Янги китоб


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/99
Sana19.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1614849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH укув кулланма

_______________________________________________________
I BOB. SANOAT KORXONALARINING IQTISODIYOTDA
TUTGAN O‘RNI.
1. SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI
TASHKIL ETISH FANINING OB’YEKTI, PREDMETI VA
USLUBI
1.1. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fanining ob’yekti,
predmeti va uni o‘rganish uslubiyoti.
1.2.Fanning mazmuni va uning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.Fanning
vazifalari.
1.3.Paxta 
tozalash, 
to‘qimachilik,
yengil 
va 
oziq-ovqat 
sanoati
korxonalarining O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishida tutgan o‘rni.
Tayanch iboralar: Korxona atamasi, Sanoat korxonalarida ishlab
chiqarishni tashkil etish fanining predmeti, ishlab chiqarishning elementlari.
1.1.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fanining ob’yekti,
predmeti va uni o‘rganish uslubiyoti.
Iqtisodni erkinlashtirish sharoitida xalq farovonligini oshirish borasida
iqtisod bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar muhim o‘rin egalladi. Ana shu iqtisodga
asoslanib, ijtimoiy masalalarni hal qilish, davlatning tashqi hujumga qarshi himoya
vositalari, faol tashqi siyosati sohalarida poydevor yaratiladi. Iqtisod, ijtimoiy
ishlab chiqarish, taqsimot va ayirboshlash barcha bo‘g‘inlarini qamrab oluvchi
milliy iqtisodiyot kompleksini tashkil etadi. Bu kompleksda asosiy o‘rin sanoat
korxonalariga tegishlidir. Chunki u yerda bevosita ishlab chiqarish jarayoni amalga
oshirilib, moddiy boyliklar yaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev 2020 yil 24 yahvarda Oliy
Majlisga Murojaatnomasida quyidagilarni takidladilar: “Sanoatning 12 ta yetakchi
tarmog’ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari jadal
amalga oshirilmoqda. Natijada o'tgan yili iqtisodiy o'sish 5,6 foizni tashkil etdi.
Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport - 28 foizga ko'paydi.
Oltin-valyuta zahiralarimiz 2019 yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6
milliard dollarga etdi. 2020 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va
inflyatsiyani jilovlash - iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifamizdir.


8
Raqamli tehnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha
xarajatlarni kamaytiradi. Davlat tomonidan 37 turdagi mahsulot va xizmatlar
narxining tartibga solinayotgani erkin raqobatga salbiy ta'sir qilmoqda. Shuni
hisobga olib, endi asosiy e'tiborni narxlarni belgilashga emas, balki korxonalar
o'rtasida sog’lom ra qobatni ta'minlash orqali narxlarni pasaytirishga va sifatni
oshirishga qaratishimiz kerak. Xalqaro tajribani o'rganib, raqobatni olib kirish
mumkin bo'lgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yo'l ochish va shu
orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim. Iste'mol bozorida oziq-ovqat
mahsulotlari narxi barqarorligini ta'minlashning yagona yo'li - meva-sabzavot,
chorvachilik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini ko'paytirish
hamda “daladan do'kongacha” bo'lgan uzluksiz zanjirni yaratishdir , foyda solig’ini
hisoblashda yangi tehnologik uskunalar xarid qilish, yangi ob'ektlarni qurish va
modernizatsiya qilish xarajatlari bo'yicha chegirmalar kengaytirildi, barqaror
iqtisodiy o'sishning eng muhim garovi - raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish,
ular uchun yangi xalqaro bozorlar topish va eksportni ko'paytirish, tranzit
salohiyatidan to'liq foydalanish hisoblanadi.2020 yilda 3 mingga yaqin standartlarni
qabul qilish, ularning sonini 10 mingtaga va xalqaro standartlar bilan uyg’unlashish
darajasini 40 foizga yetkazish darkor, sanoat tarmoqlarini uzluksiz xomashyo va
zamonaviy infratuzilma bilan ta'minlash zarur”.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, bugungi kunda yalpi ichki mahsulot tarkibida
sanoatning ulushi ma’lum foizni egallab turibdi. Shuning uchun
sanoat
korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fanining yutug‘ va xulosalaridan
mamlakat sanoat korxonalarini rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatlarga
belgilangan dasturlarini ishlab chiqishda keng foydalaniladi. O‘zbekiston
Respublikasi iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishning ulushi yuqori bo‘lganligi
sababli fanning ahamiyati va uni o‘rganish zarurati katta.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining negizi uning bir tarixiy bosqichdan
boshqa bir bosqichiga o‘tishining asosiy moddiy ishlab chiqarish, ya’ni
kishilarning yashamoqlari uchun zarur iste’mol ne’matlarini ishlab chiqarish
ekanligini bugungi kunda hamma biladi. Bir so‘z bilan aytganda: moddiy ne’matlar
jamiyat hayoti va taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan asosiy shartdir.
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish jamoatchilik ishlab chiqarishidan to
hozirgi yuksak rivojlangan ishlab chiqarishgacha bo‘lgan tarixiy taraqqiyot yo‘lini
bosib o‘tdi. Biroq har bir tarixiy bosqichda uning o‘ziga xos xususiyatlaridan
tashqari, ishlab chiqarishni ijtimoiy xususiyatidan qat’iy nazar, ishlab chiqarish
uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlar mavjud. Har qaysi ishlab chiqarish uchun
inson bilan tabiat o‘rtasida o‘zaro harakat mavjudligi xarakterlidir, bu o‘zaro harakat
mobaynida inson tabiat buyumlarini o‘zgartiradi va o‘z ehtiyojini qondirish uchun


9
moslashtiradi. Bu jarayon har qanday ishlab chiqarishda uch elementni
- odam
mehnati, mehnat predmetlari va mehnat vositalari mavjud bo‘lishini ko‘rsatadi:

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling