2-SAVOL - Nanoiqtisodiyot fanining ob’ekti va sub’ekti
Nanoiqtisodiyot faning ob’ekti - Nanoiqtisodiyotning ob’ektini shaxsiy iqtisodiy manfaatlar tashkil qiladi.
- Manfaatlar: shaxsiy, umumiy va davlat manfaatlariga bo’linadi.
- Shaxs manfaatlarining yuzaga kelish jarayoni 4 bosqichda kechadi: «zarurat, ehtiyoj, ehtiyojni qondiruvchi vositalar (tovar, buyum, pul, xizmat), qadr qimmat yoki qimmatbaho narsalar”.
- Zarurat- insonning yashashi uchun kerak bo’lgan narsalar.Odamga kiyim dosh,ovqatlanish, kasb-kor kabilar zarurdir.
- Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyatini ehtiyoj deb ataladi.
- Ehtiyojni qondiruvchi vosita- biron bir zaruriy narsadir.
- Qadr- qimmat – bu qiymatbaho narsalardir.
Bizning fikrimizcha, XX asr oxiridada iqtisodiyotda tub uzgarishlar sodir buldi. - Jumladan, inson omilining iqtisodiy rivojlantiruvchi kuch sifatida roli keskin oshganligi sababli iqtisodiyotning «nano» darajasi sifatida insonning iqtisodiy manfaatlarini ajratsak tugri buladi. Agar manfaatlarni yuzaga keltiruvchi kuyidagi turtta jarayonni uning atrofida-zarurat, extiyoj, extiyojni qondiruvchi vosita va qadr-qimmatni qo’yib tahlil qilsa,yangicha fasafa yuzaga keladi.
NANOIQTISODIYOT FALSAFASI Agar shaxsiy iqtisodiy manfaatlarni yuzaga keltiruvchi quyidagi to’rta jarayonni uning atrofida – zarurat,ehtiyoj,ehtiyojni qondiruvchi vosita va qadr- qiymatni qo’yib tadqiq qilsa,yangicha iqtisodiy falsafa yuzaga keladiki, biz uni “Nanoiqtisodiyot falsafasi” deb nomladik. Nanoiqtisodiyot fanining sub’ekti - Sifatida “Jismoniy shaxslar” xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |