She’rlar
YANGI YILIM..
Kumush qishim senda oppoq qor,
Yog‘diraver, tarqalsin g‘ubor,
Yangi yildan dunyo umidvor,
Yangi yilim xush kel, yurtimga!
Eski yilda qahrni ko‘rib,
Bir-biridan oqibat terib,
Ulash endi mehringni berib,
Yangi yilim xush kel, yurtimga!
Qorlar kabi musaffo tilak,
Kelajakka albatta kerak,
Har bir uyda tug‘ilsin go‘dak,
Yangi yilim xush kel, yurtimga!
Qolib ketdi qirq bosgan yo‘lim,
Yetarmanmi cho‘zsam gar qo‘lim,
Yog‘mas endi qaboqdan do‘lim,
Yangi yilim xush kel, yurtimga!
Buyuk iqbol nuri ziyoda,
Niyati pok bordir dunyoda,
Nuroniylar qo‘li duoda,
Yangi yilim xush kel, yurtimga!
Do'stlaringiz bilan baham: |