Qo‘shimcha: o‘z tanloviga ko‘ra rasm chizish,
qo‘shimcha dekoratsiyalar kiritish.
E’tiborga molik jihati: ozodalik va batartiblik, bolalar tomonidan ishni mustaqil
bajarilishi, hayot xavfsizligi asoslari.
Qurish, konstruktsiyalash va
matematika markazi
Paxtakorlar uchun kurilgan dala shiyponi
Maqsad: lego to‘plamidan o‘zlariga Kerakli
shakldagi donachalarini tanlab oladilar. Ularni rangi va kattaligiga qarab joylashtiradilar, devorlarni mustahkam bo‘lishiga e’tibor qaratadilar, donachalarni qanday shaklda ekanligi xuddi shunday shakldan nechta ishlatganligi hisobini biladi. Fazoviy joylashuv haqidagi tushunchalari ortadi. O‘z xatolarini mustaqil to‘g‘irlay oladilar. Paxta, paxtazor, paxtakor haqidagi bilimlari ortadi. Lug‘atlariga yangi «shiypon» so‘zi kirib keladi.
Kerakli jihoz va materiallar: lego, mavzuga
mos rasmlar.
Faoliyatning borishi:
1. Dala shiyponi tasvirlangan rasmlarni
tomosha qilish.
2. «Shiypon» qurish uchun Kerakli
materiallarni tanlash.
3. Amaliy jarayon, rag‘batlantirish..
Qo‘shimcha: bolalarga o‘zi yasagan shiyponlari
haqida so‘zlab berishni taklif etish.
E’tiborga molik jihati: qurilish haqida
tushunchalariga, konstruktsiyaning mustahkam
bo‘lishiga ahamiyat Beriladi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va
sahnalashtirish markazi
«Matolar do‘konida»
Maqsad: matolar haqida tasavvurlari kengayadi. E’tiborga molik jihati: nutqni, kuzatuv-
Muomala madaniyatini o‘rganishda davomchanlikni rivojlantirish.
etadilar, dialogik nutqlari rivojlanadi.
Matematik tasavvurlaridagi qancha, nechta, eni,
bo‘yi kabi iboralarning ishlatilishi kengayadi.
Lug‘at boyligiga «metr» matematik atamasi hamda «reklama» so‘zi kirib keladi. Pul muomalasini o‘rganadilar. Reklama so‘zi bilan tanishadilar, o‘z matolarini reklama qilishni o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |