- Nanoiqtisodiyot ing. Nanos– so’zidan olingan bo’lib, karlik (pakana) ma’nolarini bildiradi. “Nanoeconomics” ya’ni Nanoiqtisodiyot
- “juda ham kichik yaxlit bo’g`inni o’rganadigan iqtisodiyotdir”, –iqtisodiyotning mikro darajasidan ham kichikroq tayanch bo’g`inini,
- individual inson iqtisodiyotini o’rganadi.
- Nanoiqtisodiyot yangi va umumiqtisodiy fanlar turkumiga taalluqli bo’lgan fan hisoblanadi.
“Nanoiqtisodiyot” fanining o’qitish maqsadi: - “Nanoiqtisodiyot” fanini o’qitishning asosiy maqsadi talablarga bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy inson modellari va uning ishlab chiqarishnig shaxsiy omili sifatidagi imkoniyatlari hamda iste’molchilik xulq-atvorlari bo’yicha nazariy bilimlarni hosil qilish va ularni amaliyotga qo’llashga o’rganishdan iboratdir.
“Nanoiqtisodiyot” fanni quyidagi vazifalarni bajaradi: - iqtisodiy insonning mohiyatini anglash;
- xo’jalik yuritish jarayonida insonning tashkiliy faoliyatini izohlash;
- jismoniy shaxslar iqtisodiyotining mazmun-mohiyatini ochib berish;
- tayanj darajadagi iqtisodiyotning tushunchasi bo’lmish nanoiqtisodiyotning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berish;
- inson kapitali va uning tarkibiy qismlarini o’rganish;
- insonning xaridorlik xulq-atvorini bilish;
- individning iste’molchilik say’-harakatlarini tahlillash.
Nanoiqtisodiyot fanning o’rganish masalalariga quyidagilar kiradi: - Iqtisodiy munosabatlar tizimida jismoniy shaxslarning iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqadigan xulq-atvori, iqtisodiy salohiyati va qiyofasini,inson kapitalini o’rganishdan iborat.
NANOIQTISODIYOTNING METODOLOGIK ASOSLARI - Cheklangan resurslar sharoitida cheksiz ehtiyojlarni qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida kishilar va guruhlarning xulq-atvorini o’rganish
-
- Iqtisodiy munosabatlar tizimida jismoniy shaxslarning manfaatlariga asoslangan xulq-atvorini, iqtisodiy salohiyati va qiyofasini,inson kapitalini o’rganish
-
- Shaxsiy manfaatlarning altruizm va egoizm holatlari, kishilar xulq-atvori shakllari, ularning motivlari va nazorat qilish usullarini o’rganish
Do'stlaringiz bilan baham: |