Январь ойи


Download 1.3 Mb.
bet15/17
Sana13.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1192632
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Katta g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

Qo‘shimcha: AKT orqali shahardagi o’zgarishlar va
shahar binolarini namoyish etish.
Alohida e’tibor qaratiladi: zamonaviy binolarning nomlanishi, ular qaysi idora yoki tashkilot ekanligini bilishlariga ahamiyat berish.
Syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish
Lolaxonning tug’ilgan kuni
Maqsad: bolalar o’z tug’ilgan sanasini biladishi, tug’ilgan kunda sovg’a olish va sovg’a berish odobi, tabrik so’zlarini bilishlari lozim.
Kerakli jihoz va materiallar: stol, stul,
shirinliklar, Lolaxon uchun sovg’a.
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar o’rtasida rollarni taqsimlash.
2. Tug’ilgan kunga borish uchun tayyorgarlik
ko’rish.
3. Sovg’alar tanlash yoki o’z qo’li bilan yasash.
4. Tabriknoma yozish.
5. Tug’ilgan kunga borish.
6. Lolaxonni tug’ilgan kuni bilan tabriklash.
7. O’yin-kulgu qilish.
Qo‘shimcha: «Shirin so’zlar» ta’limiy o’yinini
o’ynash va do’stlari uchun iliq tilaklar
bildirishni taklif qilish.
Alohida e’tibor qaratiladi: bolalarning
bir-birlariga bo’lgan hurmati, e’tibori, shirin
so’zligi va sovg’a tanlashiga ahamiyat berish.
Til va nutq markazi
«Chiroyli uycha» ertagi asosida hikoya tuzish
Maqsad: bolalar «Chiroyli uycha» ertagini o’rganishi, mustaqil ravishda ertak tuzishlari kerak.
Kerakli jihoz va materiallar: «Chiroyli uycha»
ertagidagi voqealarning suratdagi ko’rinishi,
ertak kitobi.
Faoliyatning borishi:
1. Ertakni yodga olish.
2. Rasmlarni tomosha qilish, voqea-hodi-
sani tahlil qilish.
3. Fikrlarini jamlash.
4. Mustaqil hikoya tuzish va do’sti bilan
o’rtoqlashish.
Qo‘shimcha: yangi mavzuda mustaqil ertak tuzish va ularni sahnalashtirib ko’rishni taklif etish.
Alohida e’tibor qaratiladi: tasavvurning
boyligiga, jarayonni to’g’ri tahlil qilishiga
ahamiyat berish.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling