Yangi o’zbek adabiyoti tarixi fanidan “Abdulla Qahhor romannavis” mavzusida tayyorlangan taqdimot ishi


A. Qahhorning ≪Sarob≫ va ≪Qo' shchinor chiroqlari≫ romanlarida XX asrning 20-30-yillarida yuz bergan voqealar tasvirlangan


Download 273.98 Kb.
bet3/4
Sana09.01.2022
Hajmi273.98 Kb.
#267291
1   2   3   4
Bog'liq
7-mavzu Amaliy Abdulla Qahhor-romannavis

A. Qahhorning ≪Sarob≫ va ≪Qo' shchinor chiroqlari≫ romanlarida XX asrning 20-30-yillarida yuz bergan voqealar tasvirlangan.


≪Sarob≫ — o'zbek adabiyotidagi davr voqeligi tasviriga bag'ishlangan birinchi roman. Unda jamiyatda 20-yillarning oxirlarida bo'lib o'tgan mafkuraviy kurash

tasvirlangan.


“Sarob” romani


A. Qahhor 1930-yilda ≪Sarob≫ romanini yozishga kirishgan va uni 27 yoshida 1934-yilda yozib tugatgan. Asar 1937-yilda nashr etilgan. Demak, roman shaxsga sig'inish avj olayotgan davrda yaratilgan. Binobarin. yosh adib o'sha ma s h ’um davr talablariga bo'ysuni shga majbur bo'lgan. ≪Sarob≫ haqida so'z yuritilganda ana shu holat nazarga olinsa masala to'g'ri yechilishi mumkin. ≪Sarob≫ o'zi yaratilgan

notinch yillar ruhiga mos va hamohang asardir.

Romanda O'zbekistonni mustamlakachilik kishanlaridan

ozod bo'lishini orzu qilgan va shu orzuni amalga oshirish

yo'lida baqadri hoi kurashgan ziyolilar hayoti aks ettirilgan.

Yosh yozuvchi Rahimjon Saidiyning milliy mustaqillik uchun

kurashuvchilarning yashirin tashkilotiga a'zo bo'lishi va uning

topshirig'ini bajarish yo'lidagi xatti-harakatlari, oxir-oqibatda

halokatga yo'liqishi roman sujetining asosini tashkil etadi.

Asarda tasvirlanishicha. Saidiy soxta shon-shuhrat va boylik

orqasidan quvib tuzoqqa ilinadi. Yashirin tashkilot

rahbarlaridan biri bo'lgan — Salimxonning singlisi Munisxonni sevib qoladi. Saidiy Munisxonga intilgani hamda shon-shuhrat va bovlikka hirs qo'ygani sari tuzoqqa tobora qattiq bogiana boradi. Natijada. u yashirin tashkilot rahbarlari qo'lida qo'g'irchoq bo'lib qoladi. Ularning topshirig'iga binoan mafkura sohasida ≪aksilinqilobiy≫ harakatlar qiladi.

≪Sarob≫ romanining kompozitsiyasi tugal va yaxlit sujet asosiga qurilgan. Unda ortiqcha voqea va keraksiz obraz yo'q. Bu hol, ayniqsa, romanning ikkinchi nashrida yaqqol ko'rinadi.Darhaqiqat. birinchi nashrda (1937) ba’zi ortiqcha o'rinlar,asosiy sujet yo'nalishi bilan mustahkam bog'lanmagan ayrim epizodlar va yuzaki tasvirlar uchrar edi. Ikkinchi nashr (1957)da sujet birmuncha ixchamlashtirilib, uning jozibadorligi va ta’sir kuchi orttirildi. Asarning birinchi bo'limidagi 5, 9, 35, ikkinchi bo'limidagi 7. 12-boblar yangi nashrga kiritilmadi. 14. 15-boblar esa qisqartirilib bir bob qilib berildi. Shu bilan birga, asar dramatizmi kuchaytirilib, konflikt keskinlashtirildi. Bundan tashqari , asarning ba’zi sahifalarida muallif nutqi ham, personajlar tili ham qaytadan ishlanib, yanada pishitildi. Biroq matbuotda ko'rsatilganidek, keyingi nashrlarda (1957, 1967) ayrim muvaffaqiyatsiz tuzatishlar, asossiz qisqartirish va o'rinsiz

o'zgartishlar ham mavjud.

“Qo’shchinor” romani

1947-yilda A. Qahhor ≪Qo'shchinor≫ romanini nashr ettirdi.

Roman xalq tarixining muhim va xarakterli bir bosqichini aks

ettirishga bag'ishlangan edi. Yozuvchi qo'l urgan mavzuni

chuqur o'rgangan, asardagi obrazlarni kerakli estetik yuk bilan

ta'minlagan bo'lishiga qaramay, badiiy asarga sotsiologik

yondashishga odat langan sh o ' ro tanqidchiligi uni nayza

ko'tarib qabul qildi. Ish shu darajaga yetdiki, muallifni davr

voqeligi va kolxozlasht i r i sh mohiyat ini atay buzib

ko'rsatganlikda aybladilar. Shunda yozuvchi ≪Qo'shchinor≫ni adabiy tanqidchilik talablari asosida jiddiy qavta ishladi. Shu tariqa, o'zbek adabiyotida ≪Qo'shchinor chiroqlari≫ (1951) romani pavdo bo’ldi. Muallif ≪Qo'shchinor chiroqlari≫ asari ko'ngildagiday chiqmaganligini bir necha bor ta’kidlagan edi.

≪Qo'shchinor chiroqlari≫ romanining bosh qahramoni

batrak Siddiqjondir. Zunnunxo'ja ≪zamon zayliga ko'ra≫ qizi

Sharofatni kambag'al qarol Siddiqjonga berib, ichkuyov qilib

oladi. U bir 0K‘q bilan ikki quyonni urmoqchi bo' ladi :

Zunnunxo'ja, birinchidan. Siddiqjon vositasida mol-mulkini,

yer-suvini o'z qo'lida saqlab qolmoqchi, tekin ishchi kuchiga

ega bo'lmoqchi bo'lsa; ikkinchidan, iffatidan ayrilgan qizi

Sharofatning aybini yopishga intiladi. Siddiqjon dast lab

Zunnunxo' ja oilasida sidqidildan mehnat qiladi. Siddiqjon

ko'po'tmay Zunnun xo'ja va uning oila a 'zolari uni

mensimayotganini ochiq sezadi. Natijada oilada sovuqlik kelib

chiqadi va bu sovuqlik bora-bora katta janjalga aylanadi. Oxiroqibatda, Siddiqjon Zunnunxo'ja oilasini tashlab ketadi va

hamqishlog'i O'rmonjonning yordami bilan ≪Qo'shchinor≫

jamoa xo'jaligiga a ’zo bo'ladi. Dastlabki paytlarda Siddiqjon

ko'p qiyinchiliklarga duch keladi. Ruhiy azob chekadi.


Download 273.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling