Yangi o’zbekistonning umidli yoshlari” 1(2)-son
Download 200.79 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqtabiatni-muhofaza-qilishda-xalqaro-hamkorlikni-ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- TABIATNI MUHOFAZA QILISHDA XALQARO HAMKORLIKNI AHAMIYATI Erkinova Shaxlo davlatjon qizi talaba, Farg’ona davlat universiteti
- Kalit so’zlari
159 CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. “YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(2)-SON 2022-YIL 28-MART TABIATNI MUHOFAZA QILISHDA XALQARO HAMKORLIKNI AHAMIYATI Erkinova Shaxlo davlatjon qizi talaba, Farg’ona davlat universiteti ANNOTATSIYA Tabiat insonning barcha hayotiy ehtiyojlarini qondiruvchi noyob va betakror manbadir. Hayotimizni tabiatsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Hozirgi kunda butun dunyoda keng miqyosda tan olingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining „Barqaror taraqqiyot konsepsiyasi"1992-yilda Rio-De-Janeyroda boʻlib oʻtgan dunyo mamlakatlarining rahbarlari ishtirok etgan mazkur forumda 179 ta mamlakat siyosiy va diniy rahbarlari, yuqori lavozimdagi vakillari ishtirok etdilar. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham bugungi kundagi ekologik muammolar boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi: Davrimizning oʻtkir muammolaridan yana biri global iqlim oʻzgarishidir. Kalit so’zlari: Tabiat, hayotiy ehtiyojlar, “Rim klubi”. Bugungi kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy taʼsirini his etmoqda. Ming afsuski,bunday oʻzgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tugʻdirmoqda". Agar insoniyatning barcha tarixiy tamadduni davomida butun tabiat va uning tabiiy resurslari cheksiz va bitmas-tuganmasdir koringan boʻlsa, sanoat taraqiyoti davri, yaʼni, oxiriga 2asr bunday tasavvurning butunlay xato ekanligini isbotlab bergani tobora aniq va ravshan boʻlib bormoqda. Maʼlumki, bilimning uzgarib borishi va uning atrof muhitga taʼsiri 21-asrning eng asosiy muammolaridan biri boʻlib, insoniyat oldida turkiyan jiddiy muammolardan hisoblanadi. Taʼkidlash joizki,asosiy isish 1912-1940-yillarda kuzatilgan hamda 1976-yildan shu kungacha davom etmoqda. 1990-yillar esa ming yillikning eng issiq 10-yilligi boʻlgani rostdir. Oʻzbekiston BMTning Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiyaga 1995- yilda qoʻshilib, bioxilma-xillikni muhofaza qilish,uning tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish,tabiiy resurslardan foydalanishda odillikka rioya etish boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga oldi. 1968 yilda 10 ta davlatdan 30 kishidan iborat fan, madaniyat maorif va biznes boshqaruvi „Rim klubi" deb nomlanuvchi nodavlat tashkilotini tashkil etildi. Klubda insoniyatning hozirgi va kelajakdagi murakkab ahvolini muhokama qilish va oldini olish yoʻllarini maqsadli deb belgiladilar. 1972 yilda 13-martda „Rim klubi" uchun „Oʻsish chegaralari" maruzasi eʼlon qilindi. Kelajakda sayyoramizning ekologik holatini bashorat qilish boʻyicha model tahlil qilingan. Modelda sayyorada oʻsishni va uning chegarasini bartaraf etgan besh asosiy omil: aholi soni,qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi,tabiiy resurslar,sanoat ishlab chiqarishi,atrof-muhitning ifloslanishi asos qilib olingan. 1972 yilda BMTning atrof- 160 CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. “YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(2)-SON 2022-YIL 28-MART muhit boʻyicha Stokgolmda birinchi umumjahon konferensiyasi oʻtkazildi. Konferensiyada 26ta yiqilishdan iborat „Stokgolim deklaratsiyasi"da ekologik talablarni qabul qilish boʻyicha 113 davlat ishtirokchilari qatnashdilar. Mintaqamizdagi orol boʻyi muammolarini bartaraf etish borasida olib borilayotgan islohotlar samarasida 1995-yil 18-20-sentyabr kunlari oʻtkazilgan orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirish boʻyicha konferensiyasi davomida 5 ta Markaziy Osiyo mamlakatlarining prezidentlari tomonidan ilk bor tarixiy„Nukus deklaratsiyasi" imzolandi va, unga binoan, bu mamlakatlar barqaror rivojlantirish va „21-asr uchun kun tartibi"ga qatʼiy tarzda tarafdori ekanliklari oʻz tasdiqini topdi. Bugungi kunda bu masalalar boʻyicha prezidentimiz ham oʻz fikr va mulohazalarini bildirmoqda: Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik holatni yaxshilashga eʼtiborni kuchaytirishimiz kerak. Avvalo, orol fojiasi oqibatlarini yumshatish boʻyicha boshlagan misli koʻrilmagan ishlarimizni davom ettirib, dengizning qurigan tubida oʻrmonzorlarni kengaytirish Nukus Urganch Xiva shaharlari atrofida „yashil belbogʼlar" barpo etishimiz lozim". Orol va uning boʻyidagi ekologik ahvolning keskinlashuvi jahon jamoatchiligini ham tashvishga solmoqda. Orol muammosi bugungi kundagi eng yirik regional halokatlardan biri boʻlib, orol atrofida yashaydigan 35 milliondan ortiq kishi,shu jumladan, Oʻzbekiston aholisining ham katta qismi uning taʼsiri ostida yashamoqda. Kattaligi boʻyicha dunyoda 4-oʻrinda turgan orol dengizi bugungi kunda yildan-yilga qurib bormoqda. Sayyoramizda sodir boʻlgan ekologik inqirozlar va boshqa sabablar tufayli 1 milliarddan ortiq aholi nochor holda yashamoqda.„ Hozirgi kundagi sayyoramiz ekologik holatining yomonlashuvi ortib bormoqda. Bu oʻrinda shuni aytish oʻrinliki, koʻpgina davlatlarning rahbarlari iqtisodiy rivojlanishini ekologik muammolardan ajratib boʻlmasligini, tashqi muhitning yomonlashuvi iqtisodga zarar yetkazishi aniqligini anglamoqda. Qashshoqlikning asosiy sabablaridan biri global darajada ekologik muammolarning sodir boʻlishidir. Shuning uchun ekologik muammolarni hal qilmasdan aholining farovon hayotini taʼminlab boʻlmaydi"degan fikrlarni bildirishda komissiya aʼzolari. 1983-yilda BMT qoshida tashkil etilgan tashqi muhit va rivojlanish Xalqaro komissiyasi shu nuqtai nazardan ish tutdi. Komissiyaning,aholining zaif qismi boʼlgan qashshoqlar koʻpayishi tashqi muhit holatining yomonlashuviga olib keladi. Bu holatni yaxshilash sayyoramizda yashayotgan har bir kishining insoniylik burchidir. Maʼlumki, keyingi yillarda dunyo okeani, dengiz va katta daryolar suvining neft mahsulotlari, zaharli kimyoviy moddalardan ifloslanib bormoqda. Okean, dengiz suvlarini muhofaza qilish boyicha dastlabki shartnoma 1954 yilda Londonda tuzilgan edi. Tabiatni muhofaza qilish masalalari jahonda eng ustuvor masala boʻlgani uchun uni xalqaro shartnoma va bitimlar bilan tartibga solinadi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi BMTning „Iqlim oʻzgarishi boʻyicha" (1993-yil,may) xalqaro bitimiga, „Ozon qatlamini muhofaza qilish togʼrisida"gi Vena bitimiga va ozon qatlamini 161 CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. “YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(2)-SON 2022-YIL 28-MART yemiruvchi moddalar yuzasidan monreal bayonnomasiga (1993-yil, may), xavfli chiqindilarni transchegara orqali tashish va ularni yoʻq qilish nazorati boʻyicha Bazel bitimlariga (1995-yil, avgust) imzo chekdi. 1995- yil oktyabrida Oʻzbekistonda biologik turlar boʻyicha Konvensiya qabul qilindi. 1997-yilda qabul qilingan „Yoʻq boʻlib ketish xavfi boʻlgan oʻsimlik va hayvon turlarini sotish yuzasidan konvensiya"ga hamda „Sohil boʻyidagi yerlarni va suvli botqoqlarni muhofaza qilish boʻyicha" Ramsar bitimlariga qoʻshildi va tasdiqlandi. Tabiatni muhofaza qilish muammolari boʻyicha Oʻzbekiston 1996-yilda Turkiya bilan, 1997-yilda XXR (Xitoy) bilan xalqaro hamkorlik bitimiga imzo chekdi. Vengriya, Slovakiya Izrail Lyuksemburg Litva kabi mamlakatlar bilan ekologiya masalalari boʻyicha bitim tuzildi. Oʻzbekistonning barqaror rivojlanish jarayoniga qoʻshilishi 1994-yildan boshlandi. 1995-yilda Nukus shahrida BMT tomonidan orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirish boʻyicha xalqaro Konvensiya 1994- yilda qabul qilingan orol toʻgʻrisidagi qarorni yanada rivojlantirish imkonini berdi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida tabiatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha qator xalqaro yigʻilishva konvensiyalarga qatnashishi natijasida mamlakatimizning ekologik muhitini muhofaza qilish boʻyicha ijobiy siljishlarga erishildi. Respublika tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi xalqaro ekologik kengashning (XEK) faol qatnashchisi boʻlib, qabul qilingan qarorlarini izchillik bilan bajarib kelmoqda. Download 200.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling