- Yangi tug‘ilgan chaqaloqni umurtqa pog‘onasi atrofidagi terisi uzunasiga ta’sirlansa yoki qitiqlansa u holda chaqaloq ta’sirot tomonga yoy shaklida bukiladi. Bu refleks 5-6 kunlik chaqaloqlarda aniq ko‘rinadi va 3-4oygacha saqlanadi. Agar bu refleks (1-2) yoshgacha chaqirilsa, nerv tizimi zararlanganidan dalolat beradi.
Perez refleksi - Chaqaloqni umurtqa pog‘onasi qirrali o‘simtasi dumg‘azasidan to bo‘ynigacha bir oz bosilsa, u holda chaqaloq qichqiradi, boshini ko‘taradi, tanasini yozadi, oyoq-qo‘lini bukadi. Refleks salbiy emotsional ta’sir ko‘rsatadi va 3-4 oygacha saqlanadi. Agar chaqirilmasa yoki 4 oydan keyin saqlanib qolsa nerv tizimi zararlanganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |