Asarlari davr sinovidan o'tib, xalqimiz tomonidan nodir ma’naviy boylik sifatida qadrlangan Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentabrda Qo'qon shahrida temirchi oilasida dunyoga keldi. Davr qiyinchiliklari, og'ir hayot mashaqqatlarini boshidan kechirgan adib oilasi sargardon bo'lib, qishloqma-qishloq ko'chib yurgan. Abdulla Qahhor matbuotda 1927-yildan ko'rina boshlaydi. 20-yillarda ≪Qizil O'zbekiston≫. ≪Yangi Farg'ona≫ gazetalarida. ≪Mushtum≫ jurnal ida ≪Nish≫. ≪Norin shilpiq≫, ≪Mavlon Kufur≫. ≪Yalangoyoq≫ taxalluslari bilan hajviy she’rlar (≪Sallatun ≫, ≪Omin≫, ≪Eshonimiz≫, ≪Eshagim≫, ≪Eshonimning boshidan o'tganlari≫ kabi). felyetonlar (≪O'zing shifo ber≫, ≪Duoga shak yo'q≫, ≪Domla Mahmu d jo n maxdumning quvlanishi≫, ≪Bildirish≫ singari) e’lon qildirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |