o‘rganish uslubiyoti. 1.2.Fanning mazmuni va uning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.Fanning vazifalari. 1.3.Paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalarining O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishida tutgan o‘rni. Tayanch iboralar: Korxona atamasi, Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fanining predmeti, ishlab chiqarishning elementlari. 1.1. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fanining ob’yekti, predmeti va uni o‘rganish uslubiyoti. Iqtisodni erkinlashtirish sharoitida xalq farovonligini oshirish borasida iqtisod bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar muhim o‘rin egalladi. Ana shu iqtisodga asoslanib, ijtimoiy masalalarni hal qilish, davlatning tashqi hujumga qarshi himoya vositalari, faol tashqi siyosati sohalarida poydevor yaratiladi. Iqtisod, ijtimoiy ishlab chiqarish, taqsimot va ayirboshlash barcha bo‘g‘inlarini qamrab oluvchi milliy iqtisodiyot kompleksini tashkil etadi. Bu kompleksda asosiy o‘rin sanoat korxonalariga tegishlidir. Chunki u yerda bevosita ishlab chiqarish jarayoni amalga oshirilib, moddiy boyliklar yaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev 2020 yil 24 yahvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida quyidagilarni takidladilar: “Sanoatning 12 ta yetakchi tarmog’ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirilmoqda. Natijada o'tgan yili iqtisodiy o'sish 5,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport - 28 foizga ko'paydi. Oltin-valyuta zahiralarimiz 2019 yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga etdi. 2020 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va inflyatsiyani jilovlash - iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifamizdir. 8 Raqamli tehnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Davlat tomonidan 37 turdagi mahsulot va xizmatlar narxining tartibga solinayotgani erkin raqobatga salbiy ta'sir qilmoqda. Shuni hisobga olib, endi asosiy e'tiborni narxlarni belgilashga emas, balki korxonalar o'rtasida sog’lom ra qobatni ta'minlash orqali narxlarni pasaytirishga va sifatni oshirishga qaratishimiz kerak. Xalqaro tajribani o'rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo'lgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yo'l ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim. Iste'mol bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxi barqarorligini ta'minlashning yagona yo'li - meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini ko'paytirish hamda “daladan do'kongacha” bo'lgan uzluksiz zanjirni yaratishdir , foyda solig’ini hisoblashda yangi tehnologik uskunalar xarid qilish, yangi ob'ektlarni qurish va modernizatsiya qilish xarajatlari bo'yicha chegirmalar kengaytirildi, barqaror iqtisodiy o'sishning eng muhim garovi - raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ular uchun yangi xalqaro bozorlar topish va eksportni ko'paytirish, tranzit salohiyatidan to'liq foydalanish hisoblanadi.2020 yilda 3 mingga yaqin standartlarni qabul qilish, ularning sonini 10 mingtaga va xalqaro standartlar bilan uyg’unlashish darajasini 40 foizga yetkazish darkor, sanoat tarmoqlarini uzluksiz xomashyo va zamonaviy infratuzilma bilan ta'minlash zarur”. Yuqoridagilardan ko’rinadiki, bugungi kunda yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi ma’lum foizni egallab turibdi. Shuning uchun sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fanining yutug‘ va xulosalaridan mamlakat sanoat korxonalarini rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatlarga belgilangan dasturlarini ishlab chiqishda keng foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishning ulushi yuqori bo‘lganligi sababli fanning ahamiyati va uni o‘rganish zarurati katta. Kishilik jamiyati taraqqiyotining negizi uning bir tarixiy bosqichdan boshqa bir bosqichiga o‘tishining asosiy moddiy ishlab chiqarish, ya’ni kishilarning yashamoqlari uchun zarur iste’mol ne’matlarini ishlab chiqarish ekanligini bugungi kunda hamma biladi. Bir so‘z bilan aytganda: moddiy ne’matlar jamiyat hayoti va taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan asosiy shartdir. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish jamoatchilik ishlab chiqarishidan to hozirgi yuksak rivojlangan ishlab chiqarishgacha bo‘lgan tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Biroq har bir tarixiy bosqichda uning o‘ziga xos xususiyatlaridan tashqari, ishlab chiqarishni ijtimoiy xususiyatidan qat’iy nazar, ishlab chiqarish uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlar mavjud. Har qaysi ishlab chiqarish uchun inson bilan tabiat o‘rtasida o‘zaro harakat mavjudligi xarakterlidir, bu o‘zaro harakat mobaynida inson tabiat buyumlarini o‘zgartiradi va o‘z ehtiyojini qondirish uchun 9 moslashtiradi. Bu jarayon har qanday ishlab chiqarishda uch elementni - odam mehnati, mehnat predmetlari va mehnat vositalari mavjud bo‘lishini ko‘rsatadi: Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling