Kerakli jihoz va materiallar: namuna,
guvalali kuruk loy, yasash uchun tayyorlangan nam
loy turli xil idishlar, suv, shakllar, quruq va
nam tuproq.
Faoliyatni borishi:
1. Bolalar ikki xil loyni ko‘rib chiqishadi.
Bitta tog‘orada quruq tuproq ikkinchisida nam
tuproq.
2. Bolalar ikki xil tuproq turidan
shakllar yasashga intilishadi. Kuruq tuproq
to‘kiluvchan, yasalmaydi, nam tuproq esa yumshoq
yaxshi yasaladi shakllar chiqadi degan xulosaga
kelishadi.
3. Loydan piyola yoki baza yasash.
Qo‘shimcha: tarbiyachi bilan birgalikda
tuproqning xususiyatlari haqidagi bilimlarini
mustahkaml ashadi.
E’tiborga molik jihati: loy ishi tozalikni
talab qiladi, shuning uchun bolalar orqasidan
yig‘ishtirib, qo‘llarini yuvishni nazorat qilish.
Fan va tabiat markazi
Suyuqlik hajmini o‘lchash
Maqsad: bolalar shartli belgi yordamida suyuqlik
hajmini aniqlay oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: o‘lchov birligi
ko‘rsatilgan turli xil o‘lchamdagi yelim idishlar.
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar qaysi idishga ko‘proq suv
sig‘ishini taxminan aniqlashadi.
Bolalar stakanlar yordamida idishga suv
to‘ldirishadi. Natijasini belgilashadi.
2. Hajm bir litrli bankalar yordamida
o‘lchanadi. Xulosa chiqarishadi.
3. Bolalar suyuqliq hajmini yana nimalar
yordamida aniqlash mumkinligi taklifini
berishadi.
Qo‘shimcha: boshqa jismlarda suyuqlik miqdorini o‘lchashadi va taqqoslashadi.
E’tiborga molik jihati: kuzatish, o‘lchash
va xulosa qilishni bilish, topshiriqlarni
bajarishda bolalarni faolligi.
San’at markazi
Rasm: «Choy uchun serviz»
Maqsad: bolalar rasm chizish uchun mustaqil
material tanlaydilar, rasmni Berilishiga qarab
varaqda tasvirni joylashtirishda kompozitsiya
o‘ylaydilar va bajaradilar. Predmetlarni
tegishli kattaligini tasvirlab idish chizadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |