Rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar
|
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi
|
Yuzalikda (asfaltda) turli chiziqlar chizish malakasini rivojlantirish. Mayda qismlardan iborat bo‘lgan mozaika va pazllarni yig‘ishni mashq qilishda davom etish. Ikki g‘ildirakli velosipedda uchish malakalarini rivojlantirish.
|
Ijtimoiy-xissiy rivojlanish
|
Jonajon o‘lkani e’zozlash, uning bOYlaridan g‘ururlanish tuyg‘usini shakllantirish. Tashabbuskorlik ko‘rsatish, g‘oyalar taklif etish, o‘z istaklarini aniq ifodalash malakalarini rivojlantirish.
|
Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari
|
Lug‘at boyligini yangi so‘zlar hisobiga boyitish. Paxta va uning turli sohalarda ishlatilishi hakida bilimlarni kengaytirish. Rasm asosida tarifiy hikoya tuzish malakasini rivojlantirish.
|
Bilish jarayonining rivojlanishi
|
Iqtisodiy tarbiya orqali atrof olam haqidagi tasavvurlarini shakllantirish. Sonlarning tartibi haqidagi tushunchalarni hosil qilish.
|
Ijodiy rivojlanish
|
Ijodiy tafakkurni orttirish, tasviriy faoliyat orqali tasavvurlarni kengaytirish. She’riy va nasriy badiiy asarlarga hissiy munosabat bildirishni tarbiyalash.
|
Rivojlanish markazlari
|
Ta’lim-tarbiyaviy faoliyat
|
|