E’tiborga molik jihati: bajarilgan ishga
mustaqil yondashuv, kayfiyatni ko‘tarish va
vatanparvarlik hissini rivojlantirish.
San’at markazi
Loy ishi: «Jonajon Vatanimga
dushman qo‘rqinchli emas»
Maqsad: bolalar yaratilayotgan obraz orqali
insonning fe’l-atvorini ko‘rsatib berish, armiya bilan faxrlanish, kuchli, epchil va jasur bo‘lishga intilish.
Kerakli jihoz va materiallar: plastilin,
taxtacha, stek, harbiylar aks ettirilgan suratlar, harbiy baza maketi.
Faoliyatning borishi:
1. Suratlar yoki har xil qo‘shinlar aks etgan
o‘yinchoqlarni ko‘rib chiqish.
2. Bolalar bilan yasash uchun material
tanlash.
3. Uylaganlarni amalga oshirish.
4. Harbiy baza maketini qurish.
Qo‘shimcha: faqat harbiylarni emas, balki harbiy texnikalarni yasash mumkin.
E’tiborga molik jihati: faollik, tashabbus
ko‘rsatish, tasavvurni kengaytirish, jonajon
yurtiga mehr-muhabbatni tarbiyalash, Vatan
himoyachisi bo‘lishga qiziqtirish.
San’at markazi
Applikatsiya: «Vatan himoyachilari
kuniga tabriknoma»
Maqsad: bolalar o‘zbek armiyasi haqida tasavvurga ega bo‘ladilar, «Vatan himoyachilari kuni» qachon nishonlanishini biladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: rangli qog‘oz,
karton, rasm va «O‘zbek armiyasi» mavzusiga oid
tabriknomalar, yelim, rangli qalamlar, qaychi,
salfetka, taxtachalar.
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar bilan tayyorlangan tabriknomalarning bir necha nusxasini ko‘rish.
2. Bayram tabriknomasini tayyorlash
jarayoni.
3. Tabriknomalar ko‘rgazmasini tashkil
etish
Qo‘shimcha: jamoa bo‘lib tabriknoma tayyorlash va
uni «Ota-onalar uchun ma’lumotlar» burchagiga
joylashtirish.
E’tiborga molik jihati: jamoa bo‘lib ishlash, ishga ijodiy yondashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |