Январь ойи


Download 6.53 Mb.
bet49/198
Sana05.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1749774
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   198
Bog'liq
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

E’tiborga molik jihati: batartiblik va
ehtiyotkorligiga, ish joyini tozalashga va
mustqil ishlashiga ahamiyat Beriladi.
Fan va tabiat markazi
Paxta navlari va paxtali
tayoqchalar tayyorlash.
Maqsad: bolalarda mayda motorika rivojlanadi.
Paxtaning navlarini bilib oladilar. Paxtadan
tibbiyotda nima maqsadda foydalanilishini
tushunadilar. Rasm faoliyatlari uchun paxtali
tayoqchalar tayyorlashni o‘rganadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: paxtaning
navlari.
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar chigit va donlarning
nomlarini aytadilar va bir-biridan farqli
tomonlarini ajratadlar.
2. Paxtalarni ranglari, yumshoqligi,
tozaligi bo‘yicha farqlaydilar.
3. Eng toza paxtani aniqlaydilar
va bu paxtani qayerda ishlatilishi haqidagi
ma’lumotlar to‘playdilar.
4. Kasalxonalarda, poliklinikalarda
ishlatiladigan paxta haqida ko‘rganlari haqida
hikoya qiladilar.
5. Berilgan tayoqchalar uchiga o‘rash
yo‘li bilan paxta o‘raydilar.
Qo‘shimcha: mavzu bo‘yicha rasmlarni ko‘radilar.
E’tiborga molik jihati: tafakkur, tasavvur
va mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish,
kuzatish va xulosa qilishiga, hayot xavfsizligi
qoidalariga amal qilishiga ahamiyat Beriladi.
San’at markazi
Rasm: «Paxta dalasi»
Maqsad: ijodiy qobiliyatlari va mayda
qo‘l motorikalari rivojlanadi, diqqat va
tasavvurlari kengayadi, o‘z ishlariga baho berishni o‘rganadilar. Do‘stlarining ijodiy ishlariga baho berish orqali nutqlari rivojlanadi.
Kerakli jihoz va materiallar: oq qog‘oz, rangli qalam, bo‘yoq, mo‘yqalam, paxta dalasi tasvirlangan bir nechta suratlar, tarbiyachi tomonidan chizilgan namunalar.
Faoliyatning borishi:
1. Paxta dalasi tasvirlangan suratlarni
ko‘rib chiqish.
2. Rasmni bo‘yoq bilanmi, rangli qalamlar
bilan chizishni tanlash.
3. Qora qalam bilan chizib olish istagi
bo‘lsa, chizib olish.
4. Ijodiy jarayon va natijalar bo‘yicha
bolalarni rag‘batlantirish

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling